E. Y. Saito V a, N. E. Abraykulova


Roziya Zaripovna Karimova



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/50
Sana01.01.2022
Hajmi4,12 Mb.
#286702
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
Xoreografiya va raqs san'ati asoslari (E.Saitova, N.Abraykulova)

Roziya Zaripovna Karimova 
(1916-y. -  2011-y. 15 mart)
Roziya  Karimova  -   0 ‘zbek  baleti  artisti, 
baletmeyster va  raqsshunos  olima.  O‘zbekiston  xalq 
artisti,  M.Turg‘unboyeva  nomidagi  Davlat  mukofoti 
sovrindori,  «El-yurt  hurmati»  ordeni  bilan  taqdir- 
langan.  R.Karimova  1916-yil Qozon shahrida tug‘il- 
gan.  1929-yil  Farg‘ona meditsina texnikumining tay- 
yorlov  boMimiga  o‘qishga  kirib,  shu  yerdagi  badiiy 
havaskorlik to‘garagining a’zosi va rahbari bo‘lgan.
1930-yilda  havaskorlik  san'ati  olimpiadasida  o‘zbek  raqslarini 
mahorat  bilan  ijro  etganidan  so‘ng,  Samarqanddagi  0 ‘zbek  davlat 
musiqali  dramatik  teatr  qoshidagi  teatr  studiyasiga  yuborildi.  Tez 
kunda  Roziya Karimova shu teatming  solistiga aylandi.  Shu  vaqtdan 
boshlab  sahnada  lirik va qahramonlik  raqslarini  hamda dramatik rol- 
lami  ijro  eta  boshladi.  Bulardan:  Ozodaxon  («Ichkarida»,  1932-y), 
Anorxon («O‘rtoqlar»,1930-y), Asalxon («Gulsara»,  1935-y) rollaridir.
1934-  1949-yillarda Toshkent musiqali teatrda,  1949-1953-yillarda
A.Navoiy  nomidagi  opera  va  balet  teatrida  Gulandom  (YE.Brusi- 
lovskiyning  «Gulandom»-1940-y.),  Oqbilak  (S.Vasilenkoning  «Oqbi- 
lak»,  1943-y.),  Fraskita  (J.Bize  «Karmen»),  Kumushoy  (M.Ashrafiy 
va  S.Vasilenkoning  «Bo‘ron»)  kabi 
bosh  rollami  ijro  etdi.
« 0 ‘rtoqlar»,  «Bo‘ron»,  «Gulsara»,  «Ulug‘bek»,  «Farhod  va  Shirin», 
«Layli  va  Majnun»  operalariga  raqslar  sahnalashtirdi  va  yakka 
raqslami ijro etdi.
1935- 
1960-yillarda  Muqimiy nomidagi 0 ‘zbek davlat musiqa va 
komediya teatrida  baletmeysterlik  qilish  bilan bir vaqtda,  «Nurhon», 
«Ravshan  va  Zulhumor»,  «Tohir  va  Zuhra»,  «Oftobxon»,  «Oq
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


nilufar»,  «Zafar»  va  boshqa  shu  kabi  spektakllarda  o‘zi  ham  zo‘r 
mahorat bilan  raqslami ijro etgan.
R.Karimovaning  balet  paratiyalari  o‘zbek  xalq  raqsi  va 
pantomimaning  bir-biriga  uyg‘un  holda  ijro  etilishi  bilan  ajralib 
turadi. R.Karimova nafaqat iste'dodli raqqosa, balki mohir pedagog va 
raqs san’ati asoslarining nazariy va amaliy tadqiqotchisi hamdir.
1932-yildan 0 ‘zbek davlat xoreografiya bilim yurtida o‘zbek xalq 
raqslari  fanidan  dars  bergan  bo‘lsalar,  1964-yildan  san’atshimoslik 
ilmiy  tekshirish  institutida  ilmiy  xodim  bo‘lib  ishlaydi.  Shu  yillar 
davomida  «Ferganskiye  tansi»,  «Tansi  Ravii  Atadjanovoy»,  «Tansi 
ansamblya Baxor»,  «Tansi  v postanovke  Isaxara Akilova» kabi  ilmiy 
o‘quv adabiyotlarini yaratdi.
0 ‘zbek raqs  san'ati  nazariyasi  rivojlanishida  qilgan ulkan  ishlari 
uchun san’atshunoslik fanlari fahrli doktori ilmiy darajasini olganlar.
1942-yil  0 ‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist,  1950-yilda 
0 ‘zbekiston  xalq  artisti,  bir  qancha  davlat  mukofotlari,  «Shon- 
shuhrat» va «El-yurt  hurmati» orden va medallar sohibi bo‘lgan.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish