16
gipogiikemiya deyiladi. Glukozaning plazma tarkibida 0,2% ga oshib ketishi yoki
0,05 dan pasayib ketishi organizm funksiyasining kuchli buzilishiga olib keladi va
o'lim sodir bo'lishi mumkin.
Tinch holda qonda sut kislotasi miqdori 10-30 mg% ga teng. Plazma mineral
tuzlari tarkibiga asosan natriy, kaliy, kalsiy magniy, xlor va fosfatlar kiradi.
Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni PH=7.4
Qon plazmasi oqsillari va peptidlar quyidagi funksiyalami bajaradi (7, 8-rasmlar):
1. oqsillar kolloid-osmotik bosimining paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi.
Onkotik bosim to'qimalar bilan qon o'rtasidagi almashinuvini tartibga solish uchun
zarur; 2, oqsillar qonning bufer tizimi uchun eng kerakli moddalar hisoblanadi va
kislotaH-ishqoriy muvozanatni saqlashda ishtirok etadi; 3.oqsillar qon plazmasining
yopishqoqligini ta'minlaydi; 4. plazma oqsillari eritrotsitlarni tez cho'kishiga yo'l
qo'ymaydi; 5. plazma oqsillari qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi; 6. qon
plazmasi immunitetning muhim omili hisoblanadi; 7. qon plazma oqsillarni
tashuvchi
vazifasini bajaradi; 8. oqsillar-oziq modda. Plazmadagi umumiy miqdori-200-300 g.
Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5g globulin sarflanadi va
shuncha oqsil hosil bo'ladi. Albuminlarning yarim parchalanish davri 10-15 kun,
globulinlarniki esa-5 kun.
Albuminlar plazma oqsillarining 60% tashkil etadi. Ularning molekulalari
unchalik katta bo'lmasa ham, harakatchanligi tufayli onkotik bosimning hosil
bo'lishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, albumin qonning tashilish
funksiyasiga faol ishtirok qilib, bilirubin, yog* kislotasi, ba'zi bir farmakologik
moddalar va boshqa antibiotiklarni qon orqali tashilishi uchun asosiy tuzilma
hisoblanadi. Albuminning bitta molekulasi 25-50 ta bilirubin molekulasi bilan
birikish qobiliyatiga ega.
Globulinlar turli oqsilli fraksiyalarga bo'linadi: alfa-1, alfa-2, beta-2 va gamma-
globulinlar. Alfa-1-globulinning oqsillari
glikoproteinlar va
mukoproteiniar deb
ataladi. Ulaming tarkibidagi plazmaning 60% glukozasi organizmda aylanib
yuradi. Alfa-2-globulinlar oqsillarining tarkibida mis elementi borligi uchun ularni
seruloplazmin deyishadi. Bu oqsilning bir molekulasi 8 mis atomi bilan birikishi
mumkin, ya'ni plazmadagi 90% mis oqsil bilan birikkan.
Beta-globulinlar fosfolipid, xolesterin, sterepid gormon va metall kationlarini
tashilishi uchun xizmat qiladi. Metall bor oqsil
transferin deb ataladi, masalan,
temirning qon orqali tashilishi uchun katta rol o'ynaydi. Transferinning bar bitta
molekulasi temirning ikki atomini tashishi uchun moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: