5-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli kamera KDF-3.
ezinfeksiyaning kimyoviy vositalari. Bakteriyalarni o‘ldiruvchi kimyoviy moddalar — bakterisid moddalar, ularning o‘sish va rivojlanishini to‘xtatuvchi moddalar esa — bakteriostatik moddalar deyiladi. Kimyoviy dezinfeksiya uchun har xil kimyoviy moddalar — oksid- lovchilar, spirtlar, fenollar, yuvish vositalari, kislotalar, ishqorlar va boshqalar ish- latiladi.
X l o r l i o h a k oq rangli quruq kukun bo‘lib, undan xlorning o‘tkir hidi kelib tu-
radi. U gaz holatidagi xlorni so‘ndirilgan ohak orqali o‘t- kazish yo‘li bilan zavodlarda tayyorlanadi. Faol xlorli ohak uch turda —26%, 32% va 35% li turlarda chiqariladi. Xlorli ohak kuchli bakterisid (bak- teriyalarni o‘ldirish) xusu- siyatga ega. Uning ishchi erit- malari asosiy hisoblangan 10% li eritmalardan tayyorlanadi. Buning uchun toza tayyor- langan 10% li xlorli ohak eritmasini qorong‘i joyda yopiq idishda 1 sutka davomida tindirish uchun qo‘yiladi. Bu vaqtda xlorli ohakning erimaydigan qismlari idish tubiga cho‘kadi. Xlorli ohakning tin- dirilgan eritmasi dokaning bir necha qavatidan o‘tkaziladi. Bu eritmadan bevosita qo‘llashdan oldin kerakli konsentratsiyalarda ishchi eritmalar tayyorlanadi (1 - jadval).
j adval
10 % li asosiy eritmadan xlorli ohakning ishchi eritmalarini tayyorlash
Ishchi eritmada xlorli ohak konsetratsiyasi (%)
|
Ishchi eritmada faol xlor miqdori (%)
|
Zarur konsetratsiyadagi 10 /ishchi eritma tayyorlash uchun asosiy eritma miqdori (ml)
|
Eritma uchun xlorli ohak miqdori (g)
|
0,1
|
0,025
|
100
|
10
|
0,2
|
0,05
|
200
|
20
|
0,5
|
0,125
|
500
|
50
|
1,0
|
0,25
|
1000
|
100
|
3,0
|
0,75
|
3000
|
300
|
5,0
|
1,25
|
5000
|
500
|
N e y t r a l k a l s i y g i p o x l o r i d xlor hidli oq rangdagi kukundir. Uning tarkibida 70%, 60% va 50% faol xlor bo‘lgan turlari chiqariladi. Neytral kalsiy gipoxlorid eritmalari keng doirada ta’sir qiluvchi antimikrob xususiyatga ega. Preparat foydalanil- maydigan binolarni, ichak va nafas yo‘llari infeksiyalarida tozalash- artish inventarlarini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi.
X l o r a m i n B yo k i X B, 25—28% faol xlorga ega. U xlorli ohakdan farqli o‘laroq chidamli birikma bo‘lib, yillar davomida o‘z kuchini saqlab qoladi. Bu modda ta’sirida to‘qima (mato)lar, buyum- lar va bo‘yoqlar kam yemiriladi. Xloramin kiyim-kechaklar, choy- shab, o‘yinchoqlar, idish-tovoqlarni dezinfeksiya qilishda qo‘lla- niladi. Yuqumli kasalliklar bo‘limida qo‘l va cho‘tkalarni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi.
O z o n — gaz, kislorodning shakl o‘zgarishi. U bakterisid ta’sirga ega bo‘lib, suvni yuqumsizlantirishda ishlatiladi.
o d o r o d p e r o k s i d — rangsiz suyuqlik. Uning 3% konsentratsiyadagi suvli eritmasi bakterisid xususiyatga ega, bu modda ko‘pincha yuvish vositalari bilan aralashma holida qo‘llaniladi.
E t i l s p i r t i — rangsiz uchuvchan suyuqlik. Jarrohlik va laboratoriya amaliyotida, inyeksiyalarda va boshqa holatlarda keng qo‘llaniladi.
L i z o l — 3—10% li eritmalar tarzida choyshablarni dezinfeksiya qilish hamda devor, pol va boshqalarni tozalashda ishlatiladi.
S i r k a k i s l o t a — bakterisid va bakteriostatik ta’sirga ega. Uning 3% li eritmasida qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi, 4% li eritmasida ichak tayoqchasi, 90% li eritmasida esa — tilla rang stafilokokklar nobud bo‘ladi.
X l o r g e k s i d i n — tiniq hidsiz eritma bo‘lib, grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob faollikka ega.
01 dan 0,5% konsentratsiyada davolash muassasalarida o‘choqli dezinfeksiya o‘tkazish va jarroh qo‘lini tozalashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |