Tanosil shistosomozi. Parazitlar migratsiyasi vaqtida bemorda isitma, et uvushishi, bo‘g‘imlar og‘rishi, toshma toshishi, umumiy intoksikatsiya kuzatiladi. 2—6 oydan keyin tanosil a’zolarida xarakterli o‘zgarishlar kuzatiladi: gematuriya (siydikda qon paydo bo‘ladi), qorinning pastki qismida og‘riq paydo bo‘ladi va siyish jarayoni og‘riq bilan kechadi. Siydik yo‘llari torayganda buyrak sanchig‘ini eslatuvchi og‘riq xurujlari kuzatiladi. 30% bemorlarda kasallik kuchsiz subyektiv sezgilar bilan kechadi va faqatgina laboratoriya tekshirishlari natijasida kasallik tasdiqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |