E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet159/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Tashxisi. Tashxisni aniqlash epidemiologik anamnez ma’lumot­lari (bemor kasbi, ishlov beriladigan material xarakteri, xom ashyo qayerdan olinganligi, kasal hayvonlar bilan aloqada bo‘lish, ifloslangan teri va mo‘ynalar bilan ishlash) hamda terining xarak- terli zararlanishi (terining ochiq joylarida joylashishi, ikkilamchi pustulalar, shish va giperemiya bilan o‘ralgan to‘q qasmoq mav- judligi, yaralarda og‘riq sezilmasligi)ga asoslangan.
Laboratoriyada kuydirgi tayoqchalari kulturasining ajratib olinishi tashxisni tasdiqlaydi. Kuydirgining teri shaklida labo­ratoriyada tekshirish materiali bo‘lib vezikulalar, pustulalar, yaradagi ajralmalar va ko‘chib tushgan qasmoq hisoblanadi. O‘pka- ga, ichakka xos shakllari va septik shaklda qon, balg‘am, qusuq va najas tekshirish materiallari hisoblanadi. O‘ta xavfli infeksiyalar bilan ishlashning barcha qoidalariga rioya qilgan holda material olinadi va laboratoriyaga tekshirish uchun jo‘natiladi. Tekshirishlar maxsus laboratoriyalarda o‘tkaziladi.
Teri va jun kabi materiallarni tekshirish uchun termopret- sipitatsiya reaksiyasi (Askoli reaksiyasi) qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda luminessent usuldan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Yordamchi usul sifatida kasallikning 5-kunlaridan ijobiy kuzatiladigan va spetsifik allergen — antraksin bilan tekshiriladigan teri allergik sinamasi qo‘yiladi. Preparat teri ichiga 0,1 ml kiritiladi. Natijasi 24 va 48 soatdan keyin olinadi. Sinama giperemiya va infiltrat o‘lchami 10 mm bo‘lgan va reaksiya 48 soatdan keyin ham yo‘qolmaganda ijobiy hisoblanadi.
Davolash. Kuydirgi bilan kasallangan barcha bemorlar shifo- xonada davolanishlari shart. Etiotrop davolash uchun antibiotiklar hamda kuydirgiga qarshi spetsifik immunoglobulin qo‘llanadi. Penit­sillin ko‘pincha teri shaklida sutkasiga 2—4 mln birlik miqdorda, o‘pkaga xos va septik shakllarda — 16—20 mln birlikkacha tayinlanadi. Tetrasiklin 0,3 g dan kuniga 4 mahal va levomitsetin 0,5 g dan kuniga

  1. mahal tayinlanadi. Antibiotiklar bilan davolash kursi 8—10 kun davom etadi.

Kuydirgiga qarshi spetsifik immunoglobulin mushak orasiga sutkada 20—80 ml miqdorda (kasallikning klinik shakli va og‘irligiga bog‘liq ravishda) dastlabki desensibilizatsiyadan keyin yuboriladi. Avval ot oqsillariga sezgirlikni aniqlash uchun teri ichiga 0,1 ml immunoglobulindan (1:100) buyuriladi. Ijobiy bo‘lmagan sinamada 20 minutdan so‘ng teri ostiga 0,1 ml suyultirilgan (1:10) immuno­globulin yuboriladi va 1 soatdan keyin mushak orasiga barcha miqdori yuboriladi. Teri ichiga kiritilganda ijobiy reaksiya kuzatilsa, immuno­globulin yuborishdan voz kechgan ma’qul.
Kasallikning og‘ir shakllarida dezintoksikatsiya o‘tkaziladi. Bu maqsadda 5% li glukoza va natriy xloridning izotonik eritmasi, gemodez, poliglukin va boshqalar tayinlanadi.
Kuydirgi bilan kasallangan bemorlar alohida palatalar yoki bokslarga izolatsiya qilinadi. Alohida parvarish anjomlari, idishlar, xalatlar ajratiladi. Bemorlarni parvarish qilganda tibbiyot xodimi shaxsiy himoya choralarini ko‘rishi lozim (rezina qo‘lqoplar, bemorda kuydirgining o‘pkaga tegishli shaklida og‘iz va burunni yopadigan doka bog‘lam hamda himoya ko‘zoynaklaridan foyda- laniladi). Ishlatilgan barcha bog‘lov materiallari kuydiriladi.
Bemorlar to‘liq klinik tuzalib, yaralar epitelizatsiyasi (chan- diqlanish)dan keyin shifoxonadan chiqariladi. O‘pkaga, ichakka tegishli hamda septik shakllarida klinik tuzalgandan va balg‘am, qon, nafas, siydiklarni kuydirgiga tekshirganda ikki martalik (5 kunlik interval bilan) ijobiy natijalar olinmagan tekshiruvlardan keyingina shifoxonadan chiqariladi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish