Tirik vaksinalar. Bu turdagi vaksinalar virulentligi pasaytiril- gan, ammo immunogenlik xossalarini saqlab qolgan maxsus olin- gan mikroorganizm (bakteriyalar, viruslar)lar shtammlaridan tayyorlanadi. Tirik vaksinalar uzoq muddatli immunitet hosil qiladi. Chinchechakka qarshi vaksinaning ommaviy qo‘llanilishi natijasida 1979-yillarga kelib bu kasallik butun dunyoda batamom tugatildi.
Bugungi kunda tirik vaksinalar qator virusli, rikketsioz va bakterial infeksiyalar profilaktikasida qo‘llanilmoqda. Bunday vaksinalarga quturish (antirabik vaksina), sil (BSJ), tularemiya, poliomiyelit, qizamiq, epidemik parotit va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |