1.2 Ehtimollikning klassik ta ’rifi
Q chekli n ta teng imkoniyatli elementar hodisalardan tashkil topgan bo‘lsin. A hodisaning ehtimolligi deb, A hodisaga qulaylik yaratuvchi elementar hodisalar soni k ning tajribadagi barcha elementar hodisalar soni n ga nisbatiga aytiladi. P( A ) = N( A)/ N (Q) = (1).
Klassik ta’rifdan foydalanib, ehtimollik hisoblashda kombinatorika elementlaridan foydalaniladi. Shuning uchun kombinatorikaning ba’zi elementlari keltiramiz. Kombinatirikada qo‘shish va ko‘paytirish qoidasi deb ataluvchi ikki muhim qoida mavjud. A = {a1, a2 ,.., an} va B= {b1, b2,..., bn} chekli to ‘plamlar berilgan bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |