Eshituv va muvozanat analizatori. Eshituv analizatorining tuzilishi
Odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta'siri ostida o'tadi:
hayvonlar va odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi-
bularning barchasi odamning eshituv a'zosiga ta'sir qiladi va tovush sif'atida qabul
127
qilinadi.
Quloq murakkab ikki funksiyani bajaradi. Eshituv sezgilarini hosil qilishga yordam
beradigan eshituv a'zosi va bundan tashqari, tanamizning inuvo/anatini saqlaydigan
maxsus apparat ham quloqqa qo'shiladi.Quloq tuzilishi jihatidan uchta asosiy
qismlarga bo'linadi: 1) tashqi quloq quloq suprasi bilan tashqi eshituv yo'lidan iborat;
2)o'rta quloq-nog'ora bo'shlig'idan iborat bo'lib, u chakka suyagining ichida turadi va
uchta eshituv suyakchasini o'z ichiga oladi; 3) ichki quloq-eshituv a'zosining eng
muhim qismidir. Ichki quloqda ikkita mustaqil a'zo bor. Bulardan biri tovushni
sezadigan a'zo va ikkinchisi muvozanat a'zosi-yarim doira kanallar. Ichki quloq
chakka suyagining tosh qismida (piramidasida) turadi.
Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi tovush yo'lidan iborat bo'lib, quloq suprasi
hayvonlarda tovushni tutishga yordam beradi, u harakatchan bo'ladi.
Odam quloq suprasining mushaklari yaxshi rivojlanmagani uchun harakat qilmaydi.
Istisno tariqasida odamlarda quloq suprasining qimirlashi kuzatiladi. Quloq suprasi
egiluvchan tog'aydan tuzilgan teri bilan qoplangan (177-rasm). Uning ichida
burmalar bo'lib, ular tovush to'lqinlarining yo'nalishiga yordam beradi.
Tashqi eshitish yo'li 2-5sm uzunlikda bo'lib, biroz qiyshiq kanaldan iborat. Kanalning
ichi tukli, bezli epiteliy bilan qoplangan. Tuklar himoya va/.ifasini bajaradi, bezlar
esa sariq suyuqlik ishlab chiqaradi.
O'rta quloq bo'shliq bo'lib, tashqi quloqdan nog'ora parda bilan ajralgan. Nog'ora
parda yupqa, pishiq bo'lib, asab tolalari va qon tomirlari bilan ta'minlangan. U
egiluvchan pishiq biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan, diametri 9-11 mm, qalinligi 0,1
mm, asab va qon tomirlariga boy bo'ladi.
Nog'ora parda mushaklar yordamida tarang tortilgan bo'lib, tovush
to'lqinini o'zgartirmay o'tkazadi.
O'rta quloq bo'shlig'i nog'ora bo'shliq deyiladi, uning hajmi 0,75 ml ga teng keladi.
so'rg'ichsimon bo'shliqlar o'rta quloq orqali halqum bilan tutashadi. O'rta quloq
Yevstaxiyev nayi 4 sm uzunlikda bo'lib, tashqi quloq bilan o'rta quloqdagi bosimning
muvozanatlashishida ishtirok etadi. O'rta quloq bo'shlig'ida uchta eshitish suyakchasi:
bolg'acha, sandon, uzangi, joylashgan bo'lib, boylamalar yordamida bir-biriga
birikkan bo'ladi (178-rasm).
Bolg'acha dastasi bilan nog'ora pardaga, boshchasi bilan sandonga tushayotgan
bo'ladi. Sandon o'sig'i bilan uzangiga tutashadi. Bu suyaklar odamning butun hayoti
davomida o'smaydi. O'rta quloqdagi mayda mushaklar qisqarishi bilan suyakchalar
harakatga kelib, tovush to'lqinlarini ichki quloqqa o'tkazadi.
Ichki quloq labirent murakkab tuzilgan bo'lib, eshituv anali/atorining eng muhim
qismidir. Ichki quloqda eshitish va vetibular apparatning retseptorlari joylashgan.
Vetibular apparat retseptorlari odam kallasining va butun tanasining o'zgarishidan
hosil bo'ladigan ta'sirni, proprioretseptiv retseptorlardan kelayotgan ta'sirni sezadi.
Ichki quloq, ya'ni laberint uch qismdan: quloq dahlizi, yarim aylana kanallar va
chig'anoqdan iborat. Labirint murakkab tuzilgan bo'lib, parda labirint va suyak
labirintdan iborat. Suyak labirint tashqarisida perelimfa, parda labirint ichida
endolimfa suyuqliklari bo'ladi. Labirint dahlizi oval shakldagi bo'shliq bo'lib, yettita
teshigi bor. Ovalsimon teshik bilan o'rta «juioqqa, yumaloq teshik bilan chig'anoqqa
va qolgan 5 ta teshik bilan } ;;rim doirakanallarga birikadi. Yarim aylana kanallar
endolimfa suyuqligi hilan to'la, ichida otolit toshlari bo'ladi.
128
Chig'anoq-shilliq qurt chig'anog'iga o'xshash gajakdor suyak kanaldir. Chig'anoqning
2 1/2 buramasi bor. Uning ichida Kortiy a'zo turadi. Kortiy a'zo tovushni sezadigan
a'zodir. Eshituv asabining shoxchalari shu a'/oda joylashgan. Kortiy a'zo ko'pgina
ingichka tolalardan iborat. Bu tolalar arfa degan musiqa asbobining tolalariga
o'xshash tortilgandir. Har bir tola eshituv asabining tolalariga tutashgan. Kortiy
a'/,oning tolalari 24000 ta bo'ladi.
