E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet146/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Klinikasi. Yashirin davri 4 kundan 20 kungacha (ko‘pincha 7— 12 kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, kuchli et uvushadi va tezda tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi. Harorat egri chizig‘i to‘lqinsimon tus oladi. Kasallikning dastlabki kunlari isitma doimiy xarakterda bo‘ladi; 6—10-kunlarga kelib, tana harorati qisqa lizis bilan tushadi. Leptospiroz uchun isitma residivi xos, ya’ni ayrim bemorlarda 3—12 kundan keyin isitmaning qayta ko‘tarilishi kuza- tiladi.
Kasallikning birinchi kunidayoq kuchli umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i va chanqash seziladi. Alohida belgilari — bu mushaklardagi (ayniqsa yelka, ko‘krak, qorin mushaklarida) kuchli og‘riqlardir. Bu og‘riqlar hatto mushaklarni asta paypaslaganda ham kuchayadi. Ayrim vaqtlarda og‘riqlar shunchalik kuchli bo‘ladiki, hatto bemor qimirlay olmay qoladi. Mialgiyalar (mushaklardagi og‘riqlar) 8— 10 kun davom etadi.
Leptospirozda bemorning tashqi ko‘rinishi ham o‘ziga xos. Kasallikning dastlabki kunlari yuz shishgan va qizargan bo‘lib, skleralarga qon quyilishi aniqlanadi. Bo‘yin va ko‘krak qafasining yuqori qismlari ham qizargan bo‘ladi, lab va burun qanotlari shilliq pardalariga gerpetik toshmalar toshadi.
Leptospirozning og‘irroq shakllarida kasallikning 3—5-kunidan boshlab, skleralar va keyinroq teri sarg‘ayadi. Siydik to‘q rangda bo‘ladi. Najas rangi odatda o‘zgarmaydi. Jigar sohasi paypaslab ko‘rilganda og‘riydi, jigar kattalashadi. Taloq ham kattalashishi mumkin. Bu vaqtda bemorlarda ekzantema kuzatiladi. Toshmalar ko‘pincha qizamiq, qizilcha yoki skarlatinasimon ko‘rinishlarda uchraydi.
Ayrim hollarda ular o‘zaro qo‘shilib eritematoz (qizargan) sohalarni hosil qiladi. Toshma elementlari o‘rnida yengil pigmen- tatsiya (dog‘lar) qoladi. Gemorragik sindrom inyeksiya joyi va skleralarga qon quyilishlar shaklida qayd etiladi.
Yurak-qon tomirlar sistemasida puls kamayishi (bradikardiya), arterial bosim pasayishi, yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi va EKGning o‘zgarishi kuzatiladi.
Nafas yo‘llari o‘zgarishlari bronxit, ayrim paytlarda o‘pkaga qon quyilishi natijasida balg‘amning qon aralash ajralishi shaklida uchraydi.
Siydik ajratish sistemasida oliguriya, ba’zan anuriya aniqlanadi. Nerv sistemasida intoksikatsiya belgilari — kuchli bosh og‘rig‘i va uyqusizlik kuzatiladi. Og‘ir holatlarda ularga qo‘zg‘alishlar va ongning buzilishi qo‘shiladi. Meningeal belgilar (ensa mushaklari rigidligi, ijobiy Kernig va Brudzinskiy simptomlari) kuzatilishi mumkin. O‘lim hollari o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va uremik koma natijasida kelib chiqadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish