E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


Ilk o‘spirin!ar aql-idrokining xususiyatlari



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

6.2. Ilk o‘spirin!ar aql-idrokining xususiyatlari
Ilk o ‘spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning 
psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. Ilk o‘spirinlarga adabiy qahramon qiyofasini 
ifodalash, asar mohiyati, mazmuni va g‘oyasi yuzasidan mustaqil holda hukm va 
xulosa chiqarish topshirilganda ular, birinchidan, asami o‘qishgan, biroq hech 
qanday xulosa chiqarishmagan, ikkinchidan, mavzuga ijodiy yondashmasdan 
o‘qituvchining har bir so‘zini esda saqlab olib, hech o‘zgarishsiz qaytadan aytib 
berishga harakat qilishgan, uchinchidan, o‘zlari maktabdan va sinfdan tashqari 
faoliyatlarida eshitganlari, o‘qiganlari bilan o ‘qituvchining axboroti, ma’lumoti 
xabami umumlashtirib javob berishgan, to‘rtinchidan, o‘z fikrlarini bayon etishga 
qiynalganlarida asar dan ko‘chirmalar keltirishgan.
0 ‘quvchilarda nazariy tafakkumi shakllantirishda to‘garak va fakultativ 
mashg‘ulotlar, kasbiy fanlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ilk 
0
‘spirin 
o'quvchining 
mustaqil 
fikrlashini 
rivojlantirishda 
o'qituvchilar, 
sinf 
rahbarlarining siymolari muhim rol o'ynaydi. 0 ‘qituvchilar ilk o'spirinlarda 
o4rganilayotgan narsa va hodisalaming ob’ektivligi, haqqoniyligi, to‘g‘riligiga 
ishonch hosil qilishlari, ulardan qanoatlantirishlari va ulami isbotlashga o‘rgatib 
borishlari zarur. Ikkinchidan, fan o‘qituvchilari ulami narsa va hodisalar 
to‘g ‘risida 
original 
fikr 
yuritishga 
yoMlashlari 
kerak. 
Uchinchidan,
177


o‘quvchilaming mashg‘u!otlarda qo'llanaverib, ma’naviy eskirgan bir qolipdagi 
so‘zlardan, 
iboralardan 
foydalanishlariga 
yo‘l 
qo‘ymasliklari 
kerak. 
To‘rtinchidan, fan o‘qituvchiIari o‘spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga 
tatbiq qilishni o4rgatishlari shart, buning uchun ularda amaliy malakalami 
shakllantirishga harakat qilishlari lozim.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo 
mumkin emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga o‘quvchining nutq 
faoliyati ham o‘sadi. Bu esa o ‘quvchida o‘z fikrini to‘g‘ri, aniq ifodalash 
malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug‘at 
boyligini yanada oshiradi.
Ilk o‘spirin adabiy asarlami o‘qish va tushunish orqali mustaqil fikrlashga, 
mulohaza yuritish va munozaraga o‘rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va 
jamiyat o‘zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. M a’lumki shaxsning 
ana shu fazilatlari fikrlashi, mustaqil o‘ylashi, to‘g‘ri hukm va xulosa chiqarishi, 
qat’iy qarorga kelishining natijasidir.
Yigit va qizlaming adabiy asami baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarini 
bildirishi, muammoli tomonlari yuzasidan bahslashuvi va hokazolarda insoniy 
xislatlaming muayyan darajada ishtirok etishi aql tanqidiyligining aynan 
o‘zginasidir. Turmushda uchraydigan noo‘rin tanqidiylik esa ilk o ‘spirinning 
badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. 0 ‘qituvchi ayni shu paytdagi asosiy 
vazifasi - o‘quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga 
ko‘tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashni 
o‘rgatishdan iboratdir.
Mazkur yoshdagi o‘quvchi aqlining tanqidiyligida og‘machiIikka moyillik 
kuchli bo‘ladi. Og‘machi!ikning eng asosiy sabablaridan biri - voqelikning 
mohiyatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushunmaslikdir. Shuningdek, uning “o‘z 
pozitsiyasi”da bo‘sh kelmasligi, narsa va hodisalaming asl mohiyatini anglab 
turib,jo‘rttaga “o‘jar!ik” qilishi ham ana shu og‘machilikning bir ko‘rinishidir.
Ularda moddiy dunyo to‘g‘risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy 
dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkuming tanqidiylik 
xususiyati 
rivojlana boshlaydi. Aqlning yoki tafakkumnng tanqidiyligini tarbiyalashda 
0
‘qituvchi o'quvchining o ‘ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot 
darajasiga, bilimlari saviyasiga, mulohaza doirasining kengligiga, nutq 
qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai nazariga, o ‘qishga nisbatan munosabatiga, 
qiziqishining xususiyat va darajasiga, aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik 
bilishiga, mavjud o ‘qish ko‘nikmasi va malakalariga alohida e’tibor berishi lozim.
Aql tanqidiyligining rivojlanishi yangicha ta’lim muassasa o‘quvchilarini 
moddiy dunyoni, atrof-muhitni o‘rganishga, o‘quv materiallarini puxta 
o ‘zIashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollikka da’vat etadi va 
bundan tashqari, voqelikni isbotlash va asoslash ko‘nikmalari tarkib topishiga 
imkon yaratadi. 0 ‘rganilayotgan hodisa to‘g ‘risida hukm va xulosa chiqarish, 
tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
178


Ilk o'spirin tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, 
kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkuming 
mazmundorligi deganda, ilk o ‘spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik bo‘yicha 
mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda 
tutiladi. Tafakkuming chuqurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va 
hodisalaming asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, o‘zaro bogManishi va 
munosabatlari ilk o'spirinning fikrlashida to‘liq aks etishi tushuniladi. 
Tafakkuming kengligi esa o‘zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog‘Iiq 
bo‘ladi. 0 ‘quvchi narsa va hodisalaming eng muhim alomat va xususiyatlarini 
mujassamlantirsa, o*tmish, hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini 
bildira olsa, buni keng tafakkur deyiladi. Tafakkuming mustaqilligi deganda, ilk 
o‘spirin tashabbuskorlik bilan o ‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi va ulami 
hech kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning 
tashabbuskorligi deganda, ilk o*spirinning o‘z oldiga yangi g‘oya, muammo va 
vazifalar qo‘yishini, ulami amalga oshirishda samarador vositalami ham o‘zi 
topishga intilishini anglaymiz. Aqlning pishiqligi vazifalami bajarishda yangi 
usullami tez izlab topish va qo‘llay olishda, eskirgan vositalardan qutulishda 
namoyon bo‘ladi. Agar o‘quvchi muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun 
qimmatli yangi fikrlami aytgan boMsa, nazariy va amaliy vazifalami hal qilishda 
yordam bersa, buni samarador tafakkur deyiladi. Tafakkuming tezligi savolga 
to‘iiq javob olingan vaqt bilan belgiianadi. Ilk o‘spirin tafakkurining tezligi qator 
omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur materialning xotirada mustahkam 
saqlanganligiga, uni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog‘lanishning 
tezligiga, turli his-tuyg‘ulaming mavjudligiga, o‘quvchining diqqati va 
qiziqishiga; ikkinchidan, uning bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan 
ko‘nikma va malakalarga bog‘liqdir.
Ilk o ‘spirin qobiliyati, layoqati va iste’dodi ta’lim jarayonida mehnat 
faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik iste’dodli ekanini aniqlash uchun 
ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, 
mantiqiy fikrlashining tezligi, izchilligi, samaradorligiga e’tibor berish kerak. 
Qobiliyatning o‘sishi bilimlar, ko‘nikmalar, malakalaming sifatiga bog‘liq bo‘lib, 
shaxsni kamol topish jarayoniga qo‘shilib ketadi.
Ilk o‘spirinlikda o‘tiladigan darslar, laboratoriya ishlari va amaliy 
mashg‘ulotlar, referat konspekt yozish kabi ta’limiy faoliyat turlari yangicha 
ta’lim muassasi o‘quvchilari o‘zlashtirishi zarur materiallami mustaqil holda 
tushunishga olib keladi. Bu ishlar kundan-kunga ko‘proq ahamiyat kasb etishi 
natijasida tafakkur tobora faol, mustaqil, ijodiy tus olib boradi. Bulaming barchasi 
ilmiy-nazariy 
tafakkuming shakllanishiga, tevarak-atrofdagi voqelikning 
umumiy qonuniyatlarini bilish qobiliyati o‘sishiga, aqliy unkoniyatlar vujudga 
kelishiga, tabiat va jamiyat rivojlanishining qonunlarini anglab olishga muhim
shart-sharoitlar yaratadi.
Ilk o‘spirinlar biror hodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim 
xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar.
179


Darsliklardan o‘qigan va o‘qituvchi!ardan eshitgan axborotlar, xabarlar va 
ma’lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat 
qiladilar, biroq ularda o‘smirlar singari obro‘ ketidan ergashish juda kam sodir 
bo‘ladi. Ular har bir darsda tanishilgan materiallaming mohiyatiga, inson uchun 
zarurligiga ishonch hosil qilishga to‘xtovsiz intiladilar. Ba’zan ta’lim jarayonida 
shaxs tomonidan biror narsaga e’tiroz bildirsa yoki shubhalansa, uni nohaq 
ravishda qoralaydi. Tafakkumi oqilona yo‘llar bilan o ‘stirish uchun favqulodda 
holatlarda o ‘quvchining mazkur 
xususiyatini 
yomonlamay, 
balki 
uni 
rag‘batlantirish to‘g ‘riroq bo‘ladi.
Ilk o‘spirinlik yoshida kollej o‘quvchi!ari aqliy faoliyatning omillari va 
usullari bilan yetarli darajada qurollangan bo‘Iadi!ar.
Shunday qilib, ta’lim jarayonida turli fanlami o‘qitish tufayli keng ko‘lamli 
bilimlar sistemasi o‘zlashtirilishi orqali kollej va akademik litsey o‘quvchilarida 
tafakkuming faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi ortadi. Ularda 
dialektik-refleksiv nazariy tafakkur tarkib topadi. Shu sababli voqelikning ichki 
bog‘lanishlari, munosabatlari jamiyat rivojlanishining qonunlarini bilish va 
anglab olish ko‘nikmasi yuqori pog‘onaga ko‘tariladi.
Agar o'smirlar tafakkuri yaqqol-obrazli tafakkuming mavhum tafakkurga 
aylanishi bilan xarakterlansa, bu yoshdagi o ‘quvchilarda dialektik-kreativ 
tafakkur qobiliyati rivojlana boshlaydi va bu tafakkur tabiat hamda jamiyat 
rivojlanishining umumiy qonunlari bilan bevosita boglliq bo‘Iadi. Mazkur 
qonunlaming vujudga kelishi, o‘zgarib borishi, o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘lishi, shuningdek, o‘zaro uzviy bog‘liqligiga doir murakkab bilimlar ulaming 
yosh xususiyatiga aynan mosdir.

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish