E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Patogenezi va patologik anatomiyasi. Virusli gepatitlar pato- genezi murakkab



Download 1,2 Mb.
bet64/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Virusli gepatitlar pato- genezi murakkab.
Virus (B, D, C) organizmga kirganda avvalo birlamchi viru- semiya bosqichi yuzaga keladi, keyinchalik viruslar gepatositlar (jigar hujayralari) ga kiradi.
A va E gepatit viruslari odam organizmiga oshqozon-ichak yo‘llari shilliq qavatlari orqali tushib, ingichka ichakda o‘rnashadi, so‘ngra regionar limfatik tugunlarga kiradi va u yerda ko‘payadi. Limfatik tugunlardan viruslar qonga o‘tadi, qon bilan butun organizmga tarqaladi, ammo ularning rivojlanishi uchun jigar qulay sharoit hisoblanadi. U yerdan ular bevosita gepatositlarga tushib, qisman o‘t suyuqligiga o‘tadi va organizmdan najas bilan tashqariga chiqadi.
Agar ba’zi hollarda gepatitda jigar hujayralari (gepatositlar) sitolizi gepatositlarda rivojlanayotgan viruslar (C, A, E) ning

  1. Yuqumli kasalliklar bevosita ta’siri tufayli bo‘lsa, boshqa hollarda gepatit (B, D) viruslarini saqlagan jigar hujayralariga nisbatan immunologik javob reaksiyasining oshib borishi tufaylidir.

Viruslar va immunologik komplekslar ta’sirida yashirin davr oxirida hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi oshadi, bu esa qon zardobida fermentlar (aldolazalar va aminotransferazalar — AlAT, AsAT ) faolligining oshishiga olib keladi.
Viruslarning jigar hujayralarida uzoq muddat bo‘lishi natijasida bu hujayralarning membranalari zararlanadi va bu gepatositlar o‘limini tezlashtiradi (normada jigar hujayralarining yashash muddati o‘rtacha 150 kunni tashkil qiladi). Kasallikning avj olish davrida gepatit virusiga ega bo‘lgan gepatositlarga qarshi immun reaksiyaning rivojlanishi tufayli jigar hujayralari parchalanadi (sitoliz) va xolestaz (o‘t suyuqligining to‘xtab qolishi) kuzatiladi, natijada jigar kasalligi vujudga keladi. Bu vaqtda umumiy intok­sikatsiya belgilari paydo bo‘ladi. Jigarning uglevod, oqsil, suv-tuz va vitamin almashinuvlaridagi qatnashuvi kasallik rivojlanishi bilan izdan chiqib boradi. Katta miqdorda o‘t pigmentlari va o‘t kislotalari qon oqimiga tushadi. Natijada teri va shilliq pardalar sarg‘ayadi, teri qichiydi. Og‘ir hollarda qon ivish sistemasi buziladi.
Patologoanatomik tekshirganda jigar hujayralarining nekrozga uchraganligi aniqlanadi. Jigar to‘qimasi to‘rsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Jigar hujayralarining distrofik o‘zgarishlari ikki xil xarak- terga ega. Bu xil gepatositlar distrofiyaga uchraydi; bunda hujayralar kattalashadi, sitoplazma qoldiqlari va o‘t suyuqligi parchalariga ega bo‘ladi (ballonli distrofiya), boshqa gepatositlar burushib qoladi. Kuchli nekrozlar odatda jigar komasidan o‘lgan bemorlar jigarida kuzatiladi. Jigar og‘irligi odatda kamayadi. Turli xil a’zolar paren- ximasida va shilliq pardalarda gemorragiyalar aniqlanadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish