Nazorat savollari
Paragonimoz nima?
Paragonimozning surunkali bosqichida qanday belgilar uch- raydi?
Paragonimoz tashxisida qanday serologik reaksiyalar qo‘l- lanadi?
Paragonimozni davolash haqida gapirib bering.
Sestodozlar (cestodoses)
Sestodozlar — odam organizmida Cestoda turkumidagi tasma- simon chuvalchanglar parazitlik qilishi natijasida kuzatiladigan invaziyalardir. Sestodalar yassi tasmasimon tana (strobila)ga ega bo‘lib, boshchalar (skoleks), bo‘yincha va 3—4 tadan tortib to bir necha minggacha bo‘g‘imlar (proglottidalar)dan iborat. Boshcha, ya’ni skoleks so‘rg‘ichlar bilan ta’minlangan, ayrim turlari esa ilmoqlardan yoki so‘rg‘ichli tirqish (yoriq)lar — botriyalar va xo‘jayinining ichak devorlariga yopishib oladigan boshqa a’zolardan iborat. Hazm qilish, qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q. Barcha sestodalar germafroditlardir. Katta gelmintlar o‘lchami bir necha millimetrdan 10 sm gacha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |