E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Patogenezi va patologik anatomiyasi



Download 1,2 Mb.
bet269/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi ko‘pin- cha hazm a’zolari hisoblanadi, laboratoriya sharoitida zararlangan teridan yuqish hollari ham ma’lum. Qo‘zg‘atuvchilar asosan ingichka ichakning pastki qismlaridan kiradi, so‘ngra limfa oqimi bilan regionar (mezenteral) limfatik tugunlarga tushadi. Bu yerda infeksion granulyomali yallig‘lanish o‘zgarishlari rivojlanadi. So‘ngra qo‘zg‘atuvchilar qonga tushib, butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Ular jigar, taloq, limfatik tugunlar, nerv sistemasi, miokard va skelet mushaklarida to‘planadi. Bu a’zolarda parazitlar sistalar shaklida to‘planib organizmda uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin. Nerv sistemasi va mushaklarda nekroz o‘choqlari hosil bo‘lib, keyinchalik ular kalsifikatsiyalanadi.

Parazitlarning hayot faoliyati, antigenlar va allergenlar ajratishi natijasida organizmda allergik holat yuzaga keladi. Bunga javoban hosil bo‘lgan antitelolar turli immun reaksiyalar orqali aniqlanadi. Organizmning himoya kuchlari pasayganda kasallik qayta zo‘rayadi.

Homilaga kasallik yuqqanda bola tashlash kuzatiladi yoki homila- dorlikning birinchi oylaridayoq embrion o‘lishi mumkin, ko‘p hollarda esa bola nuqsonlar bilan tug‘iladi. Kasallik homiladorlikning oxirgi oylarida yuqqanda bola toksoplazmoz kasalligi belgilari bilan tug‘iladi.

Patomorfologik jihatdan orttirilgan toksoplazmozda limfatik tugunlarda giperplaziya, retikular va plazmatik hujayralardan granulemalar hosil bo‘ladi. Jarayonning tarqalgan shakllarida anemiya belgilari, seroz pardalarga qon quyilishi, yurak bo‘shliqlari kengayishi, jigar va taloqda nekrotik o‘choqlar hamda bosh miya­ning qonga to‘lishi kuzatiladi. Tug‘ma toksoplazmozda bosh miya yarim sharlarining rivojlanmay qolganligi ma’lum bo‘ladi. Ko‘pincha meningoensefalit belgilari va ko‘z to‘r pardasining nekrozga uch- rashi aniqlanadi.

Klinikasi. Kasallik laboratoriya sharoitida yuqqanda yashirin davr 2 haftaga yaqin davom etadi. Tabiiy kasallik yuqtirishda u birlamchi surunkali kasallik shaklida rivojlanadi. Tug‘ma va orttirilgan tokso­plazmoz farq qilinadi. Kasallik kechishiga qarab o‘tkir, surunkali va latent bo‘lishi mumkin.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish