4. Ta'limning insonparvarlashuvi-bu shaxsning turli ta'lim xizmatlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishi va ta'lim jarayonida inson qobiliyatining ochilishini anglatadi. ECTS ta'limni davom ettirish uchun oliy ta'lim muassasasini, o'quv fanlarini va o'qituvchilarni tanlash imkoniyatini beradi.
5. Ta'limning individuallashtiruvi- bu har bir talabaning individual reja va ta'lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70% ni, auditoriyadagi ishi esa 30%ni tashkil etadi. Ushbu ko'rsatgichlar individual ta'limni tashkil etishga asos bo'lib xizmat qiladi.
6. Ta'limning samaradorligi-guruhda individual o'qishli auditoriya mashg'ulotlari va talabaning mustaqil ishlarini uyg'unlashtirish orqali ta'minlanadi. Auditoriya o'quv vaqtining 70% gacha qismini individual o'qitishga, shuningdek umumiy o'quv vaqtining 70% gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi o'quv fanlarining talabalar tomonidan o'z qobilyatlari darajasida o'zlashtirishga imkon yaratadi. Shu bilan ta'limning samaradorligi ta'minlanadi.
ECTS tamolillari- shaxsning o'z qobilyatini to'la rivojlanishi va ro'yobga chiqarishi rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligini ko'zda tutadi.
|
6.4. ECTS ning xususiyatlari.
Zamonaviy o'qitish texnologiyasi, oliy ta'lim muassasasining jihozlanganligi, professor-o'qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo'lishi, o'qitishning yuqori sifatlari-ECTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O'quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega.
O'quv rejasi bo'yicha:
Barcha o'quv fanlari ikki guruhga bo'linadi-majburiy va talaba tanlovi asosidagi fanlar.
bu nisbatan taxminan 1:2 teng qabul qilinadi;
har bir talaba shaxsiy o'quv rejasiga ega bo'ladi;
asosiy hujjat transkript (transcript of ruords), u ects ning unifikatsiyalangan hujjati bo'lib yagona shaklda tuziladi, o'qitish natijalarini tan oish uchun majburiy hujjat hisoblanadi. transkriptda, talabaning mazkur davlatda qabul qilingan baholash tizimida ham, ects tizimi bo'yicha ham olgan baholari, olingan ects kreditlari bo'yicha ma'lumotlar keltiriladi:
har bir semestrda o'rganiladigan fanlarning soni 3…5 ta bo'lishi;
mustaqil ishga ajratilgan soatlar auditoriya soatlaridan ko'pbo'lishi;
kredit o'zida talabaning o'quv fanini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan barcha mehnat sarfini mujassamlashtiradi. o'quv fani uchun ajratilgan kreditlar soni, aksariyat hollarda 3ga teng bo'ladi.
O'quv fani dasturining mazmuni (silabus) quyidagilarni o'z ichiga oladi:
o'quv fanining to'liq nomlanishi va uning o'quv rejasidagi tartib raqami;
o'quv fanini o'rganish maqsadi;
o'quv fanining qisqacha mazmuni;
taqvimiy reja, mashg'ulotlar jadvali bilan;
o'qitish texnologiyasi;
talabaning mas'uliyati va unga qo'yiladigan talablar;
talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari;
asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati.
O'qituvchining o'quv yuklamasini hisoblashda:
Umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya va mustaqil ish soatlari) bir o'quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi-e'tiborga olinadi.
O'qitish jarayonining asosini:
Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari tashkil etadi;
Talabaning mustaqil ishida o'qituvchi maslahatchi sifatida ishtirok etadi;
Talaba o'quv fanini va o'qituvchini tanlash huquqiga ega.
Har bir talabaga axborot paketi beriladi, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Oliy ta'lim muassasasi haqida ma'lumot;
O'quv rejasi;
O'quv jarayonining grafigi;
O'quv fanlarining mazmuni;
Oliy ta'lim muassasada qabul qilingan ta'lim tizimining metodik hususiyatlari haqida ma'lumotlar;
Talabalar bilimini baholash tizimi va baholar shkalasi haqida ma'lumotlar;
Ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga tegishli ma'lumotlar;
Tarixiy va madaniy sohaga oid ma'lumotlar;
Qo'shimcha ta'lim xizmatlari to'g'risida ma'lumotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |