E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Siydikda sariqlik davrida urobilin va bilirubin (o‘t pigmenti) aniqlanadi



Download 1,2 Mb.
bet69/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Siydikda sariqlik davrida urobilin va bilirubin (o‘t pigmenti) aniqlanadi.
Najasda sterkobilin bo‘lmasligi tufayli u axolik (rangsiz) bo‘ladi.
Qonda transaminazalar — AlAT va AsAT normaga nisbatan (normada AlAT — 0,1—0,68 mmol//; AsAT — 0,1—0,45 mmol//) 20—50 baravar va ishqoriy fosfataza (normada 1—3 mmol//) oshadi.
Gepatit uchun timol sinamasi (normada 1—5 birlik) ning oshishi va sulema sinamasi (normada 1,8—2,2 ml) ning kamayishi xarak- terli.
Virusologik tekshirishlar uchun qon, najas, o‘t suyuqligi, jigar to‘qimasi (bioptat) olinadi. Klinik amaliyotida virusologik usullar qo‘llanilmaydi.
Hozirgi vaqtda serologik usullar (BGAR — bilvosita gemag- glutinatsiya reaksiyasi), RIA — radioimmun analiz (tahlil) hamda IFA — immunoferment analiz (tahlil) keng qo‘llanmoqda.
A virus antigenini najas, o‘t suyuqligida RIA usuli yordamida aniqlash mumkin. RIA va IFA yordamida esa A virusga nisbatan ishlab chiqilgan antitelo aniqlanadi.
B gepatit tashxisi uchun hozirgi vaqtda BGAR, RIA va IFA qo‘llanadi. HBsAg va HBsAg ga qarshi antiteloni aniqlash tashxis uchun katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari B gepatitda HBcAg va HBeAg ga qarshi antitelolarni aniqlash mumkin.
D gepatitga tashxis qo‘yish D — antigeniga qarshi antiteloni aniqlashga asoslangan.
C va E gepatitlar tashxisi C va E gepatitlar antigenlariga anti- telolarni aniqlash bilan tasdiqlanadi.
Davolash. Gepatit bilan kasallangan bemorlarni davolashda rejim va parhez juda katta ahamiyatga ega. Kasallik aniqlangan vaqtdan boshlab klinik belgilarning yo‘qolishi va jigar muhim funksiya- larining normaga kelishiga qadar bemorga yotoq rejimi tayinlanadi.
Parhez odamning normal sutkalik ehtiyojini qondirishi va yetarli miqdorda oqsillar bilan boyitilgan bo‘lishi zarur. Bemorga yog‘lar miqdori chegaralangan holda sutli-o‘simlikli parhez tayinlanadi. Ovqat yarim suyuq holda kuniga 4—5 mahal beriladi. Ratsionning umumiy kaloriyasi sutkasiga 3000 kaloriyani tashkil qilishi kerak. Yetarli miqdorda kaliy tuzlari, temir va vitaminlar bilan ta’min- langan bo‘lishi zarur. Har qanday o‘tkir ovqatlar, qovurilgan tuxum va baliq, nordon karam, tuzlangan bodringlar va kon- servalarni iste’mol qilish man qilinadi. Kefir, qatiq va yangi tvorog foydalidir. Sutkada 400 g gacha tvorog tavsiya etiladi. Bemor yetarlicha uglevodlar iste’mol qilishi zarur. Buning uchun unga shirin ovqatlar, ko‘p miqdorda shakar, murabbolar, jem, shirin choy va asal tayinlanadi. Shirin mevalar hamda sabzavot, meva va rezavor meva sharbatlari foydalidir. Bemorga qaynatilgan go‘sht va yangi qaynatilgan baliq beriladi. Ko‘p suyuqlik ichish zarur. 5-parhez tayinlanadi.
Venaga tomchilab 5% li glukoza eritmasini 5% li askorbinat kislota bilan yuborish asosiy o‘rin egallaydi. Chunki glukozoterapiya gepatitni davolashda asosiy o‘rin tutadi. U energiya manbai sifatida zarur bo‘lib, antitoksik ta’sirga ega. Toksikozning og‘ir ko‘ri- nishlarida neokompensan, gemodez yoki kichik molekular poli- vinol qo‘llanadi. O‘ta og‘ir holatlarda plazma tayinlanadi. Oqsil preparatlari jigar hujayralari uchun «oqsil himoyasini» yaratadi. Plazma dezintoksikatsiya uchun ham, organizmni oqsil bilan ta’minlash uchun zarurdir. Plazma venaga tomchi usulida odatda 100 ml tayinlanadi. U rekonvalessensiya davrida gepatitnig surunkali shaklga o‘tish xavfi bo‘lganda ham yuborilishi mumkin. Kompleks davo tadbirlarida albumin ham ishlatiladi. U gipoalbuminemiyani kamaytiradi va diurezni yaxshilaydi. Albumin venaga tomchilab 5— 10% li eritma sifatida 100—200 ml yuboriladi.
Vitaminlar kasallik tufayli yuzaga kelgan vitaminlar tanqisligini qoplash uchun buyuriladi. Masalan, 5% li askorbinat kislota, nikotinat kislota, gemorragik sindrom holatida — vitamin yoki mushak orasiga 1% li vikasol eritmasidan 2—3 ml, venaga 5% li aminokapron kislota 100 ml va B guruh vitaminlar tayinlanadi. B guruh vitaminlar fiziologik miqdorlarda ichishga berilsa ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Polivitamin preparatlaridan «Dekamevit», «Geksavit», «Pangeksavit», «Geptavit» va boshqalar qo‘llanadi.
Gepatoprotektor (himoya) preparatlar odatda cho‘zilib keta- digan yoki surunkali virusli gepatitlarda qo‘llanilgani maqsadga muvofiqdir. Ilgari ko‘proq biologik preparatlardan vitogepat va sirepar keng qo‘llanilgan. Ularning asosiy ta’sir etuvchi qismlari vitaminlar kompleksi, ayniqsa B12 va B6 lar hisoblanadi. Bular toza holda qo‘llanishi ham mumkin. Keyingi yillarda essensial taklif qilindi. Preparat kapsulalar (Essensial forte) da va ampulalarda chiqariladi. Bu preparatlar yuqori samarali preparatlar hisob- lanmaydi. Keyingi yillarda kuchli gepatoprotektor ta’siriga ega bo‘lgan preparatlardan kaliy orotat, riboksin va sitoxrom keng qo‘llanilmoqda. Kaliy orotat ichishga 0,25—0,5 g (ovqatdan 1 soat oldin) kuniga 2—3 marta tayinlanadi. Davolash kursi 2—4 hafta davom etadi. Riboksin ichishga kuniga 2—3 tabletkadan (0,4—0,6 g)


  1. Download 1,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish