E nuritdinov


Teri va uning ajratuv vazifasi Ter bezlari. Ter chiqarish



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Teri va uning ajratuv vazifasi Ter bezlari. Ter chiqarish 
 
Ter  bezlari  teri  ostidagi  kletchatkada  joylashgan  bo'lib,  tana  ustida  nobaravar 
taqsimlangan. 
Ter  bezlari  ter  chiqaradi.  Ular:  1)  moddalar  almashinuvi  natijasida  hosil  bo'lgan 
parchalanish  mahsulotlarini  chiqarib tashlaydi;  2) termoregulatsiyada  ahamiyati  bor, 
chunki  badandan  ter  bug'lanishi  issiqlik  chiqarish  omili  hisoblanadi;  3) 
osmoregulatsiyada, ya'ni suv va tuzlarni chiqarib tashlash yo'H bilan osmotik bosimni 
doim bir xil saqlashda ahamiyati katta. 
Ter  bezlari  teri  ostidagi  qo'shuvchi  to'qima  kletchatkasida  joylashgan,  uiar  badanga 
bir tekis tarqalmagan. Ular qo'1-oyoq kaftida, qo'ltiqda ko'p bo'ladi, umumiy miqdori 
2 mln ga teng. 1 sm2 terida 400-500 ter bezi bor. 
Terda  98%  suv  va  2%  qattiq  modda  bor;  shundan  0,4-1%  anorganik  va  0,31% 
organik  birikmalardir,  terda  siydikchi],  siydik  kislota,  ammiak,  gippur  kislotasi, 
indikan  bo'ladi.  Bulardan  tashqari,  terda  azotsiz  organik  birikmalar  ham  bor. 
Masalan, qandli diabet bo'lgan bemorlarda ter bilan glukoza ham chiqadi. 
Terning  reaksiyasi  salgina  ishqoriy;  badanda  ter  parchalanadi  va  undagi  yog'lardan 
uchuvchan yog' kislotalari hosil bo'ladi, shu bois ter nprdon bo'lib qoladi. Terda qattiq 
moddalar siydikdagiga nisbatan kam; terning solishtirma og'irligi 1,005-1,010. 
Harorat  qulay  bo'lgan  sharoitda  bir  kecha-kunduzga  o'rta  hisob  bilan  0,5-0,6  1  ter 
chiqib turadi. Shuncha ter bilan 2 g osh tuzi va 1 g azot chiqib ketadi. Ter to'xtovsiz 
chiqib turadi, lekin badandan chiqishi bilan bug'lanib. ketadi. 
Tashqi  muhit  harorati  yuqori  bo'lgan  sharoitida  ter  ajarilishi  kuchayadi. 
Jadal  jismoniy  ish  vaqtida  moddalar  almashinuvi  kuchayganidan,  issiqlik 
juda ko'p hosil bo'ladi. 
 Organizmga ko'p miqdorda suyuqlik kirganidan keyin ham ter ko'p ajaraladi. 
Ruhiy  qo'zg'alish  va  emotsional  holatlar  natijasida  (jahl  chiqish,  qo'rquv,  og'riqda) 
tanadan  ter  chiqadi.  «Qo'rqqanidan  sovuq_  ter  bosdi»  degan  ibora  shu  bilan 
izohlanadi («sovuq ter» deyilishiga sabab shuki, ter chiqishi bilan bir vaqtda tomirlar 
torayadi,  natijada  'teri  qonni  kam  olib,  soviydi).  Bosh  miya  katta  yarim  sharlari 
po'stlog'i ter ajratilishiga ta'sir , ko'rsata olishi shundan ko'rinib turibdi. 
Ter bezlarining sekretor asablari simpatik asablardir. Badaning har bir qismidagi ter 
bezlari  orqa  miyaning  muayyan  segmentidan  innervatsiya  oladi.  Ter  bezlarining 
asablari  anatomik  jihatdan  simpatik  asab  tizimiga  mansub  bo'lsa  ham,  ularning  ter 
bezlaridagi  oxirlari  parasimpatik  asab  oxirlari  kabi  xolinergik  bo'ladi,  ya'ni 
qo'zg'alganda asetilxolin chiqaradi. 
Ter bezlariga innervatsiya beradigan simpatik tugunlar olib tashlangandan so'ng ham 
odam  emotsional  holatlarda  terlayveradi.  Ter  ajralishining  spinal  (orqa  miyadagi) 
markazlaridan  tashqari,  uzunchoq  miyada  asosiy  markazi  bor.  Bu  markaz  esa  o'z 
navbatida moddalar almashinuvining gipotalamusdagi oliy vegetativ markazlari bilan 


 
115 
bog'langan.  Yuqorida  ko'rsatilgandek,  ter  ajralishiga  bosh  miya  po'stlog'i  ham  ta'sir 
ko'rsatib turadi. 
Ter  refleks  yo'li  bilan  ajraladi.  Atrofdagi  muhitning  yuqori  harorati  ta'sir  etganda 
teridagi issiq sezuvchi retseptorlarining qo'zg'alishi tufayli ter ajralish refleksi paydo 
bo'ladi. 
Siydik va ter ajralishga jismoniy ishning ta'siri 
Jismoniy  mehnat  va  jismoniy  mashqlar  moddalar  almashinuvi  jarayonlariga  ta'sir 
etib, ularni kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida tana haroratining fiziologik me'yorida 
saqlanishi  uchun  ortiqcha  issiqlikni  organizmdan  chiqarish  asosan  terlash  orqali 
bo'ladi.  Bundan  tashqari  mushak  faoliyatida  moddalar  almashinuvining  qator 
mahsulotlari:  sut  kislotasi,  karbonat  angidridi,  fosfor  kislota,  kreatinin  va  boshqalar 
qonga o'tadi. 
Ularning ba'zilari buyraklar va ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi. 
Jismoniy  mehnat  natijasida  organizmdagi  umumiy  qonning  bir  qismi  mushaklarga 
oqishi  sababli ichki  a'zolarga, shu  jumladan  buyraklarga  ham  qon kelishi kamayadi. 
Bu  siydik  ajralishining  kamayishiga.  undagi  turli  moddalar  konsentratsiyasining 
ortishiga  olib  keladi.  Siydikning  solishtirma  og'irligi  ortadi,  reaksiyasi  o'zgaradi. 
Ayniqsa bajaraladigan  mushak ishining shiddati, muddati, og'ir-yengilligi va boshqa 
omillar siydik tarkibi va reaksiyasining o'zgarishiga har xil ta'sir ko'rsatadi. Masalan, 
adrenalin  gormoni  ta'sirida  glikogen  parchalanishining  kuchayishi  bilan  qonda 
glukoza miqdori me'yoridan ortganida siydik tarkibida glukoza paydo bo'ladi. 
Jismoniy  mehnat  bajarishda  siydik  tarkibida  sut  kislotasining  miqdori  ortadi. 
Ayniqsa,  suv  muhitda  yuqori  tezlikdagi  og'ir  ishlarni  bajarishda  malpigiy 
koptokchalari epiteliysining o'tkazuvchanligi ortishi natijasida siydik tarkibida oqsil, 
ba'zida esa hatto eritrotsitlar kuzatiladi. 
Quruqlikda, ayniqsa tashqi muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy ishlarni 
bajarish  ter  bezlari  funksiyasining  kuchayishi  bilan  kuzatiladi.  Buyrak  orqali 
ajratiladigan moddalarning ko'pchiligi ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi. Ter 
tarkibida kreatinin, siydikchil, ammiak, sut kislotasi, tuzlar konsentratsiyasi ortadi. 
Jismoniy  ishda  nafas  a'zolari  ishining  tezlashishi  kuzatiladi.  Bu  moddalar 
almashinuvining  oxirgi  mahsulotlaridan  karbonat  angidridning  organizmdan 
chiqarilishini  tezlashtiradi.  Ter  bezlari  yaxshi  rivojlanmagan  hayvonlarda,  masalan 
itlarda organizmdan ortiqcha suv ajratilishi va tana 
haroratining  me'yorida  ushlanish ko'p jihatdan  so'lak ajralishi  va nafas a'zosi ishiga 
bog'liq bo'ladi. 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish