binokulyar ko'rishda xilma-xillik yuzaga keladi. Xarakter xislatlarida chekinish,
hadiksirash, ishonchsizlik hislari yetakchi rol o'ynay boshlaydi.
Psixologlardan I.Baylash va D.Zabeklar keksalarda xotira, idrok, mantiqiy
tafakkur, eruditsiya, nutq sur’ati kabilami tadqiq qilib, ular o‘rtasidagi
korrelyatsion bogianishni (xotira - 0,20, idrok - 0,28, mantiqiy tafakkur - 0,37,
eruditsiya - 0,33, nutq tezligi - 0,40 ligini) aniqlaganlar. Amerikalik psixologlar
Frend va Zabeklar keksalik davrida tafakkuming tanqidiyligini o‘rganishda
deduksiya va sillogizmlardan foydalanib, keksalikda tafakkuming ob’ekti
torayishi va keskin rad qilish kuchayishini aniqlaganlar. D.Bromley qariyalarda
ijodiy tafakkuming pasayishi, o‘ta qiyinchilik bilan yangi sharoitga moslashuvini
va dogmatizmga asoslanishini topgan.
B.A.Grekov so‘z assotsiatsiyasi metodi asosida keksalarda xotira
jarayonining xususiyatini tekshirgan. Uning ma’lumotlarini quyidagicha
ifodalash mumkin:
1) 70-80 yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda olib qolish)
zaiflashadi;
2) 70-89 yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada
miqdoming ahamiyati
saqlanadi;
3) obrazli xotira zaiflashadi;
4) 70-89 yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki
aloqasi yotadi;
5) uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi;
6) 90 yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi;
7) xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi.
Psixologiyada qariyalarda aqliy faollikni o‘rganishda korreksion sinov va
Krepilin sinovidan foydalaniladi. Kamolotning umumiy modeli U. Shayening uch
omilli variantlari yordamida yaratiladi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida keksalikni uchta tomondan: ontogenez
psixologiyasi, psixogerontologiya va tibbiyot psixologiyasi yo'nalishlarida
o‘rganish zarur ma’lumotlar to‘plash imkoniyatini bermoqda.
Sog‘lom qariyalarda donishmandlik umming oxirgi nafasiga qadar
saqlanishi tajribalarda qayd qilindi. Psixopatologik holatlar barcha qariyalar
uchun majburiy bosqich emasligi ham tasdiqlangan.
Keksalik
davrida,
umuman
ayollar
bilan
erkaklar
o‘rtasidagi
donishmandlikda farq mavjud bo‘lsa ham,
lekin qariyalar orasidagi
donishmandlik, donolik xislatlari ham ikkala ham jinsga xosdir.
Shuning uchun
ikkala jins o‘rtasida biologik qarishda tafovut mavjud bo‘lsa-da, lekin ruhiy
jihatdan zaiflashuv jarayonida o‘zaro yaqinlik hukm suradi.
Psixogerontologiyada yuksak ijodiy faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishlarini
tadqiq
qilish
rassomlar,
yozuvchilar
va
bastakorlaming
ijodini,
huquqshunoslamiig qobiliyati va mahoratini hisobchilaming kasbiy malakalarini
o‘rganish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
241
G.Leman o‘ztadqiqotlarida turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini tahlil
qilib, ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha ifodalagan. Masalan, fransuz
rassomi Klod Mone 50 yoshda 86 yoshigacha ijodiy quw atini sira
bo‘shashtirmay, sermahsul mehnat qilgan. Uning ijodida hech qanday tushkunlik
ro‘y bermagan. Ijodiy mahsuldorlik evolsiyasi Titsian, L.Kronax, O.Tian,
Mikelanujelez kabi o‘nlab ijodkorlarga xosdir.
G.Leman o‘z tadqiqotlarida ijodiy faollikning o ‘ziga xos ko*rinishlarini
yozuvchi misolida o‘rgangan. Muallif hind yozuvchisi R.Tagoming ijodiyotini
tahlil qilib, uning ijod chuqqisi 69 yoshda bo‘lganini aniqlagan (yozuvchilar
ijodiyot chuqqisi 34 yoshda, 43 yoshda ham uchraydi). R.Tagoming 25 yoshida
yozgan “Kelin” she’ri bilan 78 yoshda yozgan “Sarob” asari o ‘rtasidagi
o4xshashlik va ustunlik chuqur ifodalangan.
G.Leman bastakor I.S.Bax (1685-1750) ijodiyotini tekshirib, uning
durdona asarlari keksalikda yaratilganini aniqlagan. G.Leman o‘z tajribalarida
huquqshunoslik, hisobchilik kasblaridagi shaxslami o‘rganib, ular ijodiyotini
muhim jihatlarini ochib bergan.
A.RXuriya xotiraning o‘ziga xos xususiyatini jum alist misolida o‘rganib,
keksa kishilar psixikasi bo'yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan
ma’lumotlar to‘plagan.
Keksalik yoshidagi chol va kampirlarda o*z shaxsiyatiga yangicha
munosabatlar paydo bo‘ladi. Ko'pincha ular o‘zlarini kamroq bezovta qilishga,
jismoniy kuch-quwatni
ayashga,
ehtiyotkorlik bilan
harakat
qilishga
odatlanadilar, organizmlarining toliqishiga yo‘l qo‘ymaydilar, iloji boricha nutq
faoliyatiga kamroq murojaat qiladilar, ortiqcha axborotlami qabul qilmaydilar.
Shuning uchun keksayganda “jon shirin bo‘lib qoladi”.
Keksalikda er-xotin o‘rtasidagi munosabat yanada mustahkamlanadi, yangi
shakl va yangi sifat kasb etadi. Muloqot kezida barcha taassurotlar, ma’lumotlar,
kechinmalar, his-tuyg‘ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qumsash,
hamdardlik kabi yuksak tuyg‘ular totuvlikni yanada mustahkam lay di.
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham
xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak insonparvarlik hissi tufayli ular yer
yuzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Bu so'nggi yuksak tuyg‘u
baynalmilalchilikning tabiiy ko(rinishidir. Qariyalardagi rahmdillik, poklik,
orastalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg‘ulaming ifodalanishi boshqa yosh
davridagi odamlar tuyg‘usiga aslo o ‘xshamaydi. Shuning uchun “qari bilganni -
pari bilmas”, - degan naql bor.
Do'stlaringiz bilan baham: