E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet210/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 20 kungacha (ko‘pincha 5—8 kun) davom etadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi, tana harorati 38— 39°C gacha ko‘tariladi. Et uvushib, bemor terlaydi. Kuchli bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, mushaklarda og‘riq, ayrim hollarda ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Bemor yuzi qizaradi va kon- yunktivit qayd etiladi. Ko‘pincha rozeolyoz yoki papulyoz toshmalar uchraydi. Puls avvaliga tezlashadi, keyinchalik esa bradikardiya aniqlanadi, yurak urishlari bo‘g‘iq eshitiladi. Jigar va taloq katta­lashadi, qabziyatga moyillik namoyon bo‘ladi. Mahalliy o‘zgarishlar kuzatiladi, bu o‘zgarishlar kasallikning turlarini bildiradi.

Tularemiya klassifikatsiyasi bo‘yicha uning quyidagi klinik shakllari farqlanadi: jarayonning joylashishiga qarab: teri, shilliq pardalar va limfatik tugunlar tularemiyalari (bubonli, yarali- bubonli, ko‘z bubonli, anginoz-bubonli); ichki a’zolar tula- remiyasi (o‘pkaga tegishli, abdominal, boshqa a’zolar) va tarqalgan tularemiya. Kechish davomliligi bo‘yicha: o‘tkir, uzoqqa cho‘zi- ladigan, residivlangan tularemiya bo‘ladi. Kasallik og‘irligiga qarab: yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlarga bo‘linadi.

Kasallikning bubonli shaklida qo‘zg‘atuvchi teri orqali tushadi. Kasallikning 2—3-kuni limfatik tugunlar (bubonlar) kattalashadi, paypaslaganda og‘riydi. Ularning kattaligi 3—5 sm bo‘lib, ustidagi teri o‘zgarmaydi. Ko‘pchilik bemorlarda ular sekin, ya’ni 1—4 oy davomida so‘riladi. Shundan keyin limfatik tugunlar normal ko‘ri- nishga ega bo‘ladi. Qolgan hollarda 3—4 haftadan keyin bubonlar yiringlaydi, so‘ngra yoriladi va yiring tashqariga chiqadi. Natijada tularemiya oqma yaralari paydo bo‘ladi.

Tularemiyaning yarali bubonli shakli qo‘zg‘atuvchi zararlangan teri orqali kirganda yuzaga keladi (hayvon terisini shilganda, kanalar chaqqanda va boshqa hollarda). Bu shaklida terida chuqur bo‘lmagan yara ko‘rinadi, uning tubi seroz-yiringli modda bilan qoplangan bo‘lib, kam seziluvchan.

Tularemiyaning ko‘z-bubonli shakli qo‘zg‘atuvchining ko‘z shilliq pardalariga tushishi natijasida rivojlanadi. Bu shaklida kuchli konyunktivit, qovoqlar shishishi, skleralar tomirlarining kenga- yishi kuzatiladi. Ko‘pincha bitta ko‘z zararlanadi. Jag‘ osti, bo‘yin va quloq oldi limfatik tugunlari qattiqlashadi, paypaslaganda og‘riydi. Ikkala ko‘z ham zararlanganda bemorning umumiy ahvoli odatda og‘ir bo‘ladi.

Tularemiyaning anginoz-bubonli shakli qo‘zg‘atuvchi oziq- ovqat mahsulotlari va suv bilan organizmga kirganda rivojlanadi. Mazkur shaklida tomoqda og‘riq, yutinishning qiyinlashishi va halqumning qizarishi kuzatiladi. Bodomsimon bezlar kattalashadi, shishadi va ularda pastda joylashgan kletchatka bilan birikib ketgan nekrotik pardalar paydo bo‘ladi. Bu pardalar qiyinchilik bilan olinadi va difteriyadagi pardalarni eslatadi, lekin bodomsimon bezlardan chekkaga tarqalmaydi. Odatda bitta bodomsimon bez zararlanadi. Bemorlarda bo‘yin, quloq oldi, jag‘ osti bubonlari paydo bo‘ladi. Ular vaqt o‘tishi bilan yiringlaydi.

Abdominal shakli qatqorinda bubonlar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kasallik organizmga mikroblarning oziq-ovqatlar yoki suv orqali tushishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu shakli qorin kuchli tortishib og‘rish bilan xarakterlanadi. Dispeptik holatlar (qusish, ich ketishi) odatda kuzatilmaydi.

Tularemiyaning o‘pkaga tegishli shakli — mikroblarning bronx- larga nafas olganda changlar orqali tushishi sababli birlamchi va mikrobning o‘pka to‘qimasiga qon orqali tushishi natijasida esa ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Kasallikning mazkur shakli bronxlar (bronxitik ko‘rinish) va o‘pkalar zararlanishi (pnevmonik ko‘ri-

  1. Yuqumli kasalliklar nish) shaklida kechadi. Birinchi holatda bemorning umumiy ahvoli kam o‘zgaradi va tana harorati subfebril bo‘ladi. Bemorlarni to‘sh ortidagi og‘riqlar va quruq yo‘tal bezovta qiladi. Pnevmonik ko‘rinish og‘ir va uzoq vaqt kechishi bilan xarakterlanadi. Toksikoz kuchaygan bo‘ladi: et uvushib, ko‘p ter ajralishi bilan kechadigan isitma kuzatiladi. O‘pkada quruq va mayda pufakli xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshirish kasallikni aniqlashda asosiy o‘rin tutadi. Bronxoektazlar, gangrenalar va o‘pka abssesslari kasallikning asoratlari hisoblanadi.

Tularemiyaning tarqalgan (septik) shakli quvvatsiz, nimjon kishilarda uchraydi. U mahalliy o‘zgarishlarsiz rivojlanadi. Kasallik tifoid holat, et uvushishi bilan kechadigan septik isitma va ko‘p ter ajralishi bilan xarakterlanadi. Arterial bosim pasayishi, yurak tonlari bo‘g‘iqligi, kasallikning birinchi kunlaridanoq jigar va taloq katta- lashishi kuzatiladi. Ayrim paytlarda bo‘g‘imlar zararlanadi. Terida eritemalar shaklida toshmalar paydo bo‘ladi, ular oyoq-qo‘llarda, yuzda, bo‘yin va ko‘krakda («qo‘lqop», «yoqa», niqob» shaklida) uchraydi. Toshmalar odatda 8—12 kundan keyin yo‘qoladi. Kasallik

  1. haftagacha va undan ko‘proq davom etadi. Bemor asta-sekin sog‘aya boshlaydi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish