E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Patogenezi va patologik anatomiyasi



Download 1,2 Mb.
bet140/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Qo‘zg‘atuvchi organizmga hazm yo‘llari, zararlangan teri yoki shilliq pardalar orqali kirib, limfatik va qon tomirlari orqali butun organizm bo‘ylab va jigar, taloq, ilik va boshqa a’zolarga tarqaladi, u yerda ikkilamchi o‘choqlar paydo bo‘ladi. Ular uzoq vaqt saqlanib turadigan bakteremiya o‘choqlari hisoblanadi va organizmda allergik o‘zgarishlar rivoj- lanishiga sabab bo‘ladi. Natijada sinovial pardalar, bo‘g‘imlar xaltalarining shilliq qavatlari, fassiyalar, paylar, qo‘shiluvchi to‘qima hamda mayda qon tomirlari zararlanadi. Bularning hammasi bemor organizmida umumiy klinik va patomorfologik o‘zgarishlarni vujudga keltiradi.
Kasallikdan o‘lgan kishilar jigarini gistologik tekshirganda toksik o‘zgarishlar aniqlanadi. Taloq odatda kattalashgan bo‘lib, kasal- likning boshida proliferatsiya kuzatilsa, keyinchalik fibroz rivojlanadi.
Patomorfologik o‘zgarishlar boshqa a’zo va to‘qimalarda ham kuzatiladi, nerv sistemasi (meningoensefalitlar rivojlanishigacha), jinsiy sistema, ilik, tomir va qo‘shiluvchi to‘qimalar ko‘proq zararlanadi.
Klinikasi. Yashirin davr 7 kundan 30 kungacha (ko‘pincha 14— 18 kun) davom etadi. Kasallik klinikasi turli belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Kasallikning xarakterli klinik belgilari rivoj- lanishidan oldin prodromal davr (boshlanish davri) kuzatiladi. Bu davrda umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi, uyquning buzi­lishi, bosh og‘rig‘i, ta’sirlanuvchanlik kuzatiladi. So‘ngra bemorning tana harorati 3—7 kun ichida 38—39°C gacha ko‘tariladi. Kasallik odatda asta-sekin, ammo 15—20% hollarda o‘tkir boshlanadi. Brusellyozda harorat egri chizig‘i har xil bo‘lishi mumkin. 1) to‘lqinsimon (Brucella melitensis qo‘zg‘atadigan brusellyozga xos); 2) remittirlovchi; 3) intermittirlovchi; 4) doimiy (bunda ertalabki va kechki harorat oralig‘idagi farq o‘rtacha 1°Cni tashkil qiladi). Oxirgisi juda kam uchraydi.
Kasallikning birinchi 7—10 kunida yuqori harorat bilan bemor ahvolining mos kelmasligi kuzatiladi, ya’ni tana harorati yuqori bo‘lgan bir paytda bemor o‘zini ancha yaxshi his qiladi va bunda mehnat faoliyati saqlangan bo‘ladi. Brusellyozning bu davri uchun bel va bo‘yindagi og‘riq xarakterlidir. Qayta-qayta va ko‘p terlash bemorni holdan toydiradi. Chunki bu belgilar tana harorati normada bo‘lgan taqdirda ham kuzatiladi. Kasallikning birinchi kunlari yuz terisi odatda qizargan bo‘lib, keyinchalik oqaradi.
Terida toshmalar kasallik boshlanishida kam uchraydi. Ba’zan rozeola va petexiyalar shaklida oyoqlarda paydo bo‘lishi mumkin.
Kasallikning 2-haftasi oxirida brusellyozning barcha belgilari kuchli rivojlangan bo‘ladi. Bu davrda tana harorati yuqori ko‘tarilib, bemorlar juda ta’sirchan bo‘lib qoladilar. Ular ko‘p terlaydilar va og‘riqlar endi nafaqat belda, balki ayrim yirik bo‘g‘imlarda ham kuzatiladi. Ko‘p bemorlarda qo‘ltiq osti, chov va boshqa periferik limfatik tugunlar kattalashadi. Ular paypaslaganda ozroq og‘riydi va o‘zaro yoki teri bilan birikmagan bo‘ladi. Jigar va taloq kattalashadi.
Bo‘g‘imlardan ko‘proq tizza, so‘ngra boldir-panja, chanoq-son, yelka, ba’zan tirsak bo‘g‘imlari zararlanadi. Zararlangan bo‘g‘imlar uzoq vaqt og‘rib turadi va harakatlanganda og‘riq kuchayadi. Zararlangan bo‘g‘im konfiguratsiyasi o‘zgaradi, ya’ni uning yum­shoq to‘qimalarida shish va yallig‘lanish jarayoni paydo bo‘lishi tufayli ular silliqlashgan (yassilashgan) ko‘rinishga ega bo‘ladi (periartrit). Bo‘g‘imlar ustidagi teri issiq bo‘lib, och qizg‘ish rangga kiradi.
Paypaslab ko‘rilganda bel-dumg‘aza sohasida, bo‘g‘imlar atro- fida, sonda, qovurg‘alarda, o‘mrov usti va ostida ko‘pincha mayda qattiq tugunlar va qo‘shiluvchi to‘qimaning qattiqlashgani (fib- rozitlar va sellyulitlar)ni aniqlash mumkin.
Brusellyozning o‘tkir davri 2—3 haftadan 3 oygacha davom etadi.
Agar bemor erta va samarali davolansa kasallik o‘tkir davrida sog‘ayish bilan tugashi mumkin. Davolash o‘tkazilmagan taqdirda kasallik o‘tkir davrdan surunkali davrga o‘tishi mumkin. Kasallikning bu davrida tayanch-harakat sistemasidan tashqari nerv sistemasida ham patologik belgilar qayd etiladi; bemor ta’sirchan bo‘lib qoladi, ko‘p yig‘laydi, injiqlanadi. Bundan tashqari, jinsiy a’zolar zarar­lanishi mumkin, ya’ni erkaklarda — orxitlar va epididimitlar, ayollarda — ooforitlar (tuxumdon yallig‘lanishi), endometritlar, hayz ko‘rish davrining buzilishi va homilador ayollarda esa bola tashlashlar aniqlanadi. Jigar va taloq uzoq vaqtgacha kattalashgan holda qoladi. Kasallikning bu davri 2—3 oygacha davom etadi.
Surunkali brusellyoz residivlar shaklida yoki tayanch-harakat sistemasining turg‘un buzilishlari shaklida kechishi mumkin. Jigar va taloq kattalashgan va qattiqlashgan holda aniqlanadi. Brusellyoz bilan surunkali kasallanish 3—5 yil va undan ortiq davom etishi mumkin. Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining og‘ir zararlanishi nogironlikka olib kelishi mumkin.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish