Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai kemiruvchilar, uy hay- vonlaridan yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqalar, itlar hisoblanadi. Odam xom suv ichganda, zararlangan suv havzalarida cho‘mil-
ganda, suv bostirilgan o‘tzorlarda ishlaganda, uy hayvonlarini parvarish qilganda va infeksiyasi bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilganda kasallikni yuqtirib oladi. Kasallik odatda kasbga bog‘liq. Ko‘pincha deratizatorlar, chorvachilik fermalari ishchilari, sut sog‘uvchilar, cho‘ponlar va veterinarlar kasallanadi. Leptospiroz uchun mavsumiylik xos bo‘lib, u asosan avgust oyida ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |