qog’ozlarga qo’yiladigan mablag’lar, ya’ni bu moliyaviy aktivlar yig’indisidan
iborat bo’lgan va olingan daromad yoki aktivlarni sotishdan olingan mablag’lar
iste’mol yoki qayta investitsiyalash uchun foydalaniladigan, boshqaruvning yagona
ob’ekti hisoblangan, qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirish bilan bog’liq
bo’lgan qo’yilmalardir.
Investitsiyaviy qo’yilmalarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, real
investitsiyalar quyidagi maqsadlar uchun yo’naltiriladi:
• ishlab chiqarishni kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
sifatini yaxshilash uchun;
• yangi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar hamda mahsulot turlariga;
• ishlab chiqarishni qayta qurish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun;
• atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun.
Investitsiyalash ob’ektlari bo’lib qurilayotgan, qayta qurilayotgan va
kengaytirilayotgan binolar, inshootlar hisoblanadi.
Real investitsiyalar o’z
kapitali, maqsadli qarzlar, munitsipal kreditlar va
bank kreditlari hisobiga real aktivlarni sotib olish bilan bog’langan loyihalarga
qo’yilmalardan iboratdir.
Texnologik tuzilmasining hisobi bilan ular quyidagilarga bo’linadi: qurilish
va montaj ishlari; asbob-uskunalar, instrument va jihozlarni sotib olish; boshqa
kapital ishlarni bajarish va xarajatlarni amalga oshirish.
Real investitsiyalarning aksariyat qismi investitsiya loyihalari orqali amalga
oshiriladi. “Investitsiya loyihasi” tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Bular
quyidagilardir:
Investitsiya loyihasi – bu tashkiliy-huquqiy tizimlar yordamida biron-bir
maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan tadbirlar
rejasidir
2
.
Investitsiya loyihasi – noturar binolarniqurish, qayta, ta’mirlashva shaharni
ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadidakorxonalar
texnologik asbob-uskunalarini, injenerlik ta’minotni yangilash qaratilgan tashkiliy-
texnik hamda moliyaviy tadbirlar majmuidir
3
.
Investitsiya loyihasi – foyda olish va/yoki kapitalni o’stirish maqsadida pul
mablag’lari qo’yiladigan aniq tadbirdir
4
.
Investitsiya loyihasi – kapital qo’yilmalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligi, hajmi va amalga oshirish muddatlarini asoslash, jumladan, kerakli
loyiha-smeta xujjatlar to’plami hamda investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha
amaliy harakatlar
tavsifidir
5
.
Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan
aniqlanishicha loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning
xarajatlaridan har doim ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va
resurslarda qat’iy cheklanganlikka ega bo’ladi.
Loyiha g’oyasi barcha holatlar uchun bir xil mazmun kasb etmasligi
2
Кикоть И.И. Финансирование и кредитование инвестиций: Учеб. пособие/И.И. Кикоть – Мн.: Выш. шк.,
2003.
3
www.arenda-ofisa.ru/info/dictionary.shtml
4
www.av-soft.ru/index.php
5
www.erker.ru/development.terminology.htm
.
mumkin va loyihani ishlab chiqish va uni baholashnig
ham yagona namunaviy
shakli bo’lishi mumkin emas. O’z navbatida, loyihalar ularning alohida elementlari
va ko’rsatkichlarini ifodalovchi bir qator maqsadli tadbirlar, loyihani amalga
oshirish va ko’zlangan natijaga erishishga qaratilgan boshqaruv tizimi va
boshqalardan tashkil topadi.
Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va talab etiladigan natijalar
(maqsad) bilan bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim
vazifa (“Loyihalarni boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni
boshqarish instituti, AQSh);
Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan
nimadir, masalan, katta korxona (Webster izohli lug’ati).
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish san’atini egallashbugungi kunda
quyidagi sabablarga ko’ranihoyatda dolzarb hisoblanadi:
- birinchidan, iqtisodiyotimizga tadbirkorlarning
yangi avlodi kirib
kelmoqda. Ulardan ko’pchiligi hech qachon biror-bir tijorat korxonasiga rahbarlik
qilmagan va shuning uchun bozor iqtisodiyotida ularni kutayotgan muammolar
doirasini yaxshi tasavvur qilmaydilar;
- ikkinchidan, o’zgaruvchan xo’jalik muhiti korxonalarning tajribali
rahbarlarini ham o’zlarining kelgusi ishlarini o’zgacha rejalashtirish hamda
raqobatchilik kurashiga tayyor bo’lishga undaydi;
- uchinchidan, iqtisodiyotimizni yuksaltirish uchun chet el investitsiyaqlarini
olishni mo’ljallab, o’z talablarini asoslash hamda investorlarga biz bunday
investitsiyalardan foydalanishning barcha jihatlarini hisobga olishga qodirligimizni
isbotlash kerak.
Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha bir qator cheklanishlar va
mexanizmlar ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni
sifatida qaratilish mumkin va uni quyidagi 14.1-rasm orqali ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: