E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet137/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

46-rasm. Qoqshol.
a—sardonik jilmayish; b—opistotonus.



Jarohat sohasida tortishib turadigan og‘riqlar, achishishlar, san- chishlar, jarohat atrofida mushaklarning titrashlari kuzatiladi. Mushaklarning talvasali qisqarishlari, hammasidan ilgari chaynash mushaklarining og‘riqli talvasasi — trizm kuzatiladi. Mimika mu­shaklari spazmi qayd etiladi, natijada «sardonik jilmayish» (pesho- naning burishishi, qoshlarning ko‘tarilishi, ko‘zlar atrofida ajinlar paydo bo‘lishi, tishlarning qattiq qisilishi) kuzatiladi (46-rasm, a). Tezda tonik talvasalar ensa hamda bo‘yin, yelka, qorin va qo‘l-oyoq mushaklarini qamrab oladi. Talvasaning katta xuruji rivojlanganda bemor boshi orqaga qayriladi, gavdasi yoysimon bukiladi, ensa va tovonga tiralgan holda u opistotonus holatiga tushadi (46-rasm, b).
Talvasa ko‘krak qafasi va diafragma mushaklariga ham tarqaladi, nafas olish harakati buziladi, u yuzaki va tezlashgan holda bo‘ladi. Uzoq davom etadigan talvasa xuruji asfiksiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Bir vaqtda reflektor qo‘zg‘alish ham kuchayadi, natijada ozgina tashqi ta’sirlar, ya’ni shovqin, teginish va shunga o‘xshaganlar talvasani qo‘zg‘atadi yoki kuchaytiradi.
Bemorlarning tana harorati odatda ozroq ko‘tariladi, xurujlar vaqtida giperemiya va kuchli ter ajralishi kuzatiladi; es-hush saqlangan holda bo‘ladi. Siydik va najas ajralishi qiyinlashadi.
Xurujlar soni va kuchi kasallik og‘irligini ko‘rsatadi. Kasallikning og‘ir shakllarida qisqa yashirin davrdan so‘ng asfiksiya yoki yurak- ning falajlanishi natijasida kasallikning birinchi kunlaridayoq o‘lim yuz berishi mumkin. Kasallikning uncha og‘ir bo‘lmagan shakllarida talvasali qisqarishlar kam, xurujlar esa qisqa bo‘ladi va jarayonda kam miqdordagi mushaklar guruhi qatnashadi. Bunday hollarda kasallik sekin kechadi. Kasallikda o‘lim holatlari nafaqat bemorlardagi tutqanoqlar ta’sirida, balki asoratlar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Sog‘ayish bir necha haftalar davomida talvasalarning asta- sekin kamayishi bilan sekin kuzatiladi.
Tashxisi. Qoqsholga tashxis anamnez (shikastlanishlar mav- judligi) va kasallikning tipik klinikasi — jarohat atrofida tortishib og‘rishlar va mushaklar titrashlari, trizm, mimika mushaklari taranglashishi, yutinishning buzilishi, opistotonus va boshqalarga asoslangan holda qo‘yiladi.
Davolash. Qoqshol bilan og‘rigan barcha bemorlar shifoxonaga yotqizilishlari shart. Davolash tadbirlari yirik shifoxonalar yoki klinikalarning anesteziologik yoki ixtisoslashgan bo‘limlarida o‘tka- ziladi. Bemorni alohida qorong‘i va tinch xonaga yotqizish zarur. Individual parvarish va kuzatuv muhim ahamiyatga ega. Davolash maqsadida mushak orasiga qoqsholga qarshi zardob 100000—150000 xalqaro birlikda ishlatilgan holda dastlab teri ichiga qo‘yilgan sinama va desensibilizatsiyadan so‘ng yuboriladi.
Qoqshol organizmda turg‘un immunitet hosil qilmaydi, shuning uchun zardob bilan bir vaqtda faol immunitet yaratish maqsadida mushak orasiga 0,5 ml miqdorda adsorblangan qoqshol anatoksini 5— 7 kunlik oraliq bilan uch marta yuboriladi. Bir oydan keyin revak- sinatsiya o‘tkaziladi.
Talvasa sindromini kamaytirish uchun xloralgidrat 1,5—2 g miqdorda sutkasiga 3—4 marta huqnada va barbituratlar hamda neyroleptik moddalar tayinlanadi. Bunda quyidagi tarkibdagi ara- lashmani ishlatish mumkin: 2 ml 2,5% li aminazin, 1 ml 2% li pantopan, 2 ml 1% li dimedrol va 0,5 ml 0,05% li skopolamin eritmasi. Aralashma mushak orasiga sutkasiga 3—4 mahal yuboriladi. Talvasa kuchaya borsa, qoqsholning og‘ir shaklida miorelaksantlar qo‘llanadi va bemor sun’iy nafasga o‘tkaziladi (o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish). Bemor o‘zi nafas ola boshlagandan keyin sun’iy nafas oldirish asta-sekin to‘xtatiladi va ma’lum vaqtdan keyin traxeostom yopiladi.
Asoratlarni davolash va ularning oldini olish uchun antibio- tiklardan penitsillin, eritromitsin va boshqalar qo‘llanadi. Ko‘rsat- maga asosan yurak preparatlari ishlatiladi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Jarohatlarga puxta xirurgik ishlov beriladi, yot jismlar va o‘lgan to‘qimalar olib tashlanadi, aeratsiya (kislorod kirishini ta’minlash) va suyuqliklar oqimi buyuriladi. Qoqshol profilaktikasi qoqshol anatoksini yor- damida rejali immunizatsiya o‘tkazish orqali o‘tkaziladi. Qoqsholning shoshilinch profilaktikasi teri va shilliq qavatlar butunligini buza- digan har qanday shikastlanishlar va jarohatlarda, II va III darajali kuyishlarda, II va III darajali sovuq oldirganda, hayvonlar tish- laganda o‘tkaziladi. Faol-sust profilaktika o‘tkaziladi. Avval teri ostiga 1 ml adsorblangan qoqshol anatoksini kiritiladi, so‘ngra 30 minut- dan keyin boshqa shpris bilan va tananing boshqa sohasiga 3000 xalqaro birlikda qoqsholga qarshi zardob yuboriladi (dastlab teri ichiga sinama quyilgandan va desensibilizatsiya o‘tkazilgandan keyin). Jarohat olishlar bilan kurashish qoqshol profilaktikasining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Qoqshol bilan zararlanish xavfi yuqori bo‘lgan kishilar qoqshol anatoksini bilan emlanadi. Anatoksin teri ostiga ikki marta 0,5 ml dan 30—45 kunlik interval bilan yuboriladi. 9—12 oydan keyin 0,5 ml anatoksin yordamida revaksinatsiya o‘tkaziladi. Emlashdan keyin immunitet ishlab chiqiladi va u bir necha yillar davomida saqlanadi.
Nazorat savollari

  1. Qoqshol nima?

  2. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisiga ta’rif bering.

  3. «Sardonik jilmayish» nima?

  4. «Opistotonus»ni tushuntirib bering.

  5. Qoqsholga qarshi zardob qanday yuboriladi?

  6. Qoqsholda qo‘llaniladigan talvasaga qarshi preparatlarni sanab bering.

  7. Qoqshol profilaktikasi haqida gapirib bering.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish