Epidemiologiyasi. Odam uchun kasallik manbai manqa bilan og‘rigan kasal hayvonlardan ot, eshak, tuya, xachir va boshqalar hisoblanadi. Ayniqsa hayvonlarda manqaning o‘tkir shakli katta xavf tug‘diradi, chunki teri qoplamlaridagi ochiq yaralar va a’zolardan ko‘p miqdorda yiring ajralib turadi.
Odam manqa kasalligini kasal hayvonlarning shilliq moddasi va yiringi teri hamda shilliq pardalarning zararlangan joylariga tushishi natijasida yuqtiradi. Ba’zi hollarda kasallik infeksiya tushgan suvni ichganda va aerogen yo‘l bilan ham yuqishi mumkin. Aerogen yo‘l bilan ko‘proq laboratoriya sharoitida yuqadi. Kasallik manqa bilan kasallangan bemordan ham yuqishi mumkin. Kasallik asosan yilning sovuq davrlarida, ya’ni hayvonlar asosan og‘ilxonalarda boqilganda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |