Nazorat uchun savollar.
1.Qon aylanish tizimi qaysi bo'limlardan tashkil topgan?
2.Qatta qon aylanish doirasi nima va uning ahamiyati nimadan iborat?
3.Kichik qon aylanish doirasi nima va uning ahamiyati nimadan iborat?
4.Yurak qaysi bo'limlardan iborat?
5.Yurakning qaysi klapanlarini bilasiz?
6.Yurakning klapan apparatining ahamiyati nimadan iborat?
7.Yurak mushakining qaysi fiziologik xususiyatlarini bilasiz?
8.Refrakterlik davri nima? Absolyut (mutlaq) va nisbiy refraktelik davrlarining farqi
nimadan iborat?
9.Yurak avtomatiyasi nima? Uning sabablari nimadan iborat?
10.Yurakning o'tkazuvchanlik tizimining qismlarini aytib bering?
54
11.Yurakning o'tkazuvchanlik tizimini qaysi tajriba bilan isbotlab berish
mumkin?
12.Yurak sikli qaysi fazalardan tashkil topgan?
13.Yurak faoliyatida sistola, diastola va kompensator pauzalarning ahamiyati
nimadan iborat?
14.Ekstrasistologiya nima?
15.Kompensator pauza nima? Uning hosil bo'lish mexanizmini aytib bering?
16.Yurak faoliyatida qanday tovushlar (tonlar)ni aniqlash mumkin?
17.Elektrokardiogramma nima? Uning tishlari va intervali nimani ko'rsatadi?
18.Yurakning qisqarishiga qaysi omillar ta'sir yetkazadi?
19.Yurakning daqiqaviy hajmi nima? Uning ahamiyati nimadan iborat?
20.Yurak faoliyati qanday boshqariladi?
21.Simpatik va adashgan asablar yurak faoliyatiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
22.Yurak faoliyatining reflektor boshqarilishi qanday amalgam oshiriladi?
23.Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishi qanday amalgam oshiriladi?
24.Koronar (yurak) qon aylanishining qaysi xususiyatlarini bilasiz?
25.Qonning qon tomirlarda harakatlanishini qaysi qonuniyat bilan ifodalanadi?
26.Gemodinamika qonuni nima?
27.Qon bosimi nima? Unga qaysi omillar ta'sir etadi?
28.Qon aylanishining turli bo'Hmlarda qon bosimi qanday o'zgaradi?
29.Qon bosimining qaysi turlarini bilasiz?
30.Sistolik, diastolik va o'rtadinamik bosimlarining xususiyatlarini belgillab bering.
31.Odamning arterial qon bosimi qanday aniqlanadi?
32.Arterial puls nima va qanday uni aniqlash mumkin?
33.Mikrosirkulatsiya nima?
34.Kapillarlarning fiziologik xususiyatlarini aytib bering
35.Venalarda qon qanday oqadi?
36.Qon aylanishining umumiy vaqtini belgilab bering
37.Qon aylanishining chiziqli va hajmiy tezligi nima?
38.Qon tomirlarining innervatsiyasini aytib bering
39.Qon tomirlari tonusiga qanday omillar ta'sir qiladi?
40.Qon aylanishlaming reflekslarini belgilab bering.
41.Qon tomirlarining harakatlantiruvchi markazi nima, qayerda joylashgan va
ahamiyati nimadan iborat?
42.Qon tpmirlarining asosiy refleksogen mintaqalarini belgilab bering.
43.Qon fomirlarining tonusini qaysi mexanizmlar boshqaradi?
44.Qon deposining ahamiyati nimadan iborat?
45.Turli a'zolarining qon aylanishi xususiyatlarini belgilab bering.
46.Nima uchun jismoniy mashqlar natijasida qon aylanish xarakteri o'zgaradi?
47.Limfa nima?
48.Limfa qanday hosil bo'ladi?
49.Tomirlarda limfa qanday harakat qiladi?
50.Limfa tugunlarining ahamiyati nimadan iborat?
55
Do'stlaringiz bilan baham: |