Turli tovushlar eshituv analizatorining adekvat ta'sirlovchilari hisoblanadi. Tovush
havoning tebranishidan iborat. Havo turlicha tezlik va davrda tebranadi, shunga
qarab, biz biror tovushni sezami/.
Barcha tovushlar ikki guruhga bo'linadi: l)ohangli tovushlar va 2)shovqinli tovushlar.
Ularning bir-biridan farqi shuki, ohangli tovushlar havoning ma'lum davr va tezlik
bilan tebranishidan iborat. Shovqinli tovushlar esa havoning har xil tezlik va davr
bilan noto'g'ri tebranishidan iborat.
Tovushning balandligi va kuchi farq qilinadi. Tovushning balandligi havoning bir
soniyada necha marta tebranishiga bog'liq. Baland tonlar (ingichka tovush va ovozlar)
havoning tez-tez tebranishidan kelib chiqsa, past tonlar (dag'al, do'rillagan tovushlar
va ovozlar) havoning kam tebranishidan kelib chiqadi.
Tovushning kuchi havo zarralarining tebranish amplitudasiga (balandligiga) bog'liq.
Havo tcbranishi qancha keng bo'lsa, tovush o'shancha kuchli bo'ladi.
Tovushning yana bir sifati tembr hisoblanadi. Tembr tovushning shunday
xususiyatiki, biz shunga asoslanib, har xil musiqa asboblarihing tovushini, masalan,
skripka va pianino tovushini hatto birday kuch va balandlikda bo'lganda ham bir-
biridan ajratamiz.
Tovush signallarining fizik tavsifi
Akustikada barcha tebranishlarni uch guruhga bo'linishi odatga aylangan.
1 )tovushgacha tebranishi yoki infratovush tebranishi - 200 Gs dan past darajali
lovushlar;
2)tovushli yoki xususiy tovushlar tebranishi -20 Gs dan 20 kGs gacha (20000 Gs);
3)tovushdan yuqori yoki ultratovush tebranishi -20 kGs dan yuqori darajali tovushlar.
Ko'rsatilgan tovush guruhlarining tebranish jarayonlari odam eshituv analizatorining
fiziologik xususiyatlariga va tovush qabul qilish diapazonlariga bog'liq. Masalan,
fizika nuqtai nazaridan 5 Gs yoki 50 kGs tebranishlar boshqa diapazondagi 20 Gs
yoki 20 kGs tebranishlardan farqi yo'q. Lekin tovushning tarqalish tezligi muhitning
tizik xossalaridan-harorat, havo bosimi va boshqa omillarga bog'liq.
Havo harorati 18° S bo'lganda tovushning tarqalish tezligi taxminan 340m/soniyaga,
dengiz suvida esa (harorat 0° S bo'lganda) 1550 m/soniyaga teng bo'ladi.
Odam eshituv a'zosi tomonidan qabul qiladigan minimal tovush bosimi 2* 10"s N/m2
ga teng. Kishi erkin gapirayotganda tovush darajasi 0,1 N/m2 va og'riq vaqtida
chiqargan tovushning bosimi 30 N/m2 ga teng.
Tovushning erg/sm2 soniya bilan ifodalanadigan obyektiv intensivligidan tovushning
jarangdorligini sezish kabi subyektiv sezgini ajratish mumkin.
Tovush jarangdorligi (qattiqligi) ning hozir keng tarqalgan birligi-bel— ta'sir etuvchi
tovush intensivligi I ning bo'sag'a intensivligi I0 ga nisbatining o'nlik logarifmidan
iborat. Amaliyotda aksari detsibel, ya'ni 0,1 be!, boshqacha aytganda 10 lg,0I/I0
jarangdorlik birligi sifatida qo'llaniladi.
1 detsibel jarangdorlikka ega bo'lmoq uchun lg,0I/I0 0,1 ga teng bo'iishi kerak.
129
bundan anglashiladiki, 1 detsibel jarangdorlikda I/I10 nisbati 1 *26 ga teng bo'Hshi
lozim. Demak, 1 detsibel jarangdorlikka ega bo'lmoq uchun 1 tovush bo'sag'a
intensivligidan 26% ortiq intensivlikka ega bo'Hshi kerak.
Tovush jarangdorligining maksimal darajasida tovush og'riq se/gisiga aylanadi, bu
maksimal daraja 130-140 desibelga barobar (tovush kuchi bo'sag'a kuchidan 1012-
1014 baravar ortiq).
Klinika amaliyotida muayyan subyektdagi eshituv o'tkirligining pasayish darajasini
aniqlash muhim. Eshituv o'tkirligining pasayishini desibelda ifodalash mumkin.
Bo'sag'a eshitilishining yuqori chegarasidan 140 detsibel farq qiladi, shuning uchun
to'la karlikda eshituv o'tkirligi 140 detsibel pasayadi.
Tovushlarning balandligi va kuchini idora etishga imkon beradigan tovush
generatorlari-audiometrlar eshituv o'tkirligini aniqlab beradi. Tekshirilayotgan
kishining "eshitayapman" degan so'ziga yoxud javob reaksiyalariga qarab, uning
tovush sezgisi haqida fikr yuritiladi. Tovush ta'sirida teri-galvanik refleksning paydo
bo'lishiga qarab tovush sezishni aniqlash usulini G.V.Gershuni ishlab chiqgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |