E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Siydikning nisbiy zichligi yuqori (1025—1028) bo‘ladi. Siydikda oqsil, eritrositlar va leykositlar aniqlanadi



Download 1,2 Mb.
bet59/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Siydikning nisbiy zichligi yuqori (1025—1028) bo‘ladi. Siydikda oqsil, eritrositlar va leykositlar aniqlanadi.
Vabo tashxisida bakteriologik usul hal qiluvchi ahamiyatga ega. Najas, qusuq, duodenal suyuqlik, ifloslangan buyumlar (bemor­ning yotoq kiyim-boshlari), o‘likdan olingan material (ingichka ichak kesmasi va o‘t xaltasi) tekshirish materiallari bo‘lib xizmat qiladi.
Tekshirish materiali bemorga antibiotiklar va boshqa kimyoviy preparatlar tayinlangunga qadar olinishi zarur, chunki ularni qo‘llagandan 1—2 soat keyin vibrionlar soni najasda ancha kamayadi va 1—3 sutkadan keyin ular odatda topilmaydi.
Material laboratoriyaga o‘z vaqtida, ya’ni olingandan keyin 3 soat ichida yetkazib berilishi shart (vabo vibrioni najasda tez o‘ladi, ayniqsa yilning issiq vaqtlarida). Bunday o‘ta xavfli infeksiyalarda materialni transportirovka qilish qoidalariga rioya qilish zarur. Ijobiy natija 18—48 soatdan keyin, ijobiy bo‘lmagan natija esa 24—48 soatdan keyin olinishi mumkin.
Tashxisning serologik usullari kasallanib tuzalganlarda ret- rospektiv tashxis qo‘yish uchun qo‘llanadi. Odatda 7—10 kun interval bilan zardoblar tekshiriladi. AR ning minimal tashxis titri 1:40 va undan yuqori hisoblanadi yoki titr qo‘sha zardoblarda oshadi.
Ekspress tashxis signal yoki oriyentirlangan tashxis hisoblanadi. Bu tashxis vaboga unchalik o‘xshash bo‘lmagan klinik ko‘rinishda kechgan kasalliklarda o‘tkaziladi. Bunda luminessent-serologik usul va vibrionlarni immobilizatsiyalash usuli ham qo‘llanadi. Ekspress tashxis usullari yordamida 15 min — 2 soatdan keyin tekshirish materialida qo‘zg‘atuvchini aniqlash mumkin.
Yakuniy qilib shuni aytish zarurki, vaboni faqatgina klinik ma’lumotlarga asosan ich ketishi va qusish bilan davom etadigan boshqa ichak kasalliklaridan ajratish ancha qiyin. Shuning uchun bakteriologik tekshirish usuli asosiy ahamiyat kasb etadi. 5—6 soatdan keyin dastlabki, 18—48 soatdan keyin esa yakuniy natija olish mumkin.
Davolash. Barcha bemorlar shifoxonaga yotqizilishi shart; kasallikning og‘ir shakllari bilan kasallanganlar alohida palatalarda izolatsiya qilinadi. Vabo kasalligi bilan og‘rigan bemorlar yot- qiziladigan gospitallar yoki epidemik vaziyatni hisobga olgan holda vaqtincha tashkil etilgan shifoxonalardagi barcha tibbiyot xodimlari bemorlarni parvarishlash va davolash bilan tanishtirilgan bo‘lishlari zarur. Ular palatalar va bo‘limda sanitar gigiyenik rejim va shaxsiy gigiyena talablarini bajarishlari shart.
Davo suv-elektrolit almashinuvini tiklashga asoslangan. Davo- lashni kasallik boshlanganidan dastlabki soatlarida boshlash kerak. Vaboga chalingan bemorlar 2 bosqichda davolanadi. Birinchi bos- qichda regidratatsiya (davolash boshlangunga qadar yo‘qotilgan suv va tuzlarni qoplash) o‘tkaziladi, ikkinchi bosqichda esa davom etayotgan suv va elektrolitlar yo‘qotish korreksiya qilinadi.
Dastlabki 5 minutda bemorda tomir urishi soni, nafas olish, arterial bosim, tana vazni, bundan tashqari, qon plazmasining nisbiy zichligi, asidoz darajasi aniqlanadi va so‘ngra tuzli eritmalarni oqim bilan yuborishga kirishiladi.
Regidratatsiya uchun zarur bo‘lgan suyuqlik hajmini aniqlash uchun Fillips formulasidan foydalanish mumkin: V=4.103 (D— 1,025)xR. Bu yerda, V — zarur bo‘lgan suyuqlik miqdori (ml); 4.10 — koeffisiyent; D — bemor qon plazmasining nisbiy zichligi; 1,025 — plazmaning normadagi nisbiy zichligi; R — bemorning tana vazni (kg).
Zudlik bilan venaga tuzli eritmalar quyishga kirishiladi. Asosiy eritmalardan biri trisol (eritmaning shartli no mi «5—4—1») hisoblanadi. Bu eritmani tayyorlash uchun apirogen bidistillangan (ikki marta distillangan) suv olinadi va 1 l bu suvga 5 g natriy xlorid

  1. g natriy gidrokarbonat va 1 g kaliy xlorid qo‘shiladi. Kvartasol ham juda foydali preparatlarga kiradi. U 1 l apirogen suvga 4,75 g natriy xlorid, 1,5 g kaliy xlorid, 2,6 g natriy asetat va 1 g natriy gidro­karbonat qo‘shish yo‘li bilan tayyorlanadi. Asesol preparatini ham ishlatish mumkin. Bu eritma 1 l apirogen suvga 5 g natriy xlorid, 2 g natriy asetat va 1 g kaliy xlorid qo‘shib tayyorlanadi. «Xlosol» eritmasi — 1 g apirogen suvga 4,75 g natriy xlorid, 3,6 g natriy asetat, 1,5 g kaliy xlorid qo‘shib, «Laktosol» eritmasi 1 l apirogen suvga 6,1 natriy xlorid, 3,4 natriy laktat, 0,3 natriy gidrokarbonat,


  1. Download 1,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish