E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet185/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Nazorat savollari

  1. Lamblioz qo‘zg‘atuvchilari — lambliyalar haqida gapirib bering.

  2. Duodenal zondlashda lambliyalar uchrashi mumkinmi?

  3. Ichakning qaysi bo‘limida lambliyalar sistalarga aylanadi va nima uchun?

  4. Lamblioz klinikasi va tashxisi haqida gapirib bering.

Trixomonoz (trichomonosis)
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — trixomonadalardir. Odam organiz- mida trixomonadalarning uch turi parazitlik qiladi: Trishomonas hominis — yo‘g‘on ichakda; Trishomonas tenax — og‘iz bo‘sh- lig‘ida; Trishomonas vaginalis — siydik-tanosil (qin) yo‘llarida.
Ichak trixomonadasi noksimon shaklda bo‘lib, tanasining uzun- ligi 8—20 mkm ga teng. Tanasining oldingi qismi (uchi)dan odatda 5 ta xivchin chiqadi. Tanasining bitta tomonidan butun uzunligi bo‘ylab to‘lqinsimon membrana joylashgan, uning tashqi qirrasidan nozik ip o‘tgan bo‘lib, u xivchin shaklida erkin turadi. Bo‘yalganda sitoplazmasida yadro va o‘q ip, ya’ni aksostil ko‘rinadi.
Trixomonadalar tartibsiz faol harakat qiladi. Oldinga harakat qilish bilan birga o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qila oladi. Membranasi trixomonada harakati pasaygan yoki to‘xtagandagina tanasining bir tomonida tebranib turuvchi parda tarzida ko‘rinishi mumkin.
Bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Sistalar hosil qilmaydi. Odam yo‘g‘on ichagida hayot kechiradi. Ko‘p miqdorda ich ketganda suyuq najasda aniqlanadi. Ayniqsa bolalarda yo‘g‘on ichak kasalliklari rivojlanganda yoki ular kechganda asoratlar kuzatilganda ma’lum rol o‘ynaydi.
Og‘iz trixomonadasi tuzilishiga ko‘ra ichak trixomonadasiga o‘xshaydi, uning uzunligi 6—13 mkm bo‘lib, tebranib turuvchi membranasi tana oxirigacha yetib bormaydi va sista hosil qilmaydi.
Patogenlik ahamiyati to‘la tasdiqlangan bo‘lmasa-da, og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarning har xil kasalliklari (gingivit, paradontoz, tishlar kariyesi)da juda ko‘p uchrashi aniqlangan. Trixomonadalar o‘pka kasalligi bilan kasallangan bemorlar balg‘amida hamda jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan bronxoektazlar va o‘pka abssesslarida topiladi. Bularning hammasi og‘iz trixomonadalarini aniqlash uchun stomatologik va terapevtik muassasalarda laboratoriya usullarini keng qo‘llashni taqozo etadi.
Trixomonadalar nativ yoki bo‘yalgan surtmalar hamda og‘iz bo‘shlig‘idan — tishlar, milklar, yallig‘lanish va yiringli o‘choq- lardan qirib olingan materiallarni, bronxial shilimshiq va balg‘amni mikroskopiya qilganda topiladi. Oziq muhitlarga ekma qilish usullarini qo‘llaganda trixomonadalarning topilish chastotasi yanada oshadi.
Siydik-tanosil (qin) trixomonadasi noksimon tuzilishga ega bo‘lib, uzunligi 14—30 mkm bo‘ladi. Tanasining oldingi uchida 4 ta xivchin va to‘lqinlanib turuvchi membrana joylashgan, bu membrana tananing o‘rta qismigacha yetib boradi. Tanasining oldingi uchiga yaqin joyda yadro joylashgan. Butun tanasi bo‘ylab o‘q ipi (aksostil) o‘tadi hamda orqa uchining oxirida bo‘rtib chiqqan tikansimon shaklda tugaydi. Sitoplazmada vakuolalar mavjud.
Sista hosil qilmaydi va atrof-muhitda tez nobud bo‘ladi. Ayniqsa ayollarda siydik va jinsiy yo‘llar patologiyasida ma’lum rol o‘ynaydi. Ko‘pincha erkaklarda uzoq vaqt davom etadigan belgilarsiz tashuv­chanlik uchraydi. Asosiy kasalliklaridan biri — siydik va tanosil yo‘llari trixomonozidir, uning asosiy belgilari qichishish, og‘riq va seroz-yiringli ajratma (oqsil)lardir.
Trixomonadalarning bu turi jinsiy yo‘l bilan yuqadi. Ular ichak­dan qinga o‘tib, kasallik chaqirishi mumkin emas, chunki siydik- tanosil trixomonadalari bilan ichak trixomonadalari har xil turlarga mansub bo‘lib, ular hayot kechirishi uchun turli xil sharoitlar talab etiladi.
Tashxis nativ va Romanovskiy usulida bo‘yalgan preparatlarda trixomonadalar topilgan vaqtdagina tasdiqlanadi. Ular siydik-tanosil yo‘llaridan ajralib chiqqan ajratmalar va kateter bilan olingan siydik cho‘kmasi (sentrifuga yo‘li bilan olinadi)dan tayyorlanadi.
Mikroskopiyaning ijobiy bo‘lmagan natijalari kuzatilgan ko‘p hollarda (tashuvchanlikka gumon qilinganda, davolash tugagandan keyin nazorat uchun va hokazolar) oziq muhitlarga ekma qilinadi va serologik usullardan foydalaniladi.
Nazorat savollari

  1. Trixomonadalarning asosiy turlarini sanab bering.

  2. Trixomonadalar odam organizmining qaysi qismida hayot kechiradi?

  3. Siydik-tanosil (qin) trixomonadasi qanday yuqadi?

  4. Tashxis qo‘yishda qanday usullardan foydalaniladi?

Sporalilar qo‘zg‘atadigan kasalliklar
Sporalilarda ko‘payishning jinsiy siklida erkak hamda urg‘ochi jinsiy hujayralarning qo‘shilishi natijasida spora (sista) hosil bo‘ladi, unda sporozoitlar shakllanadi. So‘ngra turli xil yo‘llar bilan spo- rozoitlar bir xo‘jayinidan boshqasiga o‘tadi.
Bezgak (malaria)
Bezgak — o‘tkir protozoy kasallik bo‘lib, isitma xurujlari, anemiya, jigar hamda taloq kattalashishi bilan kechadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish