71
zaharlanganda), metgemoglobin hosil bo'lganda (nitritlar, ferrosianidlar, atsetanilid
va boshqa moddal#rdan zaharlanganda shunday holat kelib chiqadi.
Damlangan gipoksiya qon aylanishining umumiy kamchiligida kapillarlarda qonning
sust harakatlanishi natijasida (yurak va tomirlarning kasalliklarida) vujudga keladi.
Gistotoksik gipoksiya_to'qimalar kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmaganda
(to'qimalarnjng oksidlovchi fermentlari nofaol bo'lganda, masalan, ular sianidlardan
zaharlanganda) paydo bo'ladi.
Dastlabki ikki sababdan bin bilan kelib chiqqan gipoksiyada qondagi kislorod
miqdori kamayadi, ya'ni qon kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmaydi (gipoksemiya),
qon kislorod bilan yetarlicha to'yingan bo'lishi mumkin, lekin to'qimalarga kislorod
yetishmaydi.
Gipoksiyada organizmda nafas olish va qon aylanishi bir qancha o'zgarishlarga
uchraydi, ular moslanish uchun ahamiyatli. Masalan, qonda kislorod yetishmaganda
tomirlardagi refleksogen zonalarning xemoretseptorlari qo'zg'alib, o'pka ventilatsiyasi
refleks yo'li bilan ortadi, yurak faoliyati kuchayadi va tezlashadi, demak, daqiqalik
hajm ortadi, taloqdan va boshqa qon depolaridan umumiy qon aylanish doiralariga
ko'proq qon qo'shiladi, kapillarlar ochiladi. Gipoksiyada modda almashinuvining
oksidlanib ulgurmagan mahsulotlari to'qimalarda to'planib, nafas olish va qon
aylanishining asab markazlarini qo'zg'atishi ham boyagi o'zgarishlar paydo bo'lishiga
yordam beradi. Gipoksiya sababi uzoq vaqt ta'sir etsa (masalan, juda baland joyda
uzoq vaqt turilsa, shuningdek yurak faoliyatining ba'zi buzilishlarida), qondagi
eritrotsitlar va gemoglobin shunga moslanib ko'payib ketadi.
Agar organizm kislorod bilan yaxshiroq ta'minlansa, gipoksiya barham topadi. Nafas
olish, qon aylanishi va qon tarkibining moslashuv o'zgarishi gipoksiyani yo'qotish
uchun yetarli bo'lmasa, uning yuqorida ko'rsatilgan og'ir belgilari paydo bo'laveradi.
Bu belgilar, avvalo, kislorod yetishmasligiga ayniqsa sezgir bo'lgan markaziy asab
tizimi funksiyasi
buzilishi simptomlari bilan xarakterlanadi. Og'ir gipoksiyada avvaliga maslikni
eslatuvchi holat - gallutsinatsiyalar (aldamchi his, soxta sezgi-haqiqatda yo'q narsani
his qilish, sezish, tasavvur qilish va bunga ishonish belgilari) paydo bo'ladi, so'ng
talvasa tutadi, ko'z tinadi, kishi dambadam o'zidan kctib turadi, nihoyat, kishi
butunlay hushdan ketadi. Ayni vaqtda qon aylanishi va nafas olishni boshqaruvchi
asab markazlari holatining buzilishi natijasida nafas olish va qon aylanishi buziladi:
kishi yuza (kalta) nafas oladi, tomirlarda qon yaxshi yurishmaydi, shuning natijasida
qo'1-oyoq ko'karadi (sianoz) puls zaiflashadi va qon bosimi pasayadi. Nafas olish va
qon aylanishining buzilishi o'z navbatida asab markazlarining holatini yanada ko'proq
yomonlashtiradi, bu esa gipoksiyaning og'ir xillarida tez o'limga olib keladi.
Gipoksiyaning aytilgan turlaridan gipoksemik gipoksiya faqat past atmosfera
bosimida uchraydi, sog'lom odamlarda kuzatiladi va fizibloglar tekshiradigan
hodisalarga kiradi. Gipoksiyaning qolgan turlari esa patofiziologlar va klinisistlar
o'rganadigan patologik hodisalarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: