Educational materials


Tadqiqot ishlari va referatlar



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   231
Bog'liq
Educational materials

Tadqiqot ishlari va referatlar.
Referat mavzusi, xajmi (necha bet), 
illyustratsiyalar va boshqalar. 
Ijodiy faollikning boshqa shaklllari: 

Elektiv kurs va fakultetlardagi ishtiroki.
Kurs nomi, muddati va o’qish shakli 


O’QUV MATERIALLARI 
318 
ko’rsatiladi. 

Turli xil amaliyotlar.
Mehnat, ijtimoiy, til o’rganish, pedagogik, malakaviy 
va b. amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi. 

Qo’shimcha ta’lim muassasalari va turli hil o’quv kurslaridagi 
mashg’ulotlar.
Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o’qish muddati va 
natijalari keltiriladi. 

Olimpiada va tanlovdagi ishtiroki.
Tadbir nomi, o’tkazilgan vaqti va 
talabaning natijasi qayd etiladi. 

Ilmiy anjuman, seminarlardagi ishtiroki. 
Tadbir mavzusi, tadbirni o’tkazgan 
tashkilot, o’quv muassasasi nomi va talaba ishtiroki shakli. 
Boshqa faoliyat turlari. 
Taqrizlar portfoliosi. Talabaning turli sohadagi faoliyati bo’yicha o’qituvchi, 
ota-onasi, kursdoshlari, qo’shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa 
shaxslarning xulosalari, taqrizlari hamda talabaning faoliyati va uning natijalari 
bo’yicha o’z tahlillaridan iborat bo’ladi. 
Afzalliklari:
Bu portfolio talabani o’quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati 
bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi hamda o’z-
o’zini baholash mexanizmini yaratib beradi. 
Cheklanishlari, kamchiliklari:
To’plangan materiallarni bir shaklga keltirish 
va hisobga olishning murakkabligi. 
Taqrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi: 

bajarilgan ishlar sifati bo’yicha taqrizlar; 

qo’shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhlaridagi ishlari, ilmiy-amaliy 
anjumanlardagi chiqishlari bo’yicha taqrizlar. 

talabaning o’z faoliyati bo’yicha xulosalari, baholari; 

keyingi faoliyat yoki keyingi bosqichdagi o’qishni qanday tashkil etish 
bo’yicha talabaning o’z xulosalari; 

amaliyotlar bo’yicha tavsiya xatlar; 

boshqa sohalar bo’yicha taqriz va xulosalar. 
Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur 
o’rgangan holda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi 
shaklida yoki oddiy, ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin. 
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 
1.
“Portfolio-kollektor”. 
Bu 
portfolio 
talaba 
muallif 
bo’lmagan 
materiallardan iborat bo’ladi. Bunga o’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan 
adabiyotlar, qo’llanma va ko’rsatmalar, elektron o’quv adabiyotlari, o’quv-
vizual materiallar, maqolalar, lug’atlar yoki talabaning o’zi mustaqil topgan 
adabiyotlar hamda boshqa o’quv materiallari kiradi. 
2.
“Jarayon portfoliosi” talaba tomonidan o’quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, 
ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va 
malakalarini mustaqil qo’llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio 


O’QUV MATERIALLARI 
319 
talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, 
loyihani ishlab chiqish, loyiha bo’yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil 
etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, 
taqdimot va loyihani baholashni o’z ichiga olishi kerak. 
3.
“Ko’rsatkichlar portfoliosi” talabaning biror bir soha bo’yicha mahoratini 
va ko’rsatkichlarini jamlash xamda ko’rsatish maqsadida yaratiladi. Unga 
talabaning o’zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan 
namunalar qo’yiladi. 
4.
“Baholash portfoliosi” talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat 
qilish maqsadida to’ziladi va u turli hil nazorat materiallaridan: nazorat 
ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va boshka topshiriqlardan iborat 
bo’ladi. Baholash portfoliosi o’qituvchi tomonidan mustaqil to’ziladi va uni 
rejalashtirilgan, maqsadga yo’naltirilgan natijaga erishish uchun o’z vaqtida 
talabalarga takdim etishi talab etiladi. 
5.
“Yutuqlar portfoliosi” talabaning o’quv-tarbiyaviy jarayondagi eng 
yaxshi ishlari va yutuqlarini ko’rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu 
portfolioga talaba o’z hohishi bilan o’zining eng yaxshi loyihalarini, olgan 
tashakkurnomalari, maqtov yorliklari, diplomlari, taqrizlar va o’z faoliyatini 
namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish