4.4. Imorat va inshootlarda issiqlik yo’qotishlar
Qadimgilar issiqlikni — o‘ziga xos suyuqlik, u jismdan-jismga o‗tish
xususiyatiga ega, deb o‘ylashgan. Endilikda issiqlikning jismlardagi atom
va molekulalar harakatidan yuzaga kelishi hammamizga ma‘lum. Masalan,
havodagi atom va molekulalarning tartibsiz harakatlari tezlashuvidan
harorat ko‘tarilib, kunlar isishi va aksincha, bunday harakatlarning
sekinlashuvidan harorat pasayib, kunlar sovishini bilamiz. Suyuq, qattiq
jismlarning atom va molekulalari havodagiday erkin bo‘lmasa-da, ular
ham harakatda bo‘ladi. Hatto erish darjasidagi haroratda muzdagi vodorod
molekulalari sekundiga 1950 metr tezlikda harakatlanadi. O‗n olti kub
santimetr havodagi molekulalar sekundiga million-million marotaba o‗zaro
to‘qnashishga ulguradi. Issiqlik bilan harorat bir —biridan keskin farq
qiladi. Masalan, gaz o‗choqning kichik ko‗zidagi harorat katta ko‗zidagi
harorat bilan teng, lekin kattasi yonayotgan gazning miqdori ko‗p
bo‗lganidan o‗zidan issiqlikni ko‗proq ajratadi. Issiqlik bu — energiya turi
bo‘lgani uchun energiya miqdori uning darajasi bilan o‘lchanadi va bu
daraja "kaloriya" deyiladi. Bir gramm suvni 1°C gacha isitish uchun
sarflanadigan issiqlik miqdori — bir kaloriyaga teng. Jismlarning harorati,
237
ulardagi issiqlik energiyasining miqdorini anglatadi. Harorat darajasi
graduslarda belgilanadi. Ikki jismning yaqinlashuvidan bir -biriga issiqlik
o‘tmasligi, ulardagi haroratning tengligini bildiradi.
Atrof muxitni himoya qilish va energiya sarfini umumiy holda
kamaytirish muammolari qayta tiklanmaydigan energiya manbalarini
tejash va energiyalarni iqtisod qilishni, shu bilan birga, issiqlikni ham talab
etadi. Bu muammoning yechishning yo`llaridan biri yangi qurilayotgan va
rekonstruksiya qilinayotgan binolarda quruq qurilishning usullarini qo‘llab
issiqlikni iqtisod qilishdir. Bino va inshootlarda issiqlikni va bug`ni
izolyasiya qilinishi, birinchi navbatda, ularda shunaqa rejimni yaratishga
mo`ljallanganki, bunda odamlarning sog‘ligi, mehnati va dam olishi,
san‘at asarlarining material qimmatliklarini asrashni ta‘minlashi lozim.
(kartinalar, gilamlar, skulpturalar, metall va yogoch buyumlar va
boshqalar.), Havodagi suv parlaridan qurilish konstruksiyalarning
namlanishidan va fizik ta‘sirning boshqa agentlaridan himoya sifatida
xizmat qiladi. Albatta, qurilishning va rekonstruksiyaning tejamliligi bu
masalalarni yechish jarayonida aniqlanadi, bir tomondan, bino va
inshootlarning issiqllik va bug`dan izolyasiyasiga ketgan xarajati bilan va
boshqa tomondan – o`z ichiga isitish va sovutish harajatlarini olgan
keyingi foydalanish harajatlari bo‘ladi. Bunda bino va inshootlarning
issiqlik himoyasining tavsifi bo`yicha turli xildagi talablarning (ba‘zida
hattoki zid bo`lsa ham) amalga oshishi imkoniyati ishonchli
bo`lishi kerak,
masalan:
- qurilish konstruksiyalarining muvofiq issiqlikni akkumulyatsiya
qilish imkoniyati talab etadigan yilning turli fasllarida barqaror tavsifdagi
issiqlik rejimini ta‘minlash;
- xonalarning tez isishini ta‘minlash, xususan yashovchilarning asosiy
massasi uylarida bo`lganda turar joy binolari uchun;
- xonalarning tez sovushini ta‘minlash (kechgi soatlarda va yozning
issiq kunlarida).
Binolarning issiqllik izolyasiyasi bo`yicha tadbirlari yerto`la
devorlarini, tashqi devor to`siqlarini, oraliq tom va tomlarni shunday
qurish kerakki, bunda ular iloji boricha ko`chaga kam issiqlikni chiqarishi
kerak va teskarisi.
238
Bino va inshootlarning xonalari mikroiqlimini tavsiflovchi va
aniqlovchi gigienik va issiqlik texnikasi sharoitlari eng avval, ularning
vazifasi bilan belgilanadi. Bu sharoitlarning amalga oshirilishi arxitektura-
rejaviy yechimlar va qurilish me‘yorlari bilan nazarda tutiladi. Bu
me‘yorlar va qoidalar, bir tomondan, o`zida xonalarni nomaqbul tabiiy-
iqlimiy faktorlardan himoyasi bo`yicha talablarni mujjassam etsa, boshqa
tomondan – tabiiy-energetik manbaalardan maksimal foydalanishni
ta‘minlashga qaratilgan (nurli, issiqlik, shamol). Jiddiy ravishda ko`p
nomuvofiq
iqlimiy
faktorlarning
mavjudligida
xonalarni
kerakli
klimatizatsiyasini yaratish uchun sun‘iy usullar qo`llaniladi ya‘ni ularni
isitish, shamollatish va sovutish. Shimoliy rayonlarda nisbatan sovuq
iqlimning davomiyligi uchun to`g`ri keladigan to`siq konstruksiyalardan
keng foydalanib klimatizatsiyaning sun‘iy usullarini qo`llash afzalroqdir.
Aynan xuddi shunday arxitektura va iqlim o`rtasidagi eng ko`p
kelishilganlikga erishish mumkin, afsuski, xozirgi kunda arxitektorlar
tomonidan bu narsaga yetarlicha ahamiyat berilmayapti, ular katta derazali
devorlarni qo`llashga intilishayapti. Shu bilan birga ma‘lumki, to`siq
konstruksiyalarining xonaga sovuq, issiq va havoning kirishiga qarshilik
darajasi konstruktiv tadbirlar tomonidan maqsadli ravishda yaratilgan
harorat to`siqning mexanik-iqtisodiy effektivligini aniqlaydi. Xozirgi
kunda, sanoatning, qishloq xo`jaligining, turar joy-kommunal soxalarning
energoresurslarni, bino va inshootlarning yangisini qurilishida va borini
rekonstruksiya qilishda maqul konstruktiv yechimlarini bor imkonlardan
foydalanib iqtisod qilishning keskin zaruriyatiga ularning kerakli issiqlik
himoyasi, tovush izolyasiyasi va yong‘inga turg‘unligiga kompleks
yondoshish bilan muvaffaq bo`lishi mumkin. Bu talablarni qondirish
zamonaviy qurilishning asosiy vazifalarini yechadi – xavfsizlik, sharoitni
yaxshilash
va tejamlilik, ishlab chiqarilayotgan maxsulotning zarur sifatini
ta‘minlovchi ishlab chiqarishning texnologik rejimlari uchun kerakli
harorat namlik sharoitlarini yaratish. Bunga yana qurilish maxsulotining
ekologikligi va estetikligini ta‘minlashning muhim talablarini qo`shish
mumkin, bu esa kerakli sharoitni yaxshilash bilan birga xonalarda
odamlarni bo`lishi uchun fizik, ruhiy, fiziologik sanitar sharoitlarni
aniqlovchi xonalarning optimal mikro iqlimini yaratadi.
239
Do'stlaringiz bilan baham: |