Patogenezi va patologik anatomiyasi. Odam organizmiga qo‘z- g‘atuvchi asosan nafas a’zolari shilliq qavatlari orqali kiradi. Aerogen yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchi mayda bronxlar va bronxiolalar epiteliysiga tushib, so‘ngra esa oraliq to‘qimaga o‘tadi va u yerda ko‘payib rivojlanadi. Keyinchalik xlamidiylar qonga tushadi va umumiy intoksikatsiya belgilari vujudga keladi. Gematogen yo‘l bilan qo‘z- g‘atuvchi organizm bo‘ylab tarqaladi va turli a’zolarda ushlanadi, bunda ko‘pincha jigar, yurak mushaklari, nerv sistemasi va buyrak usti bezlari zararlanadi.
Patologoanatomik tekshirishda kataral traxeobronxit belgilari namoyon bo‘ladi. O‘pkada pnevmoniya va atelektaz sohalari aniqlanadi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda yiringli traxeobronxit va yirik o‘choqli yoki lobar pnevmoniya kuzatiladi. Boshqa ichki a’zolarda to‘laqonlilik, shish, distrofik o‘zgarishlar, ayrim hollarda nekrozlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |