Epidemiologiyasi. Toshmali tif transmissiv infeksiyalarga kiradi. Infeksiya manbai — faqat epidemik toshmali tif bilan kasallangan bemorlardir. Infeksiya tashuvchanlik isbotlanmagan. Toshmali tif bevosita bemor odamdan sog‘lom odamga o‘tmaydi. Qo‘zg‘atuvchi bemor odamdan kasal bitlar orqali o‘tadi. Bitlar qon so‘rganidan
5 kundan keyin rikketsiyalarni ajrata boshlaydi va butun umr davomida (20—40 kun) rikketsiyalarni ajratib yuradi. Zararlangan bitlarning ichak epiteliylari hujayralari 5 kundan keyin Provaseka rikketsiyalari bilan to‘ladi, natijada ular parchalanadi va toshmali tif qo‘zg‘atuvchisi nafas bilan tashqariga chiqadi, teri va odam kiyim- larini ifloslaydi. Teri qavatining butunligi bitlar chaqishi va qash- lanish natijasida buziladi; terining qichigan joylarini qashlash orqali rikketsiyalarga ega bo‘lgan bitlar ekskrementlari surtiladi, So‘ngra rikketsiyalar qon oqimiga tushadi. Bitlar chaqishi sababli bevosita rikketsiyalar yuqmaydi, chunki ularning so‘lak bezlarida toshmali tif qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |