1-BOB. 1-KURS UCHUN ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI (JK 2-KURS)
1.1-§. Amaliyotning maqsad va vazifalari 1-kurs talabalariga o’quv tanishuv amaliyoti o’quv jarayonining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. U 5310800- “E va A” bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 1-kurs 2-semestri davomida o’tkazishi o‘quv rejaga muvofiq belgilangan.
Amaliyotga talaba o’quv rejasiga binoan 2 haftaga ishlab chiqarish korxonalari, zavod va tashkilotlarga yuboriladi. Amaliyot natijalari hisobot shaklida bajarilib, kafedrada himoya qilinadi.
Ushbu kurs talabalariga o’quv tanishuv amaliyotining maqsadi – talabaning 1-kursda mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash va ishlab chiqarishda yangi bilimlarni shakllantirish hisobiga kelgusi mutaxassislik fanlarini o’rganishning mohiyatiga yetib borish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib ishlab chiqarish amaliyoti quyidagi vazifalarni bajaradi:
Talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Korxona va uning tashkiliy tuzilmalari bilan tanishish.
Korxonadagi mehnatni tashkil etish jarayonlari va mehnat muhitini o’rganish.
Korxonada mehnat jamoasi va komandani shakllantirishning amaliy ko’rinishlarini o’rganish.
Rahbarlar, ularning o’zini tutishi va jamoa bilan munosabatlari haqida bilimlarini shakllantirish.
Korxonadagi umumiy boshqaruv muhiti va bunda rahbarlarning o’rnini tushunib olish.
Hodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’ishni o’rganish.
Korxona faoliyatini rejalashtirish hamda prognozlashtirish jarayonini kuzatish.
Korxonaning maydoni, binolari, ularning joylashuvi, korxonadagi resurslar xarakati, ishlab chiqarish tsexlarining ketma-ketligini o’rganish.
Korxonada boshqaruvni tashkil etilganlik darajasini o’rganish va unga baho berish.
Korxonada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini kelib chiqishi va yuritilishini o’rganish tahlil qilish.
Korxonada ishlab chiqarish strukturasini boshqarish jarayonlarini tahlil qilish.
Korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini baholash.
Korxonaning kadrlar siyosati va mehnatga haq to’lash jarayonlarini tashkil etilishini o’rganish.
5310800 – «E va A» ta’lim yo’nalishi bo’yicha 1-kurs talabalarining o’quv tanishuv amaliyoti davrida talabalarni korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq. Talaba amaliyot davrida korxona faoliyati, tarixi, tashkiliy masalalarini qoshimcha ravishda o’rganadi.