E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Patogenezi va patologik anatomiyasi



Download 1,2 Mb.
bet115/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Provaseka rikketsiyalari odam organizmiga terining qashlangan, yorilgan yoki qonxo‘r hasharotlar chaqqan joylari orqali tushadi. U yerda intensiv ravishda ko‘payadi va qonga tushadi (rikketsemiya). Rikketsiyalar par- chalanishi natijasida endotoksin ajralib chiqadi, natijada intok- sikatsiya kuzatiladi. Endotoksin tomirlarni kengaytiradi (tomirlar parezi). Natijada kapillarlarda staz paydo bo‘lib, tomirlar tromb bilan to‘liq yopilishi mumkin. Tomir o‘zgarishlari (giperemiya, staz, tromboz, tomirlar destruksiyasi) toshmalar paydo bo‘lishi va shilliq pardalarga qon quyilishining asosiy sabablari hisoblanadi.
Tomir o‘zgarishlari barcha a’zo va to‘qimalarda kuzatiladi. Bosh miyada miya to‘qimasi shishi va unga qon quyilishi tarzida uchraydi. Ko‘pincha miokardit va yurakning o‘tkazuvchi sistemasida distrofik o‘zgarishlar qayd etiladi. Buyrak usti bezlariga qon quyilishi va uning shishi, jigar hamda buyrakda degenerativ o‘zgarishlar aniqlanadi. Kasallikning 1-kunidayoq zararlangan a’zolarda rikketsiyalar topiladi.
Klinikasi. Toshmali tifning yashirin davri 6 kundan 25 kungacha (o‘rtacha 12—14 kun) davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi. Ba’zan 1—2 kun davomida bosh og‘rig‘i, et uvushishi va badan qaqshashi kuzatiladi. Shundan keyin tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi. Tana harorati ko‘tarilishi bilan bir qatorda, boshqa intoksikatsiya belgilari ham rivojlanadi (kuchli bosh og‘rig‘i, ayrim paytlarda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, uyqu buzilishi kabilar). Bemorda qo‘zg‘alish (ko‘p gapirish, harakatchanlik) kuzatiladi.
Bemorning tashqi ko‘rinishi, ya’ni yuzining shishganligi va qizarganligi, ko‘zlarining yarqirab turishi, sklera inyeksiyasi («quyon ko‘z», «qizil yuzda qizil ko‘zlar»), lablar qurishi, teri issiqligi va quruqlashishi kasallikning xarakterli belgilaridandir. Halqumda diffuz (tarqalgan) giperemiya, yumshoq tanglayda mayda qon quyilishlar kuzatiladi. 3—4-kuni konyunktivalarda mayda qon quyilishlar (petexiyalar) aniqlanadi. Bu ayniqsa ko‘zga 1—2 tomchi adrenalin (1:1000) eritmasidan tomizilganda yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Bu tashxis belgisi Kiari-Avsin simptomi deb yuritiladi. Kaft terisi ba’zida sariq tusda bo‘ladi. Nafas olish odatda tezlashadi. Taxikardiya, gipotoniya, jigar va taloq kattalashishi kuzatiladi.
Kasallikning xarakterli belgilaridan biri — bu toshmadir. Tosh- malar polimorf (kattaligi va shakli har xil) bo‘ladi. Ular kasallikning

  1. 5-kunlari paydo bo‘ladi. Toshmalar odatda ko‘p miqdorda bo‘lib, ko‘pincha ko‘krak va qorinning yon tomonlari, qo‘lning bukiladigan yuzasi, kaft va panjalarda uchraydi.

Toshmalar rozeolez-petexial xarakterga ega: rozeolalar 2—4 mm diametrda bo‘lib, qirralari notekis bo‘ladi. Ular atrofida terida mayda qon quyilishlarni ko‘rish mumkin. Toshmalar 2—3 kun davomida toshadi, so‘ngra 7—8 kundan keyin asta-sekinlik bilan yo‘qoladi, bunda ancha vaqtgacha terida pigmentatsiya saqlanib turadi.
Toshmalar paydo bo‘lishi bilan bemorning ahvoli og‘irlashadi, intoksikatsiya juda kuchayadi. Miya pardalari ta’sirlanishi (menin- gizm) kuzatiladi. Og‘ir hollarda ongning xiralashishi, qo‘zg‘alish, alahsirash, gallyusinatsiya — status typhosus yuzaga keladi. Bemorlar vaqt va makon (fazo)ni to‘g‘ri anglay olmaydilar, o‘rinlaridan turib ketadilar, nimadandir qochishga harakat qiladilar; gaplari tushu- narsiz va bog‘lanmagan bo‘ladi. Ko‘ruv va ba’zi hollarda eshituv gallyusinatsiyasi aniqlanadi: bemor tekshirishga qarshilik qiladi, hatto tashlanishi va suisidal urinishlar qilishi mumkin. Toshmali tif ensefaliti (qo‘llar qaltirashi, nafas ritmining buzilishi va b.) kuzati­lishi mumkin.
Qon aylanishining buzilishi kuchayadi. Puls tezlashadi, to‘laligi va tarangligi kamayadi, arterial bosim pasayadi, kollaps rivojlanishi mumkin: bemor ruhiy tushkunlikka tushadi, teri sovuq ter bilan qoplanadi, lablar ko‘karadi, nafas olish tezlashib, yuzaki bo‘ladi.
Og‘ir bemorlarda siyish va ich kelishi ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda siydik tutiladi yoki paradoksal siydik ajralishi, ya’ni siydik pufagi siydik bilan to‘la bo‘lishiga qaramay, siydikning tomchilab ajralishi (siydik pufagi mushaklari va sfinkterining innervatsiyasi buzilishi natijasida) kuzatiladi.
Bemorning ishtahasi yomonlashadi. Og‘zi quriydi, ko‘p chan- qaydi. Tili karash bilan qoplangan bo‘lib, ba’zan yoriladi. Ayrim paytlarda bemor tilini oldingi tishlardan tashqariga chiqara olmaydi va uning silkinib harakatlanishi (Govorovo-Godele simptomi) qayd etiladi. Qorin odatdagi shaklda, jigar va taloq kattalashadi. Ich qotadi.
Kasallik odatdagiday kechganda tana harorati 12—15-kuni normallashadi. Bemorning ongi ravshanlashadi, toshmalar yo‘qo- ladi, ishtaha paydo bo‘ladi. Asta-sekinlik bilan arterial bosim normal- lashadi, uyqu tinch bo‘ladi, bemor kuchga kiradi, ichki a’zolar faoliyati yaxshilanadi.
Asoratlari har xil bo‘lishi mumkin: ilgari dumg‘aza, kurak va boshqa joylarda yotoq yaralar, burun uchi va panjalarda esa hatto gangrena, yiringli otit, parotit, venalar trombozi va o‘pka arte- riyalari emboliyalari juda ko‘p uchragan. O‘lim hollari 10—15% gacha uchragan. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Kasallik asoratsiz kechganda bemorlar shifoxonadan tana harorati normallashgandan keyin 12—14-kuni chiqariladi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish