Savol va topshiriqlar
?
Elektron jadval deganda nimani tushunasiz?
Qanday elektron jadvallarni bilasiz?
Elektron jadvalning asosiy tushunchalarini sanab bering.
Elektron jadvalning katagiga qanday ma’lumotlar yozish mumkin?
Kataklar bloki nima?
Mashqlar
10 ta sinfdoshingiz ismi, ularning tug‘ilgan yili va joriy yilni elektron jadvalga shunday joylashtiring-ki, bunda A ustunga ismlar, B ustunga tug‘ilgan yililar, C ustunga joriy yil yozilsin. D ustunda sinfdoshlaringizning tug‘ilgan yili va joriy yil bo‘yicha ularning necha yoshga to‘lganini hisoblovchi jadval tuzing.
Xoxlagan 5 ta darsligingiz nomi, ularning xar birining narhi va jami narhni hsoblovchi jadval tuzing.
2 – §. Ma’lumotni tartiblash.
Ko‘p hollarda elektron jadvaldagi yozuvlarni biror mezon bo‘yicha tartiblash lozim bo‘ladi. Bu masala elektron jadvalda quydagicha hal qilinadi. Misol tariqasida yuqorida siz bilan ko‘ rgan masalada A bilan belgilangan ustundagi ma’lumotlar (meva nomlari)ni alfabit hariflari boyicha tartiblaylik.
1. Klaviaturada «/» (slesh) belgili klavishni bosib, elektron jadvalning ishlash holatlari ro‘yhatini ekranga chiqaramiz. Ular slesh buyruqlar deb ham yuritiladi (ular slesh klavishi bosildanda chiqqani uchun).
Arrange Blank Copy Delete Edit Format Global Insert Load Move Name
Output Protect Quit Save Title Unpretect View Windov Zap /more
2. Yo‘nalish klavishlari (,) yordamida yurgichni «Arrange» (tartiblash) ga keltirib <Enter> klavishasi bosiladi.
|
A
|
B
|
C
|
D
|
1
|
Olma
|
8.00
|
2
|
16.00
|
2
|
Uzum
|
12.35
|
2.5
|
30.88
|
3
|
Anor
|
24.25
|
3
|
72.75
|
4
|
|
|
|
|
5
|
|
Jami :
|
|
119.63
|
…
|
|
|
|
|
20
|
|
|
|
|
1> Arrange
| 3. Yo‘nalish klavishalari yordamida jadvalning A1:C3 kataklar blokini belgilaymiz (belgilangan qisim boshqacha rangda tasvirlanadi)
Tartiblanishi lozim bo‘lgan ustun nomi (A) ni kiritamiz. Natijada buyruqlar satrida biz quydagi ko‘rsatma hosil bo‘ladi:
Arrange, Coiumn A
|
A
|
B
|
C
|
D
|
1
|
Anor
|
24.25
|
3
|
72.75
|
2
|
Olma
|
8.00
|
2
|
16.00
|
3
|
Uzum
|
12.35
|
2.5
|
30.88
|
4
|
|
|
|
|
5
|
|
Jami :
|
|
119.63
|
…
|
|
|
|
|
20
|
|
|
|
|
1>
| 5. Bu ko‘rsatmalarni Enter klavishasini bosish bilan bajarish natijasida quydagi ko‘riishni hosil qilamiz:
Belgilanmagan bo‘lsa–da, D ustundagi ma’lumotlar ham o‘z o‘rnini o‘zgartirdi. Buning sababi shuki, D ustundagi kataklar qiymatlari formulalar orqali ufodalangan va boshlang‘ich qiymatlarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Masalan, D1=B1*C1 edi. B1 va C1 ning qiymati o‘zgargach, D1 ning qiymati shunga mos ravishda o‘zgaradi. D2, D3 lar haqida ham shuni aytish mumkin.
Katak o‘lchamini o‘zgartirish. Ko‘p hollarda boshlang‘ich qiymatlar yoki natijaviy sonli ma’lumotlardagi raqamlar soni katak o‘lchamiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Buning uchun /FORMAT ko‘rsatmasidan foydalaniladi. Uning yordamida bitta yoki bir nechta ustunning o‘lchamini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Kataklardagi sonlar qanday ko‘rinishda ifodalanishini tanlash mumkin (Integer –butun son; General –haqiqiy son; Exponential – e soni darajasi ko‘rinishda). Foydalanuvchi kataklarga o‘z o‘lchamini belgilashi ham mumkin.
Savol va topshiriqlar
?
Slesh buyruqlar nega shunday deb ataladi?
Format ko‘rsatmasi yordamida qanday amallar bajarish mumkin?
Elektron jadvaldagi ma’lumotlarni saralash uchun qaysi ko‘rsatmadan foydalaniladi?
Masqlar
10 ta sinfdoshingiz familiyaridan iborat jadval tuzing va uni alifbo bo‘yicha saralang.
5 ta uy hayvoni nomidan iborat jadval tuzing va uni alifbo bo‘yicha saralang.
5 ta daraxt nomi va ularning o‘rtacha balandligidan iborat jadval tuzing.
jadvalni daraxt nomlari bo‘yicha saralang
jadvalni daraxtlarning o‘rtacha balandligi bo‘yicha saralang
3 – §. Matematik formulalar bilan ishlash
Super Calcning yana bir qulay tomoni shundaki, unda matematik, mantiqiy va boshqa amallarni bajaruvchi funksiyalar kiritilgan.
SuperCalc4 da to‘qsondan ziyod fuhksiyalar mavjud bo‘lib, ular arifmetik trigonometrik, mantiqiy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Arifmetik funksiyalarga quydagilar kiradi:
ABS(X) – X ning absolyut qiymati. Masalan, ABS(7)=7; ABS(8.6) =8.6.
EXP(X) ex (e=2,718281828. . .).
INT(X) X sonning butun qismi. Masalan, INT(2.3) =2; INT (7.6) =8.
LN(X) X sonning natural logarifmi.
ROUND(X,K) X sonni verguldan keyingi K ta belgigacha yahlitlash, bu yerda K butun son. Masalan, ROUND (4.78,1) =4.7; ROUND (57.325,2) =57.33 .
SQRT(X) X sondan kvadrat ildiz chiqarish, bu erda X>=0
Bu funksyalardan foydalanib Elektron jadval ixtiyoriy katagi qiymatini biror funksiya ko‘rinishda ifodalash mumkin bo‘ladi. Masalan,
D7: ABS (-7.32) + INT (2.86) * 5-SQRT (3.2) .
Trigonometrik funksiyalar guruhi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
SIN(X) ; COS(X) ; TAN(X) ; ASIN(X) – X sonning arksinusi, - 1SIN(X), COS(X), TAN(X) larda X burchak graduslarda emas, balki radianlarda o‘lchanadi. Gradusda berilgan X ni radianga o‘tkazish uchun PI*X/180 ifodadan foydalaniladi (PI=3.14 . . .) .
SuperCalc4 da ishlatiladigan mantiqiy funksiyalar vazifasi biz keyingi boblarda tanishadigan Beysik tilidagi shartli operatorlar kabi bo‘lib, ko‘rinishi o‘zgacha:
AND (1- munosabat, 2- munosabat)-agar ikkala munosabat ham ROST bo‘lsa, funksiyaning qiymati ROST bo‘ladi. Masalan,
AND (E8=7, B4 > 8) AND (A3 < =12, D4 < >13)
NOT (munosabat)-munosabat YOLG‘ON bo‘lsa, funksiya qiymati ROST bo‘ladi. Masalan,
NOT (C5=A12) NOT (D7 > S30)
OR (1- munosabat, 2- munosabat) – funksiya qiymati rost bo‘lishi uchun ikkala munosabatdan birortasi ROST bo‘lishi yetarli.
IF (shart, 1- ifoda, 2- ifoda) – agar shart bajarilsa, funksiyaning qiymati 1- ifoda qiymatiga teng bo‘ladi. Aks holda funksiya qiymati 2- ifoda qiymati kabi bo‘ladi. Masalan,
IF (D7=B14, SIN (G1)+18.5, 43.5-COS (G1/2))
Munosabatda belgili kattaliklarni ishlatish mumkin:
IF (A91< >(«MIRZO»), («NLF»), («SER»))
IF mantiqiy funksiyalarini ichma-ich ham ishlatish mumkin:
IF (OR (G1=25, A1=7)< >AND (S111=30, N111=29), («TO‘G‘RI»), («NOTO‘G‘RI»))
IF (A7 < > G4, IF (A2=2, S30+7, N29+8), N34+60)
SuperCalc4 dagi yana bir funksiya SUM (ro‘yhat)
«ro‘yhat»da ko‘rsatilgan barcha qiymatlar yig‘indisini hisoblaydi. Masalan, SUM (a1: d7, 32, -27) da a1 va d7 bilan chegaralangan sohadagi sonlar yig‘indisini hisoblab, unga 32 va –27 ni qo‘shadi.
Bundan tashqari, SuperCalc4 da ma’lumotlarni qayta ishlash va iqtisodiyot bilan bog‘liq boshqa funksiyalar ham mavjud.
Endi siz bilan tanishgan mazkur funksiyalardan foydalanib, elektron jadval yordamida kvadrat tenglamani yechishni ko‘rib chiqaylik. Bu tenglamani yechish uchun quyidagi algoritmdan foydalanamiz.
D=b2-4ac – diskriminantni hisoblaymiz.
Agar D<0 bo‘lsa, haqiqiy echimlar yo‘q.
Agar D=0 bo‘lsa, x1 =x2=-b/2a
Agar D>0 bo‘lsa, x1=
Buni elektron jadval hal qilishi uchun quyidagi amallarni bajaramiz:
A1 katakka a ning qiymatini joylashtiramiz;
B1 da b ning qiymatini joylashtiramiz;
C1 da c ning qiymatini joylashtiramiz.
D1 ga B12-4*A1*C1 ni joylaymiz
D8:> IF (D1<0, («haqiqiy yechim yo‘q»), («yechim haqiqiy»))
D7:> IF (D1=0, -B1/(2*A1), 0)
D6:> IF (D1>0, (-B1-SQRT(D1)) /(2*A1), 0)
D5:> IF(D1>0, (-B+SQRT (D1)) /2*A1), 0)
Bu amallar bajarilgach, agar D=0 bo‘lsa, ildiz qiymati D7 katakda; D>0 bo‘lsa, birinchi ildiz D6 va 2-ildiz D5 katakda hosil bo‘ladi.
Mazkur ishlarni a=4, b=8, c=3 qiymatlar uchun bajarsak ekranda quyidagi jadval hosil bo‘ladi:
-
|
A
|
B
|
C
|
D
|
E
|
F
|
G
|
H
|
1
|
4
|
8
|
3
|
5
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
|
NATIJA:
|
|
-1.1
|
1-yechim
|
|
|
|
6
|
|
|
|
0.12
|
2-yechim
|
|
|
|
7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8
|
|
|
|
yechim haqiqiy
|
|
|
|
9
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |