e-qaror.gov.uz
VI-60-5-10-149-K/22
2
Ikkinchidan, Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning
huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilanmoqda va u
milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Bunga yaqqol misol
Taraqqiyot strategiyasi “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida ishlab
chiqilgan.
Uchinchidan, Taraqqiyot strategiyasi 94 ta milliy maqsadlarni qamrab olgan
quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat:
birinchi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini
taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon
talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va
yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda
yechim topish;
yettinchi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq
va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
To‘rtinchidan, Taraqqiyot strategiyasini har bir ustuvor yo‘nalishi nomlanishidan
boshlab, mazmun-mohiyatigacha inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan.
Beshinchidan, Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga
beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha “yo‘l xaritalari” qabul
qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
“Yo‘l xaritasi” tuzilishi jihatidan mukammallashtirilgan va unda milliy
maqsadlar, asosiy ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlar, uni amalga oshirish mexanizmlari
va shakli, muddati, nazorat qiluvchilar, mas’ul ijrochilar aniq ko‘rsatilgan.
Oltinchidan, Taraqqiyot strategiyasini alohida ustuvor yo‘nalishi sifatida
“ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga
olib chiqish” belgilanmoqda.
Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga
oshirish orqali milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish, madaniyat va san’atni
yuksaltirish, “jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan
yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berish nazarda
tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |