E-huquqshunos tizimida sud ishlari bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma



Download 2,61 Mb.
Sana03.01.2022
Hajmi2,61 Mb.
#315258
Bog'liq
2 2 Sud ishlariDa'vo ariza bo'yicha yo'riqnoma


E-Huquqshunos tizimida sud ishlari bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma

(Da’vo arizasi)
Tashkilot hodimi o’z login va paroli yordamida adm.ijro.uz tizmiga kiradi. Sahifaning chap qismidagi bosh menyuning “yangi hujjat yaratish” bandiga kiriladi. Ochilgan sahifaning “hujjat ko’rinishi” qismidan “Sud ishi” bandi tanlanadi. (1-rasm)

1-rasm


“Sud ishi” bandi tanlangandan so’ng quyida “Jarayon yaratish” tugmasi bosiladi. So’ng yangi qo’shimcha oyna ochiladi va ushbu oyna ichidagi ikki: “Sarlavha” va “Izoh” maydonlari to’ldiriladi va “saqlash” tugmasi bosiladi. (2-rasm)

2-rasm


“Saqlash” tugmasi bosilgandan so’ng sahifaning quyi qismida “sudga oid hujjatlar turkumi” maydoni ochiladi. Ushbu maydondan kerakli turkum shabloni tanlanadi. Kerakli shablon tanlangandan so’ng “yaratish” tugmasi bosiladi. (3-rasm)

3-rasm


Hujjat yaratilgandan so’ng tanlangan shablon sahifada aks etadi. Hujjatning ilovalari mavjud bo’lsa, “Ilovalari” tugmasi orqali kompyuter hotirasida saqlangan fayllar tanlanib yuklanadi. Ilovalar tanlangandan so’ng “Saqlash” tugmasi bosiladi. (4-rasm)

4-rasm


Hujjat saqlangandan so’ng tizimning bosh menyusidagi “Sud ishlari” bandiga tushadi. “Sud ishlari” sahifasining yuqori qismida hujjat xolati kesimida bandlar joylashtirilgan: “Barcha ishlar”, “Hujjat yaratish”, “Imzolashga yuborish”, “Ko’rib chiqish” va “Yakuniy xulosa”. Saqlangan hujjat “Imzolashga yuborish” bandiga kelib tushadi. Hujjatlar ro’yxatidan kerakli hujjat ustiga bosiladi va sahifaning o’ng qismida tanlangan hujjat haqidagi barcha ma’lumotlar keltiriladi.(5-rasm).

5-rasm


Hujjat ma’lumotlarining quyi qismida “Imzolash uchun jo’natish” tugmasi bosiladi. (6-rasm)

6-rasm


“Imzolash uchun jo’natish” tugmasi bosilganda qo’shimcha oyna ochiladi. Ushbu oynada tashkilot hodimlari ro’yxati keltiriladi. Ushbu ro’yxatdan imzolovchi shaxs tanlanib “Saqlash” tugmasi bosiladi. Shundan so’ng hujjat imzolovchi shahs profiliga imzolash uchun kelib tushadi. (7-rasm)

7-rasm


Imzolovchi shahs o’z login va paroli yordamida adm.ijro.uz tizimiga kiradi. Hodim tomonidan yuborilgan hujjat imzolovchi shahs profili bosh menyusidagi “Ko’rib chiqish uchun” bandining “Imzolash uchun” qismiga, shu bilan birga bosh menyudagi “Sud ishlari” bandining “Ko’rib chqish” qismiga kelib tushadi. “Sud ishlari” bandining “Ko’rib chiqish” qismida keltirilgan hujjatlar ro’yxatidan kerakli hujjat tanlanadi va sahifaning o’ng qismida tanlangan hujjat haqidagi barcha ma’lumotlar keltiriladi. (8-rasm)

8-rasm


Hujjatlar bilan tanishish uchun hujjat ustiga bosiladi. Hujjatni imzolash uchun “Imzolash” tugmasi bosiladi. Ma’lum sabablarga ko’ra hodim tomonidan yaratilgan hujjatni qayta ishlashga yuborish kerak bo’lsa, “Qayta ishlashga yuborish” tugmasi bosiladi. “Imzolash” tugmasi bosilgandan so’ng hujjatning o’zi ochiladi. Ushbu sahifada “Вставить” tugmasi yordamida hujjatga QR tushuriladi va hujjatning kerakli joyiga joylashtiriladi. QR kod joylashtirilgandan so’ng “Imzolash(Подписать)” tugmasi bosiladi. Yangi oynada tizim tomonidan imzo qo’yuvchi shahsning “ochiq kaliti” so’raladi. Ochiq kalit kiritilgandan so’ng “Yopiq kalit” so’raladi. Yopiq kalit ham kiritilgandan so’ng yana bir marotaba “Imzolash(Подписать)” tugmasi bosiladi. (Tizimga bir marta hodimning ochiq va yopiq kaliti kirgizilsa, bundan keying o’rinlarda, imzolash jarayonlarida ochiq va yopiq kalitlar so’ralmasdan, “Imzolash(Подписать)” tugmasi bosilishi bilan hujjat imzolanadi). (9-rasm)

9-rasm


Hujjat tashkilot raxbari tomonidan imzolangandan so’ng yuridik markaz rahbariga kelib tushadi. Yuridik markaz rahbari o’z login va paroli yordamida law.ijro.uz tizimiga kiradi. Hujjat rahbar profilining bosh menyusidagi “Sud ishlari” bandining hodim belgilash qismiga kelib tushadi. Ro’yxatdan kerakli hujjat ustiga bosilganda sahifaning o’ng qismida tanlangan hujjat va u haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. (10-rasm)

10-rasm


Sahifaning quyi qismidagi “Ma’sul hodim tanlash” tugmasi orqali hujjatga ma’sul hodim belgilanadi. Hodim belgilangandan so’ng “saqlash” tugmasi bosiladi (11-rasm)

11-rasm


Rahbar hujjatni hodimga yuborgandan so’ng hujjat hodim profilining bosh menyusidagi “Sud ishlari” bandining “Hujjat yaratish” qismiga kelib tushadi. Ro’yxatdan kerakli hujjat ustiga bosiladi va sahifaning o’ng qismida tanlangan hujjat va u haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. (12-asm)

12-rasm


Hodim hujjatni ko’rib chiqqandan so’ng sahifaning quyi qismidagi “Da’vo arizasi” tugmasini bosadi. (13- rasm)

13-rasm


“Da’vo arizasi” tugmasi bosilgandan so’ng qo’shimcha oyna ochiladi. Ushbu oynada da’vo arizasi ma’lumotlari kiritiladi. Birinchi maydonga hujjatning qisqacha mazmuni, ikkinchi maydonga hujjatning o’zi (kompyuter hotirasida saqlangan .docx formatidagi fayl) yuklanadi yoki law.ijro.uz tizimning office dasturida yaratiladi. Uchunchi maydonga hujjat ilovalari (agar ilovalar mavjud bo’lsa) kiritiladi. Barcha ma’lumotlar kiritilgandan so’ng “Saqlash” tugmasi bosiladi. (14-rasm)

14-rasm


“Davo arizasi” saqlangandan so’ng ushbu sahifada “Imzolash” tugmasi hosil bo’ladi. “Davo arizasi”ni ma’sul hodimning o’zi imzolaydi. Ariza imzolangandan so’ng yuridik markaz rahbariga tasdiqlash uchun kelib tushadi. Ariza yuridik markazi rahbari profili bosh menyusidagi “sud ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. Ushbu qismdagi kerakli hujjat tanlanadi. Tanlangan “davo arizasi” ko’rib chiqilib, sahifasining quyi qismidagi “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi. Agar ma’lum sababga ko’ra davo arizasini rad qilish kerak bo’lsa, “rad etish” tugmasi bosiladi (hujjat rad etilganda ma’sul hodimga qayta ishlash uchun qayta kelib tushadi).(15-rasm)

15-rasm


“Davo arizasi” yuridik markaz rahbari tomonidan tasdiqlangandan so’ng tashkilodagi ma’sul hodimga kelib tushadi. Tashkilot ma’sul hodimiga bosh menyudagi “sud ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. Ushbu sahifada kerakli hujjat tanlanib, ko’rib chiqiladi. So’ng tashkilot rahbariga imzolash uchun yuboradi yoki ma’lum sabablar asosida yuridik markazga “qayta ishlash uchun” yuborishi mumkin. (16-rasm)

16-rasm


Tashkilot rahbariga hujjat bosh menyudagi “sud ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. Ushbu sahifadan kerakli hujjat ustiga bosiladi. Tanlangan hujjat (da’vo ariza) ko’rib chiqiladi va “imzolash” tugmasi yordamida hujjat imzolanadi. Tashkilot rahbari tomonidan hujjat imzolangandan so’ng, hujjat tashkilotdagi ushbu hujjatga ma’sul bo’lgan hodim profiliga sud ma’lumotlarini kiritish uchun bosh menyudagi “sud ishlari” bandining “hujjat yaratish” qismiga kelib tushadi. Hujjat ko’rib chiqilgandan so’ng, suddan kelgan ma’lumotlarni tizimga kiritadi. Buning uchun “Sud jarayonini kiritish” tugmasi bosiladi .(17-rasm)

17-rasm


“Sud jarayonini kiritish” tugmasi bosilgandan qo’shimcha oyna ochiladi. Ushbu oyna maydonlari to’ldiriladi, kerakli ma’lumotlar kiritiladi va “Yaratish” tugmasi bosiladi. (18-rasm)

18-rasm


“Yaratish” tugmasi bosilgandan so’ng ilova kiritish qismi ochiladi. Ilova kiritilgandan so’ng Saqlash tugmasi bosiladi. (19-rasm)

19-rasm


Sud jarayoni ma’lumotlari saqalngandan so’ng qo’shimcha o’yna yopiladi va sahifaning quyi qismidagi “imzolash uchun jo’natish” tugmasi orqali tashkilot rahbariga imzolash uchun yuboriladi. (20-rasm)

20-rasm


Hujjat rahbar profili bosh menyusidagi “Sub ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. “ko’rib chiqish sahifasidan kerakli hujjat tanlanib ko’rib chiqiladi “imzolash” tugmasi yordamida imzolaniladi.

Sud ma’lumotlari imzlanishi bilan, yuridik markaz rahbari profili bosh menyusidagi “sud ishlari” bandining “hodim belgilash” qismiga kelib tusahdi. Kerakli hujjat tanlanib sahifasning quyi qismidagi “ma’sul hodim tanlash” tugmasi orqali hodim belgilanadi. (21-rasm)

21-rasm

Hujjat tanlangan ma’sul hodim profili bosh menyusidagi “sud ishlari” bandining “Hujjat yaratish” qismiga kelib tushadi. Ro’yxatdan kerakl hujjat tanlanadi va ko’rib chiqiladi. Hujjat ko’rib chiqilgandan so’ng bo’lib o’tgan sud bo’yicha yakuniy xulosalarni kiritadi. Buning uchun sahifaning qiyu qismidagi “yakuniy xulosa kiritish” tugmasi bosiladi. Tugmas bosilganda qo’shimcha oyna ochiladi va ushbu oynadagi maydonlar to’ldiriladi, kerakli ma’lumotlar yuklanadi va “saqlash” tugmasi bosiladi. (22-rasm)



22-rasm


Sud ishiga doir hullatlar saqlangandan so’ng yuridik markaz rahbariga imzolash uchun yuboriladi. Buning uchun sahifaning qiyi qismidagi “imzolash uchun jo’natish” tugmasi bosiladi. HUjjat yuridik markaz rahbari profili bosh menyusidagi “sud ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. Hujjat ko’rib chiqilgandan so’ng “imzolash” tugmasi yordamida imzolanadi. Ma’lum sabablar asosida hujatni markaz hodimiga qayta ishlash uchun qaytarish kerak bo’lsa “qayta ishlashga yuborish” tugmasi bosiladi. (23-rasm)

23-rasm


Yuridik markaz rahbari yakuniy xulosa ma’lumotlarini imzolagandan so’ng, hujjat tashkilot rahbari profili bosh menyusidagi “sud ishlari” bandining “yakuniy xulosa” qismiga ko’rib chiqish uchun kelib tushadi. (24-rasm)

24-rasm

Tashkilot rahbari yuridik markaz tomonidan yuborilgan yakuniy xulosalarni ko’rib chiqgach, sahifaning quyi qismidahi “jarayonni to’xtatish” tugmasi yordamida ishni yopadi va shu yerda jarayon tugatiladi. Agar ma’lum asoslarga ko’ra ishni apelyatsiyaga berish qarori qabul qilinsa tashkilot rahbari “Apelyatsiyaga berish” tugmasini bosadi. (25-rasm)



25-rasm


Apelyatsiya hujjatini yaratish uchun tashkilotdagi ma’sul hodim profili bosh menyusidagi “sud ishlari” bandining “hujjat yaratish” qismiga kiradi va rahbar appelyatsiyaga bergan hujjatni tanlaydi. Sahifaning quyi qismida “apelyatsiya hujjatini yaratish” tugmasini bosadi. Tugma bosilgandan qo’shimcha oyna ochiladi. Qo’shimcha oynadagi maydonlar to’ldiriladi va “yaratish” tugmasi bosiladi. (26-rasm)

26-rasm


Hujjat yaratilgandan so’ng ushbu qo’shimcha o’ynada ilova kiritish maydoni ochiladi. Ilovalar biriktirilgandan so’ng Saqlash tugmasi bosiladi. Hujjat saqlangandan so’ng imzolash uchun tashkilot rahbariga yuboriladi. Buning uchun sahifaning quyi qismidagi “imzolash uchun yuborish” tugmasi bosiladi. Hujjat rahbarg profili bosh menyusidagi “sud ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. Hujjat ko’rib chiqilib “imzolash” tugmasi yordamida imzolanadi. Hujjat imzolangandan so’ng tashkilot ma’sul hodimi profiliga sud ma’lumotlarni yuklash uchun kelib tushadi. Ma’sul hodim “sud ishlari” bandininig “hujjat yaratish” qismiga o’tadi va sud ma’lumotlari kiritilishi kerak bo’lgan hujjatni tanlab, sahifaning quyi qismigadi “sid jarayonlarini kiritish” tugmasini bosadi. Tugmasi bosilgandan qo’shimcha oyna ochiladi va ushbu oynadagi maydonlar to’ldiriladi, kerakli ma’lumotlar yuklanadi. (27-rasm)

27-rasm


Sudga oid hujjatlar yuklangandan so’ng ushbu qo’shimcha oynada “yaratish” tugmasi hosil bo’ladi va ushbu tugmasi bosiladi. Sudga oid hujjat yaratlgandan so’ng ushbu qo’shimcha oynada ilova yuklash maydoni hosil bo’ladi. Ushbu maydonga kerakli ilovalar yuklangandan so’ng “Saqlash” tugmasi bosiladi. Yaratilgan hujjatni sahifaning quyi qismidagi “Imzolash uchun jo’natish” tugmasi yordamida tashkilot rahbariga imzolash uchun yuboriladi.

Rahbar hujjatni ko’rib chiqib “imzolash” tugmasi yordamida hujjatni imzolaydi yoki ma’lum sabablar asosida hujjatni “qayta ishlashga yuborish” tugmasi orqali ma’sul hodimga qayta yuborishi mumkin. (28-rasm)



28-rasm


Tashkilot rahbari “sud shikoyati” turidagi hujjatni imzolagandan so’ng, hujjat yuridik markaz rahbariga ma’sul hodim belgilash uchun kelib tushadi. (29-rasm)

29-rasm


Hujjat tanlanganda sahifaning quyi qismida “ma’sul hodim tanlash” tugmasi yordamida yuridik markaz rahbari ushbu sud shikoyati (apelyatsiya) masalasini ma’sul hodimga yuboradi. Hujjat ma’sul hodimga bosh menyudagi “sud ishlari” bandining “hujjat yaratish” qismiga kelib tushadi. (30-rasm)

30-rasm


Sahifaning quyi qismida “apelyatsiya” tugmasi bosiladi. Tugma bosilgandan qo’shimcha oyna ochiladi. Ushbu oynadagi maydonlar to’ldiriladi, kerakli hujjat yuklanadi va “saqlash” tugmasi bosiladi. So’ng ma’sul hodim, yaratgan hujjatini “imzolash” tugmasi (shu sahifaning o’zida)orqali imzolaydi. Hujjat imzolangandan keyin markaz rahbariga tasdiqlash uchun bosh menyudagi “sud ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. (31-rasm)

31-rasm


Yuridik markaz rahbari hujjatni ko’rib chiqqandan so’ng sahifaning quyi qismidagi “tasdiqlash” tugmasi orqali ma’sul hodim yaratgan hujjatni tasdiqlaydi. Ma’lum asoslarga ko’ra hujjatni rad etish uchun esa “rad etish” tugmasi bosiladi. (32-rasm)

32-rasm


Markaz rahbari apelyatsiya hujjatini tasdiqlagandan so’ng tashkilotdagi ushbu hujjatga ma’sul shaxs profili bosh menyusidagi “sud ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. (33-rasm)

33-rasm


Tashkilot ma’sul hodimi hujjatni ko’rib chiqgach imzlash uchun tashkilot rahbariga “Imzolash uchun jo’natish” tugmasi yordamida yuboradi. Hujjat tashkilot rahbari profili “sud ishlari” bandining “ko’rib chiqish” qismiga kelib tushadi. Rahbar hujjatni ko’rib chiqgach “imzolash tugmasi yordamida hujjatni imzolaydi.
Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish