E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


D 32-rasm. Vaboning algid bosqichidagi bemorning ko‘rinishi



Download 1,2 Mb.
bet58/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

D

32-rasm. Vaboning algid bosqichidagi bemorning ko‘rinishi.
avo kursi o‘tkazilmasa yoki bemor yetarlicha davolanmasa 1,5—2 sutkadan keyin vabo algidi (algidus—sovuq) ri­vojlanadi (32-rasm), gastroenterit ku­chayadi, bemor ahvoli juda og‘irla- shadi, kuchli suvsizlanish kuzatiladi. Nafas olish tezlashadi, tomir urishi- ning to‘laligi kamayadi, tezlashadi, nihoyat sezilmay qoladi, yurak tovush- lari bo‘g‘iq bo‘lib, arterial bosim tushishda davom etadi. Talvasa tarqalgan xarakterda bo‘lib, oyoq-qo‘llardan tashqari, qorin, ko‘krak, yuz, diafragma mushaklariga ham tarqaladi. Es-hush saqlangan. Tana harorati kasallik boshida normal bo‘lib, so‘ngra asta- sekin subnormagacha (algid vaqtida 35—34°C va undan ham past) tushadi.

Algid bosqichi ko‘karish, talvasa, ongning xiralashishi, kollaps, koma rivojlanishi bilan kechadigan va o‘limga olib keladigan asfiksik bosqichga o‘tadi. Bu bosqich rivojlanganda o‘lim hollari ko‘p kuzatiladi, ammo to‘g‘ri davo bemorning sog‘ayishiga olib kelishi mumkin.
Kasallikning og‘irligi odatda organizmning suvsizlanish darajasiga qarab aniqlanadi. Bunda asosan kasallikning yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir shakllari farqlanadi.
Kasallikning yengil shakli sust rivojlangan ichak sindromi, kamroq chanqash va shilliq qavatlar qurishi bilan namoyon bo‘ladi va bu belgilar 1—2 sutkadan keyin yo‘qoladi. Bunda organizmning suvsizlanishi tana vaznining 3—5% idan oshmaydi. O‘rta og‘irlikdagi shaklida enterit, gastroenterit hamda gemodinamik o‘zgarishlar kelib chiqadi. Bunday o‘zgarishlar tana og‘irligining 5—8% ga yaqin suv yo‘qotishi vaqtida namoyon bo‘ladi.
Vaboning og‘ir shakli kuchli rivojlangan gastroenterit va algid bosqich rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday vaqtda suv yo‘qotish tana vaznining 8—12%ini tashkil qiladi. Yuz so‘lg‘in bo‘lib, ko‘z olmalari ichiga botadi, teri va shilliq qavatlar ko‘karadi, qo‘l-oyoqlar muzdek bo‘lib, skleralar quruqlashadi va ovoz yo‘qoladi. Bemor go‘yo o‘likni eslatadi.
Kasallikning atipik va uncha bilinmaydigan shakllari farq qilinadi. Atipik shakllariga yashin tezligida rivojlanuvchi va quruq vabo shakllari kiradi. Vabo bunday shakllarda kechganda ich ketishi va qusish rivojlangunga qadar kuchli intoksikatsiya natijasida ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Tashxisi. Vaboga gumon qilinganda puxta yig‘ilgan epidemiologik anamnez zarur. Tipik holatlarda, ayniqsa epidemiya vaqtida tashxis qo‘yish qiyin emas. Xarakterli xususiyatlari bilan enterit belgi- larining paydo bo‘lishi tashxis qo‘yishga asos bo‘ladi. Epidemiya bo‘lmagan paytda kasallikning yengil, uncha bilinmaydigan va atipik shakllari qiyinchilik tug‘diradi. Bunday holatlar kech aniqlanadi va vaboning tarqalish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Lekin har qanday holatda ham yakuniy tashxis laboratoriya tekshiruvlariga asoslangan holda qo‘yiladi.
Umumklinik va biokimyoviy tashxis usullari. Ma’lumki, vaboda qon quyuqlashadi, eritrositlar soni ayrim vaqtda 7,5—8x1012// gacha oshadi. ECHT oshishi mumkin yoki normada bo‘ladi. Leykositlar soni 20x109// gacha ko‘payadi. Trombositlar 140—150x109 /1 gacha kamayadi.
Gipokaliyemiya (normada 3,8—4,6 mmol//) va gipoxloremiya (normada 95 — 103 mmol//) kuzatiladi, qonning yopishqoqligi oshadi (normada 4—5 birlikda).

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish