E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet137/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Immunologik tekshirish usullari. Presipitatsiya reaksiyasi menin- gokokk antigenlarini nafaqat likvorda balki qon zardobi hamda menin- gokokk artritida sinovial suyuqlikda ham aniqlashga yordam beradi. Mazkur reaksiya yordamida meningokokk infeksiyasi tashxisi 85—95% bemorlarda laboratoriyaga material tushganidan 1 soat keyin tasdiqlanadi.

Davosi. Erta boshlangan va to‘g‘ri o‘tkazilgan kompleks davo bemor hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

Nazofaringit bilan kasallangan bemorlarga tomoqni tez-tez antiseptiklar (0,02% li furasilin, 2% li bor kislota va 0,05—0,1% li kaliy permanganat eritmasi) bilan chayish tavsiya etiladi. Intoksikasiyada ko‘p miqdorda va tez-tez issiq ichimliklar beriladi.

Meningokokk infeksiyasining tarqalgan shakllarida penitsillin bilan intensiv davolash asosiy o‘rinni egallaydi. Penitsillinning gema- toensefalitik to‘siqdan yomon o‘tishini hisobga olib, u yuqori miq- dorda tayinlanadi. Tashxis aniqlangandan keyin yoki meningokokk infeksiyasiga gumon qilinganda darhol benzilpenitsillin buyuriladi. Preparat mushak orasiga sutkasiga 1 kg tana vazniga nisbatan 200000— 300000 birlikdan kam bo‘lmagan miqdorda, 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 1 kg tana vazniga nisbatan 300000—400000 birlikda tayinlanadi. Miqdor 6 qabulga taqsimlanib qilinadi, ular orasidagi oraliq 4 soatdan, 2 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun esa 3 soatdan oshmasligi kerak. Davolash jarayonida penitsillin miqdorini kamay- tirish mumkin emas (bu kasallikning yana zo‘rayishiga sabab bo‘ladi). Antibiotiklar bilan davolash muddati odatda 5—8 sutka.

Meningokokk infeksiyasida natriy levomitsetin-suksinat ham yuqori samarali hisoblanadi. Preparat sutkasiga 1 kg tana vazniga 50— 100 mg hisobida mushak orasiga har 8 soatda 6—8 kun davomida yuboriladi. Penitsillinni laziks va natriy xloridning izotonik yoki glukoza eritmasi bilan qo‘llash yanada samaraliroq bo‘ladi.

O‘rta og‘irlikdagi bemorlarni davolashda ayrim hollarda uzoq muddat ta'sir etish xususiyatiga ega sulfanilamid preparatlardan sulfamonometoksin qo‘llanadi. Uni kattalarga ichish uchun tabletka holida 2 g dan 2 marta 1-kuni va keyingi kunlar kuniga 2 g dan tayinlanadi. Davolash muddati 7—10 kun.

Toksikozga qarshi kurashish uchun yetarli miqdorda suyuqliklar, vitaminlar va oksigenoterapiyadan foydalaniladi. Miya shishi belgilari paydo bo‘lgan vaqtda degidratatsiya — laziks, diakarb va boshqalar tayinlanadi. Talvasa vaqtida fenobarbital va huqna tarzida xloralgidrat ishlatiladi. Mushak orasi va venaga diazepam yoki seduksen (kattalar uchun sutkasiga 50—100 mg va bolalar uchun 40 mg) va natriy oksibutirat (sutkasiga 1 kg tana vazniga 50—100 mg) yuborish ham foydalidir.

Meningokokksemiyaning Uoterxaus-Frideriksen sindromi bilan kechadigan yashindan tez shaklida venaga suyuqliklar — natriy xloridning izotonik eritmasi bilan 5% li glukoza yoki Ringer eritmasi, neokompensan, gemodez, qon plazmasi, albumin, poliglukin kiritiladi. Suyuqliklarning dastlabki porsiyasida albatta gidrokortizon 1 kg tana vazniga 7—12 mg yoki 1 kg tana vazniga 2 mg prednizolon, askorbinat kislota, kokarboksilaza, kordiamin, strofantin va 1000000—2000000 birlikda benzilpenitsillinning natriyli tuzi yubo­riladi. Kasallikning og‘irlik darajasiga qarab eritmalar avval oqim bilan, puls paydo bo‘lganidan va arterial bosim nisbatan normallashganidan keyin tomchilab yuboriladi.

To‘la qimmatli va vitaminlarga boy parhez hamda albatta bemorlarni to‘g‘ri parvarishlash katta ahamiyatga egadir. Parvarishlash individual bo‘lishi zarur. Yutinish buzilganda ovqatlar zond orqali yuboriladi.

Kasallikning tarqalgan shakllarida bemor shifoxonadan (meningit, meningokokksemiya) quyidagi shartlarga rioya qilingan holda chiqariladi:

  1. klinik sog‘ayish (muddati individual aniqlanadi). Bemor statsionarda o‘rtacha 2,5—3 hafta yotishi lozim;

  2. tomoq-burun qismidan olingan shilliq moddani menin- gokokklarga ikki marta bakteriologik tekshirish (ijobiy bo‘lmagan natija olish). Ekma klinik sog‘ayishdan keyin antibiotiklar bilan davolash kursi tugagandan so‘ng kamida uch kundan keyin 1—2 kunlik oraliq bilan ekiladi.

Nazofaringit bilan kasallangan bemor shifoxonadan sanatsiya tugagandan 3 kun keyin bir marta bakteriologik tekshiruvdan keyin chiqariladi.

Uyda yotib davolanayotgan bemor oldiga har kuni tibbiy xodim tashrif buyurishi shart.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish