E nuritdinov



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
 
Eshituv va muvozanat analizatori. Eshituv analizatorining tuzilishi 
 
Odamning  umri  butunlay  uzluksiz  tovushlar  dunyosining  ta'siri  ostida  o'tadi: 
hayvonlar  va  odamlar  ovozi,  musiqa  ohanglari,  texnika  vositalarining  tovushi-
bularning  barchasi  odamning  eshituv  a'zosiga  ta'sir  qiladi  va  tovush  sif'atida  qabul 


 
127 
qilinadi. 
Quloq  murakkab  ikki  funksiyani  bajaradi.  Eshituv  sezgilarini  hosil  qilishga  yordam 
beradigan  eshituv  a'zosi  va  bundan  tashqari,  tanamizning  inuvo/anatini  saqlaydigan 
maxsus  apparat  ham  quloqqa  qo'shiladi.Quloq  tuzilishi  jihatidan  uchta  asosiy 
qismlarga bo'linadi: 1) tashqi quloq quloq suprasi bilan tashqi eshituv yo'lidan iborat; 
2)o'rta quloq-nog'ora bo'shlig'idan iborat bo'lib, u chakka suyagining ichida turadi va 
uchta  eshituv  suyakchasini  o'z  ichiga  oladi;  3)  ichki  quloq-eshituv  a'zosining  eng 
muhim  qismidir.  Ichki  quloqda  ikkita  mustaqil  a'zo  bor.  Bulardan  biri  tovushni 
sezadigan  a'zo  va  ikkinchisi  muvozanat  a'zosi-yarim  doira  kanallar.  Ichki  quloq 
chakka suyagining tosh qismida (piramidasida) turadi. 
Tashqi  quloq  quloq  suprasi  va  tashqi  tovush  yo'lidan  iborat  bo'lib,  quloq  suprasi 
hayvonlarda tovushni tutishga yordam beradi, u harakatchan bo'ladi. 
Odam  quloq  suprasining  mushaklari  yaxshi  rivojlanmagani  uchun  harakat  qilmaydi. 
Istisno  tariqasida  odamlarda  quloq  suprasining  qimirlashi  kuzatiladi.  Quloq  suprasi 
egiluvchan  tog'aydan  tuzilgan  teri  bilan  qoplangan  (177-rasm).  Uning  ichida 
burmalar bo'lib, ular tovush to'lqinlarining yo'nalishiga yordam beradi. 
Tashqi eshitish yo'li 2-5sm uzunlikda bo'lib, biroz qiyshiq kanaldan iborat. Kanalning 
ichi  tukli,  bezli  epiteliy  bilan  qoplangan.  Tuklar  himoya  va/.ifasini  bajaradi,  bezlar 
esa sariq suyuqlik ishlab chiqaradi. 
O'rta  quloq  bo'shliq  bo'lib,  tashqi  quloqdan  nog'ora  parda  bilan  ajralgan.  Nog'ora 
parda  yupqa,  pishiq  bo'lib,  asab  tolalari  va  qon  tomirlari  bilan  ta'minlangan.  U 
egiluvchan  pishiq  biriktiruvchi  to'qimadan  tuzilgan,  diametri  9-11  mm,  qalinligi  0,1 
mm, asab va qon tomirlariga boy bo'ladi. 
Nog'ora      parda        mushaklar      yordamida        tarang        tortilgan        bo'lib,      tovush 
to'lqinini o'zgartirmay o'tkazadi. 
O'rta  quloq  bo'shlig'i  nog'ora  bo'shliq  deyiladi,  uning  hajmi  0,75  ml  ga  teng  keladi. 
so'rg'ichsimon  bo'shliqlar  o'rta  quloq  orqali  halqum  bilan  tutashadi.  O'rta  quloq 
Yevstaxiyev nayi 4 sm uzunlikda bo'lib, tashqi quloq bilan o'rta quloqdagi bosimning 
muvozanatlashishida ishtirok etadi. O'rta quloq bo'shlig'ida uchta eshitish suyakchasi: 
bolg'acha,  sandon,  uzangi,  joylashgan  bo'lib,  boylamalar  yordamida  bir-biriga 
birikkan bo'ladi (178-rasm). 
Bolg'acha  dastasi  bilan  nog'ora  pardaga,  boshchasi  bilan  sandonga  tushayotgan 
bo'ladi. Sandon o'sig'i bilan uzangiga tutashadi. Bu suyaklar odamning butun hayoti 
davomida  o'smaydi.  O'rta  quloqdagi  mayda  mushaklar  qisqarishi  bilan  suyakchalar 
harakatga kelib, tovush to'lqinlarini ichki quloqqa o'tkazadi. 
Ichki  quloq  labirent  murakkab  tuzilgan  bo'lib,  eshituv  anali/atorining  eng  muhim 
qismidir.  Ichki  quloqda  eshitish  va  vetibular  apparatning  retseptorlari  joylashgan. 
Vetibular  apparat  retseptorlari  odam  kallasining  va  butun  tanasining  o'zgarishidan 
hosil bo'ladigan ta'sirni, proprioretseptiv retseptorlardan kelayotgan ta'sirni sezadi. 
Ichki  quloq,  ya'ni  laberint  uch  qismdan:  quloq  dahlizi,  yarim  aylana  kanallar  va 
chig'anoqdan  iborat.  Labirint  murakkab  tuzilgan  bo'lib,  parda  labirint  va  suyak 
labirintdan  iborat.  Suyak  labirint  tashqarisida  perelimfa,  parda  labirint  ichida 
endolimfa  suyuqliklari bo'ladi. Labirint dahlizi oval shakldagi bo'shliq  bo'lib, yettita 
teshigi bor. Ovalsimon teshik bilan o'rta «juioqqa, yumaloq teshik bilan chig'anoqqa 
va  qolgan  5  ta  teshik  bilan  }  ;;rim  doirakanallarga  birikadi.  Yarim  aylana  kanallar 
endolimfa suyuqligi hilan to'la, ichida otolit toshlari bo'ladi. 


 
128 
Chig'anoq-shilliq qurt chig'anog'iga o'xshash gajakdor suyak kanaldir. Chig'anoqning 
2  1/2 buramasi  bor. Uning ichida  Kortiy  a'zo  turadi. Kortiy  a'zo  tovushni  sezadigan 
a'zodir.  Eshituv  asabining  shoxchalari  shu  a'/oda  joylashgan.  Kortiy  a'zo  ko'pgina 
ingichka  tolalardan  iborat.  Bu  tolalar  arfa  degan  musiqa  asbobining  tolalariga 
o'xshash  tortilgandir.  Har  bir  tola  eshituv  asabining  tolalariga  tutashgan.  Kortiy 
a'/,oning tolalari 24000 ta bo'ladi. 
Turli  tovushlar  eshituv  analizatorining  adekvat  ta'sirlovchilari  hisoblanadi.  Tovush 
havoning  tebranishidan  iborat.  Havo  turlicha  tezlik  va  davrda  tebranadi,  shunga 
qarab, biz biror tovushni sezami/. 
Barcha tovushlar ikki guruhga bo'linadi: l)ohangli tovushlar va 2)shovqinli tovushlar. 
Ularning  bir-biridan  farqi  shuki,  ohangli  tovushlar  havoning  ma'lum  davr  va  tezlik 
bilan  tebranishidan  iborat.  Shovqinli  tovushlar  esa  havoning  har  xil  tezlik  va  davr 
bilan noto'g'ri tebranishidan iborat. 
Tovushning  balandligi  va  kuchi  farq  qilinadi.  Tovushning  balandligi  havoning  bir 
soniyada necha marta tebranishiga bog'liq. Baland tonlar (ingichka tovush va ovozlar) 
havoning tez-tez tebranishidan kelib chiqsa,  past tonlar (dag'al, do'rillagan tovushlar 
va ovozlar) havoning kam tebranishidan kelib chiqadi. 
Tovushning  kuchi  havo  zarralarining  tebranish  amplitudasiga  (balandligiga)  bog'liq. 
Havo tcbranishi qancha keng bo'lsa, tovush o'shancha kuchli bo'ladi. 
Tovushning  yana  bir  sifati  tembr  hisoblanadi.  Tembr  tovushning  shunday 
xususiyatiki, biz  shunga  asoslanib, har  xil  musiqa  asboblarihing  tovushini,  masalan, 
skripka  va  pianino  tovushini  hatto  birday  kuch  va  balandlikda  bo'lganda  ham  bir-
biridan ajratamiz. 
Tovush signallarining fizik tavsifi 
Akustikada barcha tebranishlarni uch guruhga bo'linishi odatga aylangan. 
1  )tovushgacha  tebranishi  yoki  infratovush  tebranishi  -  200  Gs  dan  past  darajali 
lovushlar; 
2)tovushli yoki xususiy tovushlar tebranishi -20 Gs dan 20 kGs gacha (20000 Gs); 
3)tovushdan yuqori yoki ultratovush tebranishi -20 kGs dan yuqori darajali tovushlar. 
Ko'rsatilgan tovush guruhlarining tebranish jarayonlari odam eshituv analizatorining 
fiziologik  xususiyatlariga  va  tovush  qabul  qilish  diapazonlariga  bog'liq.  Masalan, 
fizika  nuqtai  nazaridan  5  Gs  yoki  50  kGs  tebranishlar  boshqa  diapazondagi  20  Gs 
yoki 20 kGs tebranishlardan farqi yo'q. Lekin tovushning tarqalish tezligi muhitning 
tizik xossalaridan-harorat, havo bosimi va boshqa omillarga bog'liq. 
Havo harorati 18° S bo'lganda tovushning tarqalish tezligi taxminan 340m/soniyaga, 
dengiz suvida esa (harorat 0° S bo'lganda) 1550 m/soniyaga teng bo'ladi. 
Odam eshituv a'zosi tomonidan qabul qiladigan minimal tovush bosimi 2* 10"s N/m2 
ga  teng.  Kishi  erkin  gapirayotganda  tovush  darajasi  0,1  N/m2  va  og'riq  vaqtida 
chiqargan tovushning bosimi 30 N/m2 ga teng. 
Tovushning erg/sm2 soniya bilan ifodalanadigan obyektiv intensivligidan tovushning 
jarangdorligini sezish kabi subyektiv sezgini ajratish mumkin. 
Tovush jarangdorligi (qattiqligi) ning hozir keng tarqalgan birligi-bel— ta'sir etuvchi 
tovush  intensivligi  I  ning  bo'sag'a  intensivligi  I0  ga  nisbatining  o'nlik  logarifmidan 
iborat.  Amaliyotda  aksari  detsibel,  ya'ni  0,1  be!,  boshqacha  aytganda  10  lg,0I/I0 
jarangdorlik birligi sifatida qo'llaniladi. 
1  detsibel  jarangdorlikka  ega  bo'lmoq  uchun  lg,0I/I0  0,1  ga  teng  bo'iishi  kerak. 


 
129 
bundan  anglashiladiki,  1  detsibel  jarangdorlikda  I/I10  nisbati  1  *26  ga  teng  bo'Hshi 
lozim.  Demak,  1  detsibel  jarangdorlikka  ega  bo'lmoq  uchun  1  tovush  bo'sag'a 
intensivligidan 26% ortiq intensivlikka ega bo'Hshi kerak. 
Tovush  jarangdorligining  maksimal  darajasida  tovush  og'riq  se/gisiga  aylanadi,  bu 
maksimal  daraja  130-140  desibelga  barobar  (tovush  kuchi  bo'sag'a  kuchidan  1012-
1014 baravar ortiq). 
Klinika  amaliyotida  muayyan  subyektdagi  eshituv  o'tkirligining  pasayish  darajasini 
aniqlash  muhim.  Eshituv  o'tkirligining  pasayishini  desibelda  ifodalash  mumkin. 
Bo'sag'a  eshitilishining  yuqori  chegarasidan  140  detsibel  farq  qiladi,  shuning  uchun 
to'la karlikda eshituv o'tkirligi 140 detsibel pasayadi. 
Tovushlarning  balandligi  va  kuchini  idora  etishga  imkon  beradigan  tovush 
generatorlari-audiometrlar  eshituv  o'tkirligini  aniqlab  beradi.  Tekshirilayotgan 
kishining  "eshitayapman"  degan  so'ziga  yoxud  javob  reaksiyalariga  qarab,  uning 
tovush sezgisi haqida fikr yuritiladi. Tovush ta'sirida teri-galvanik refleksning paydo 
bo'lishiga qarab tovush sezishni aniqlash usulini G.V.Gershuni ishlab chiqgan. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish