Ill
TO‘RTD4CHI BOB
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI 0 ‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
4.1.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixikasiga umumiy
tu sh u n c h a
Odatda psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 yoshdan 10 (11)
yoshgacha bo‘lgan boshlang‘ich sinf (I-IV) o ‘quvchilari kiritiladi. Lekin bu yosh
davrga ajratish prinsipi qat’iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq
ta’limi tizimida yuz beradigan ayrim o ‘zgarishlar bunga u yoki bu tarzda o ‘z
ta’sirini o‘tkazadi. Jumladan, bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotgan
paytdan boshlab tayyorgarlik ko‘ra boradi, buning uchun u, d a sta w a l ta ’lim-
tarbiya tomonidan o ‘quvchi shaxsi oldiga qo‘yiladigan turli mazmundagi talablar
bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologik -
jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jism oniy va aqliy m ehnat
qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Maktab ta ’limiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning ob’ektiv va
sub’ektiv jihatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatiarining
o‘zaro mutanosibligi nazarda tutiladi. 0 ‘quvchi maktab ta’limiga keng m a’noda
psixologik jihatdan ob’ektiv tayyor bo‘ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim
olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola o‘z
idrokining o ‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi,
dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining
kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o ‘quvchilardan (jumladan, o ‘sm irlardan) ajralib
turadi. Maktab ta’limiga tayyorlik ko‘rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq
muddatli va shartli ravishda barqaror ko‘rinishga ega, deb hisoblash m umkin.
Diqqatning xususiyatlari (taqsimlanishi, ko‘chishi, kuchi, barqarorligi, bo‘linishi,
tebranishi va boshqalar) uning roli va syujetli o ‘yin faoliyatlarida, rasm chizish
va ko‘rish, yasash m ashg‘ulotlarida, loy ham da plastilindan narsa yasashda, katta
yoshdagilar va tengqurlari nutqini idrok qilish va tushunishda, m atem atik
amallami bajarishda, hikoya tinglash ham da shaxsan o ‘zi ham tuzishda bevosita
namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib, bola o ‘z diqqatini muayyan ob’ektga, narsa va
112
hodisalarga yo‘naltirishga, to*plashda va uni
mustahkam lashda ham da
taqsim lashda m a’lum darajada ko ‘nikmani egallagan bo‘lib, o ‘z diqqatini
boshqarish, zarur paytda, uni shaxsan tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi
kiziqarli ajoyibotlarga, g*aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajjubga
soladigan m a’lumotlar va hodisalam i puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga
tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki
bu axborotlam i egallab kelgan boMsa, endi u o ‘z xohish irodasi bilan, muayyan
motivatsiyaga asoslangan holda zarur m a’lumotlar olishga, o ‘z oldiga yaqqol
maqsad va aniq vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot
darajasiga erishganligini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o ‘zining uncha
boy bo‘lmagan shaxsiy tajribasiga asoslanib, she’r, xikoya, ertaklam i esda
qoldirish uchun ulam ing takrorlanganligi, yod olishning qulay y o ‘l va usullaridan
foydalanganligi ta ’lim jarayonida unga ju d a qo‘l keladi. Demak, u o ‘qish, idrok
qilish, o ‘zIashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi.
Birinchi sin f o'quvchisi, k o ‘pincha yaqqol obrazli xotiraga suyangan holda
bilish faoliyatini (kognitiv holatni) tashkil etsa ham, biron bir narsa xotiraning
boshqa turlarini sira istisno qilmaydi, balki aksincha, ta’lim shaxsdan so‘z-mantiq
xotirasini taqozo qiladi, ijodiy produktiv yo‘l bilan bilimlami egallashni talab
etadi, S o‘z-mantiq xotirasining mavjudligi m atnning m a’nosiga tushunib esda
olib qolish jarayonining samaradorligini orttirishga keng imkoniyat yaratadi.
Tajribalardan shu narsa m a’lumki, bola m a’nosiz so ‘zlardan ko ‘ra, ko‘proq
m a’nodor ilm iy tushuncha ham da atamalami yaratish, tuzish va mustahkamroq
esda olib qolish xususiyatlarga ega. Uning nutqi ta’lim ga tayyorgarlik k o ‘rish
bosqichida kattalar bilan m uloqotga kirishish, o ‘zgalar fikrini uqib olish va uni
maqsadga muvofiq to ‘g‘ri idrok qilish darajasiga to ‘la javob bera oladi. Bola
nutqining tuzilishi milliy til grammatikasi qoidalariga mos, mantiqan izchil,
ifodali, rang-barang tushunchalarga boy, miqdor va ko ‘lam jihatdan har qanday
odam bilan fikr almashish, muloqotga kirishish uchun mutlaqo yetarlidir.
0 ‘quvchi o ‘zi eshitgan narsalarini, voqelik to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami
to‘g ‘ri tushuna oladi, o ‘zida mavjud bo‘lgan axborotlami (taassurotlami)
muayyan tartib bilan bayon qila biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan (narsalami
taqqoslaydi, yaqqollashtiradi, guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi) o ‘rinli
foydalanadi.
Yirik chet el va sobiq sovet psixologlari (J.Piaje, A.Vallon, J.Bruner,
L.V.Zankov, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin, N.A.M enchinskaya, V.V.Davidov,
A.Sh.Amonashivili, S.F.Juykov va boshqalar) tadqiqotlarining ko‘rsatishicha,
oqilona tashkil qilingan ta ’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal
su r’atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini ertaroq ishga tushishga,
ro ‘yobga chiqishga yordam beradi. Chunonchi, bolalar matem atik, fizik,
lingvistik, politexnik tushunchalarini o‘zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha
murakkab b o ‘lmagan masalalar, misollar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara
oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar.
113
Yuqorida yuritilgan m ulohazalarga asoslangan holda shunday xulosaga
kelish m umkinki, bolalam ing psixologik tayyorgarlik darajasi ta’limni
muvaffaqqiyatli uddalash, am alga oshirish uchun mutlaqo kafolot bera oladi. Bu
o ‘rinda uning shaxsiy xususiyatlari shakllanganligi yuzasidan ham m a’lumot
berish maqsadga muvofiqdir. Bolada shaxsning bir qator faziiatlari va
xususiyatlari yaqqol ko ‘zga tashlanadi; qat’iylik, nisbiy m ustaqillik, o‘z oldiga
maqsad qo‘ya olishlik, xulq-atvom i ijtimoiy jam oatchilik nuqtai-nazardan
baholashga intilishlik, ahd-paym onga sodiqlik, kattalam i hurm at qilishlik,
va’daga vafo qilishlik, burch va javobgarlik hislari kabilar. Shuning bilan birga
maktab ta’limiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bola o ‘z his-tuyg‘usi va ichki
kechinmalarini boshqarish uquviga egadir, hatto u o ‘z-o‘ziga, o ‘z qilm ishlari,
nojo‘ya xatti-harakatlari, o ‘rinsiz luqma tashlaganligi, ixtiyorsiz o ‘shshayganligi
uchun baholi qudrat o ‘z munosabatini bildirishi mumkin. T a’kidlab o ‘tilgan
barcha mulohazalar, sharhlar, tavsiflar maktab ta ’lim iga psixologik tayyorlikning
asosiy omillari, shuningdek, eng muhim shart-sharoitlari bo‘lib hisoblanadi.
Olti yoshli bolaning ta ’limga psixologik tayyorgarligi to ‘g ‘risida fikr
yuritganimizda, biz muayyan reja asosida tartibli, ko‘p qirrali, m aqsadga
yo4naltirilgan, o‘zaro boglliq va mantiqiy ketm a-ketlikka ega boMgan
boshlang‘ich ta ’lim uchun zamin vazifasini o ‘tuvchi ruhiy taraqqiyotning zarur
ko‘rsatkichi va darajasini nazarda tutamiz. Bu borada yana shu narsani
qo‘shim cha qilish o‘rinliki, ta ’lim uchun ruhiy taraqqiyot darajasidan tashqari,
bolaning turmush sharoiti va faoliyati tafovutlari o ‘ziga xosligi uning sihat-
salomatligi, metodik jihatdan tayyorgarligi, sodda ko‘nikm alam i egallaganligi
kabi omillam i hisobga olish maqsadga muvofiq. Bildirilgan m ulohazalam ing
barchasi bolaning maktab ta ’limiga psixologik jihatdan tayyorgarligining
ob’ektiv tom onlarini o ‘zida aks ettiradi, xolos.
Biroq bolaning maktab ta ’lim iga psixologik jihatdan tayyorlikning
sub’ektiv tom oni ham mavjuddir. Bola maktabda o ‘qish xohishi, intilishi,
predm etlarga qiziqishi, ishtiyoqi katta yoshdagi odam lar bilan m uloqotga
kirishishning istagi mazkur tayyorlik bilan uzviy bog‘liqdir. U nda bu davrga kelib
o ‘qish, bilim olish yuzasidan turli ta saw u rlar shakllanadi. Shuning uchun u
maktab jam oasining barcha a ’zolarining m as’uliyatli vazifaiarini e ’tirof etadi va
ularga itoatkorlik tuyg‘usi, ularning ko‘rsatmalarini bajarishga moyillik tug'iladi.
Lekin bolalam ing barchasi bu narsaga bir tekis munosabatda bo'ladi, deb
bo‘lmaydi, shu boisdan ular o ‘rtasida individual farq vujudga keladi. B a’zi bir
bolalar maktabga vujudi bilan talpinadilar, g o ‘yoki qush kabi uchishga
tayyordirlar, o ‘qish boshlanishiga qancha vaqt qolganligini sabrsizlik bilan
sanaydilar, o‘quv ashyolarini oldinroq taxt qilib qo‘yishga kattalami d a’vat
etadilar (o‘quvchiIik formasini kiyishni, sumkani yelkasiga osishni yoqtiradilar).
Boshqa bir toifadagi bolalar esa bu to‘g ‘rida ehtiyotkorlik va vazminlik bilan
munosabatda bo‘ladilar. Biroq bu toifadagilarda shijoat, faollik, kuyunchaklik
bilan intilish yetishmaganga o ‘xshab ketadi. Uchinchi bir turkumga, guruhga
taalluqli o ‘quvchilar bo‘lsa, maktabdan qat’iy ravishda voz kechish darajasigacha
borib yetadilar. 0 ‘qishga nisbatan bunday salbiy munosabat kattalaming (jazo
berish, m ajbur qilish, erkinlikni yo‘qotish kabilar bilan) qo‘rqitishlari oqibatida
vujudga keladi. Masalan: "M aktabga borsang, ta’ziringni yeysan", "Qilt etsang -
kaltak yeysan", "Dars tayyorlayverib, tinkang quriydi" va boshqalar.
Shuning bilan birga o ‘quvchilam ing akalari va opalarining maktabdagi
"m ash’um kechinm alar va vaziyatlar" to ‘g ‘risidagi noxush axborotlari, kino va
teleekrandagi maktab hayotiga bag‘ishlangan filmlardagi, kompyuterdagi
vaziyatlar o ‘zaro umumlashgan tasavvur obrazlarini yaratib, bolada o lqishga
nisbatan salbiy munosabami keltirib chiqaradi. 0 ‘qishga nisbatan salbiy
munosabatda boMgan bolalar ta ’lim muhitiga kirishishga qiynaladilar; qator ruhiy
to ‘siqlarga duch keladilar, buning natijasida yangi vaziyatga vajam oaga, notajiish
odamlarga moslashish juda og‘ir kechadi.
4.2. 0 ‘q u v ch ilarn in g anatom ik-fiziologik xususiyatlari
M aktabda ta ’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi
bolalam ing anatomik-fiziologik xususiyatlarini, jism oniy rivojlanish darajasini,
sog'ligi va qolaversa nuqsonlarini hisobga olish o ‘qishning muvaffaqiyat
garovidir. Boshlang‘ich sinf o ‘quvchisi biologik jihatdan nisbatan bir tekis
taraqqiy etadi, uning bo‘yi va o g ‘irligi, o ‘pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi.
Biroq o‘quvchining suyak tizimi (ko‘krak qafasi, tos, qo‘l suyaklari), umurtqa
pog‘onasida hali to g ‘aysimon to ‘qimalar uchraydi, bu esa mazkur tizimning
yetzirli darajada takomillashib bo‘lmaganligidan darak beradi. Yurak muskullari
ularda tez o lsadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo‘ladi, miyaning
ogl irligi boshlang‘ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya
polstining
analitik-sintetik
faoliyati
takomillashadi,
ko‘zg‘alish
bilan
tormozlanish o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabat (muvozanat) o ‘zgaradi, lekin
qo‘zg lalish nisbatan ustunlikka ega bo'ladi, shuning uchun o'quvchining to‘g‘ri
o ‘sishiga g ‘am xo‘rlik qilish, toliqishning oldini olish zarur, o'q ish va dam olish
rejimiga qat’iy rioya qilish m a’qul.
115
4.3. T a ’im va shaxs ;
M aktab ta ’limi uning mrrnush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sin f jam oasi,
oila muhitdagi ahvolini o ‘zgartiradi, bolaning asosiy vazifasi o ‘qishdan iborat
boMib qoladi. Yangi bilim, ko'nikm a, malakalar egallashdan tabiat va jam iyat
to‘g lrisidagi qonuniyatlami o‘zlashtira boshlaydi. T a'lim o lquvchidan muayyan
darajadagi uyushqoqlikni, intizomlikni, irodaviy zo ‘r berishlikni, faollikni,
maqsadga y o knaltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakatlar o ‘m ini
anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy m ehnat egallay boradi. 0 ‘quvchi
tengdoshlari bilan birgalikda muayyan bir sin f jam oasiga birlashtiriladi.
Modomiki shunday ekan, sin f jam oasi va uning a ’zolari bola oldiga ko‘pchilik
manfaatini himoya qilish, shaxsiy
istaklarini
um um jam oa intilishlariga
bo'ysundirish, o‘zaro yordam, o ‘zaro hurmat, o ‘zaro talabchanlik, ijtimoiy
javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasini qo‘yadi. T a ’lim jarayonida
o lquvchi oldiga qo'yiladigan talablar tobora ortib, m urakkablashib boraveradi.
Maktab ta’limining dastlabki kunidan boshlaboq kichik maktab yoshidagi
bolaning taraqqiyotini harakatga keltinivchi, kuch vazifasini o'tuvchi turli
xususiyatga ega bo‘lgan ziddiyatlar, qaram a-qarshiliklar, ichki ixtilof kabilar
vujudga keladi. Ushbu holat va vaziyat zamirida o ‘quvchi shaxsiga, uning bilish
jarayonlariga nisbatan o ‘quv faoliyati, o ‘qituvchilar va sin f jam oasi tom onidan
qo'yilayotgan talablar bilan bolaning psixik kam olot darajasi va undagi mavjud
insoniy fazilatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik yotadi. Talabning tobora ortishi
bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiv o'sishini taqozo etadi va bu narsa boshi berk
zanjimnng uzluksiz harakati natijasida inson taraqqiyotida am alga oshadi.
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri — bu
undagi o ‘ziga xos ehtiyojning mavjudligidir. M azkur ehtiyoj o ‘z mohiyati bilan
muayyan tartibdagi bilim, ko'nikm a va malakalami egallashga, tevarak-atrofdagi
voqelikni o ‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lmasdan, balki faqat o ‘quvchi boMish
istagining aynan o‘zidan iboratdir. Bu ehtiyoj zamirida o ‘qishning tashqi
alomatlari (atributlari), chunonchi, forma kiyish xohishi, o ‘z shaxsiy portfeliga,
dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‘yish javoniga ega boMish istagi, kattalardek
har kuni maktabga qatnash tuyg‘usi kabilar yotadi, xolos. Bundan tashqari,
bilimlar kunidagi (I sentyabrdagi) shodiyona ayyom, o ‘quvchilar safiga qabul
qilishlik lavhasi, maktab m a’muriyati va o lqituvchilam ing ularga bildirgan
samimiy tilaklari, yuqori sinf o ‘quvchilarining tabriklari birinchi sin f su b ’ektlari
his-tuyg‘usiga ilk ta ’sir etadi. S inf a ’zolari bilan qatorlashib, sa f tortib yurishlar,
yoppasiga o ‘yin faoliyatida qatnashish va oshxonaga birga borish, o ‘qituvchining
(qabul qilib olgan) o‘gitlari ham ulami o ‘ziga rom qiladi.
Lekin kichik maktab yoshidagilar o lqishning tub m ohiyatini va vazifasini
tushunib yetmaydilar, shuning uchun umumiy tarzda hamma maktabga borishi
kerak, deb tasavvur etadilar. Vaholanki, o*quvchi o ‘qish ijtimoiy zaruriyat
ekanligini anglab yetmasligi barchaga ayondir, biroq kattalam ing kolrsatm alariga
amal qilgan holda tirishqoqlik bilan m ashglulotlarga kirishib ketishlik real
voqelikdir.
116
Darslar boshlanib ketgandan keyin oradan m a’lum muddat o ‘tgach,
shodiyona lahzalar taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi, ichki belgiiari
o ‘z ahamiyalini yuqota boradi va o ‘qishning kundalik aqliy mehnat ekanligini
(irodaviy zo ‘r berish, yoqtirmagan narsasi bilan shug‘ullanish, diqqami
taqsimlash, o ‘z xulqini idora qilish zaruriyatini) o bquvchi anglab yetadi. Agarda
o ‘quvchi shunga o ‘xshash aqliy mehnat kolnikmasiga ega bo‘lmasa, u holda
o ‘qishdan ko‘ngli soviydi, umidsizlanish tuyg‘usi, hissi vujudga keladi. Shuning
uchun o lqituvc-hi bunday holning oldini olish maqsadida bola bilan ta ’limning
o‘yin faoliyatidan farqi, qiziqarliligi yuzasidan m a’lumot berishi va shu faoliyatga
uni puxtaroq, jiddiyroq tayyorlashi maqsadga muvofiq. Bu bilan o ‘qituvchi
borliqni bilishga nisbatan jiddiy munosabatni ularda ehtiyoj sifatida namoyon
boMishini ta’minlaydi.
Psixolog L.S.SIavina tadqiqotiga ko‘ra, boshlang‘ich sinfiarda bilish
faoliyati yetarli darajada shakllanib bo‘lmagan, aqliy jihatdan nomustaqil
o ‘quvchilar mavjuddir. Olimaning fikricha, o ‘qish va o ‘yin faoliyatlarida ulami
fikr va mulohaza yuritishga o ‘rgata borish natijasida muvaqqat turglunlikning
oldini olish mumkin.
Birinchi sinf o lquvchisida o‘qish faoliyatining dastlabki natijalari uning
boshqa materillarni egallash sari yetaklaydi. Uning o ‘qish faoliyatidagi birinchi
mehnat faoliyati mahsuli shodlik, quvonch va amaliy (lazzatlanish) his-tuvg‘usini
keltirib chiqaradi. Hatto ayrim o‘quvchilar u yoki bu ob’ekmi, mavzuni bir necha
marotaba olqishni ham yoqtiradilar. 0 ‘qish faoliyatiga nisbatan qiziqish, moyillik
keyinchalik predmetning mazmuniga qiziqishni vujudga keltiradi, balkim bilim
olish ehtiyojini tug‘diradi, qolaversa unda o'qish motivlarini tarkib toptiradi.
T a ’lim mazmuniga, bilimni egallashga qiziqish o‘quvchining o ‘z aqliy
mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy aloqadordir. Ushbu his
olqituvchining rag‘batlantirishi orqali namoyon boMadi, yanada samaraliroq
ishlash mayli, xohishi, istagi, ishtiyoqi o‘quvchida shakllanadi. 0 ‘quvchida paydo
bo iay o tg an faxrlanish, o ‘z kuchiga ishonch hislari bilimlami o‘zlashtirish va
malakalarni m ustahkamlash ishiga xizmat qiladi. Shuning uchun rag‘batlantirish
(jazolash) o ‘z m e’yorida boMgan taqdirdagina uning tarbiyaviy qiymati hamda
ta’sirchanligi ortadi.
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar faoliyatini baholash uning o ‘qishga
nisbatan ijobiy munosabatini tarkib toptiradi. Maktab amaliyotida ko'pincha
bolani og‘zaki baholash odat rusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o‘quvchisi
ana shu baho taassurotida o lz faoliyatini faollashtiradi. Ijodiy izlanishga harakat
qiladi. Hatto o ‘quvchi dastlabki davrda "yaxshi" yoki "yomon" bahoning farqiga
ham bormaydi, ko‘proq uni nechta baho olganligi qiziqtiradi, xolos. Bu yoshda
bola
bahoning
mohiyatini
tushunib
yetmasa-da,
lekin
o ‘qituvchining
rag'batlantirishi uning uchun muhim rol o ‘ynaydi.
Yirik pedagog va psixolog olimlar B.A.Suxomlinskiy, Sh.A.Amonashvili
va ulam ing shogirdlari kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilam i baholash salbiy
oqibatlarga olib kelish nuqtai nazarini yoqlaganlar. M a’lumki, faqat baho uchun
117
o'qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishga olib keladi. Lekin bilimni
lekshirishni boshqa usul va vositalarini qoMlash (masalan: reyting, shkala, ballar)
hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki baholashning bola kamoloti
uchun aliamiyatini qat’iy ravishda inkor qilish ham oqilona vosita emas,
modomiki shunday ekan, baholashdan maslahat, yo‘llanma, tavsiya, ko‘rsatm a
sifatida foydalanish ijobiy omil vazifasini bajara oladi.
Kichik maktab yoshidagi o ’quvchilam ing muhim xususiyatlaridan yana
bittasi - bu o ‘qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro‘
tuyg'usining mavjudligi. Shuning uchun o ‘qituvchi bolaga tarbiyaviy, ta’limiy
ta’sir ko'rsatish imkoniyati shunday kattaki, uning siym osida aql idrokli, tiyrak,
sezgir, mehribon, hatto donishmand inson gavdalanadi. 0 ‘qituvchi siym osida
0
‘quvchilar ezgu niyati, orzu istagi, istiqboli, ajoyib va g'aroyib his-tuyg‘ularini
ro‘yobga chiqaruvchi kamolot cho'qqisidagi shaxsni tasavvur qiladilar.
0 ‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a ’zolari, qarindosh-
urugMari, tanish bilishlarining nufuzi keskin pasayadi. G o‘yoki, borliqning
absolyutligi, haqiqat o ‘lchamining namunasi, zakovatning yuksak chuqqisi, odob
nazokatning a w a l boshi o ‘qituvchida o ‘z ifodasini topgandir. Ana shu sababdan
ular o'qituvchi xulqini muhokama qilishga yo‘l qo‘ym aydilar, uning har bir
so'zini qonun tariqasida qabul qiladilar va bu y o ‘lda o ‘zlarini haq deb
hisoblaydilar.
0 ‘quvchining
psixik jihatdan
taraqqiy
qilishi
oqibatida
o‘qituvchining mutlaqligiga munosabati biroz o ‘zgaradi, buning asosiy sababi
unda ongli xatti-harakat ehtiyojining tug'ilishi hisoblanadi. 0 ‘quvchida turmush
va borliqqa nisbatan bir talay muammolar, savollar vujudga keladi, ham ma narsa
hayotda u o‘ylaganday em asligiga ishonch hosil qiladi va undan qanoatlanadi,
shubhalaiiish, ikkilanish hislari paydo bo‘ladi. Bu m uam m olarga o ‘zi mustaqil
javob topishga intiladi, nalijada savol bilan boshqa odam larga m urojaat qilishga
qaror qiladi.
T a’lim jarayonida o ‘qituvchi obro‘sidan oqilona foydalanib, o ‘quvchida
uyushqoqlik, mehnatsevarlik,
0
‘qishga nisbatan ijobiy munosabat, diqqatni
boshqarish, xulqni idora qilish, o ‘z-o'zini qo‘lga olish, o ‘z-o‘ziga tasalli berish
fazilatlarini shakllantirish va intilish, faollik tuyg‘ularini vujudga keltirish ta ’lim
jarayonida yuqori samara beradi. Pedagogik odob (takt) nazorat nuqtai nazaridan
o ‘qituvchi obro‘sini o'quvchilar davrasida to‘kish yoki shaxsiyatiga tegish,
mazax qilish mutlaqo mumkin emas.
Odatda o ‘quvchilar o ‘rtasida obro4 orttirish uchun bir nechta tarkibiy
qismlarini yaxlit bir timsol sifatida, mujassamlashtirish m aqsadga m uvofiqdir: a)
o ‘qituvchida kasbiy qobiliyatlarining mavjudligi; b) uning dilkashligi va boshqa
xislatlarga ega bo‘iishligi; v) o ‘quv predmetlarining chuqur egallaganligi; g)
o ‘qituvchi
bilim saviyasining chuqurligi
va koMamining
kengligi;
d)
o'qituvchining vijdonligi, adolatgo‘ylik fazilatlari, uning statusi va rolining
maqsadga muvofiq ravishda turmush jabhalarida nam oyon bo'lishi, obro‘sini
yanada yuksaltiradi. Chunki, soxta obro‘ orttirish sun’iylikni keltirib chiqaradi.
Bunga ta ’lim jarayonida yo‘l qo‘yish qator nuqsonlam i yuzaga keltiradi.
118
4.4. K ichik m a k ta b yoshidagi o ‘q u v ch ilar ta fa k k u ri x ususiyatlari
0 ‘quvchi tevarak-atrofdagi voqelikning belgi, alomati va xususiyatlarini,
ulam ing xossalarini, qonuniyatlarini va o ‘zaro bog‘lanishlarini bilish faoliyatida
hamda ta'lim jarayonida tushuna boradi, fikr yuritish faoliyatida esa ham miqdor,
ham sifat o‘zgarishi yuzaga keladi.
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar tafakkurining rivojlanishini yirik
psixolog L.S.Vigotskiy tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning o ‘sishi
bilan uzviy bogMiq holda o ‘rgangan. Shuning uchun u ajnabiy psixologlam ing
(birinchi navbatda J.Piajening egotsentrik konsepsiyasini qattiq tanqid qilib,
tafakkum i genetik metod yordam ida o ‘rganishni tavsiya qiladi. L.S.Vigotskiy
psixologiya faniga inson kam olotining "Eng yaqin taraqqiyot zonasi" va "aktual
faoliyat zonasi" deb nomlangan tushunchalam i olib kiradi. Uning birinchisi
o^qituvchining bevosita rahbarligida oshirilsa, ikkinchisi o ‘quvchining mustaqil
faoliyatida namoyon bo‘ladi.
P.P.Blonskiy mazkur yoshdagi o‘quvchilar tafakkurining o lsishiga
xotiraning taraqqiyotini, tafakkum ing ta 'sir etishini genetik metod yordamida
ochib beradi. Ayniqsa, tafakkuming "intizomlilik" sifatining namoyon bo‘lishini
inson tomonidan tafakkum i boshqarish va nazorat qilish faoliyatidan aniqlash
mumkinligini P.P.Blonskiy alohida ta’kidlaydi. N.A.Menchinskaya tafakkur
muammosini chuqur o'rganib, uning taraqqiyot ko‘rsatgichlarini quyidagi
jihatlarini o ‘rganishda ko ‘radi:
1) bilimlami o ‘zlashtirishning tezligi,
2) fikr yuritish jarayonining epchilligi.
3) tafakkum ing mavhum hamda yaqqol jihatlarining o‘zaro aloqasi va
nihoyat,
4) analitik-sintetik faoliyatning turli darajalari kabilar. M uallif tafakkur
taraqqiyoti belgilari sifatida o‘quvchilarda bilimlar fondining ortishi, aqliy
faoliyat usullarining egallanishi hamda ta’lim jarayonida ularda uquvchanlik
qobiliyatining paydo boMishini sanab o ‘tadi. Bu narsalaming barchasi kichik
maktab yoshidagi o ‘zlashtirishi past o‘quvchilarida tajribadan o‘tkaziladi hamda
ulaming muayyan m ezonga asoslanib guruhlarga ajratadi.
Ukrain psixologi G.S.Kostyuk tafakkuming rivojlanishini o ‘auvchilar
tomonidan o'zlashtirib olingan m ateriallaming mazmunidan, sinaluvchilaming
o ‘quv faoliyatini, topshiriqlarning bajarish shakllari sifat jihatdan o'zgarib
borishini e’tiborga olishda ko'radi. A.ALyublinskaya boshlang‘ich sinf
o ‘quvchilarining
tafakkuri
to‘g ‘risidagi
m a’lumotlarida
ularda
mazkur
jarayonning rivoji ko‘p jihatdan analitik-sintetik faoliyatiga bog4iq ekanligi
ko‘rsatib o4iladi. Bu faoliyat birlamchi sintez va analiz, ikkilamchi sintez hamda
yaqqol harakat analiz va sintez kabi tarkiblardan iborat ekanligini ta ’kidlaydi.
Bundan u yosh davrda yaqqol-harakat, yaqqol obrazli va so‘z-mantiq yoki nazariy
tafakkur bosqichlarini bosib o4ish to‘g lrisida mulohaza yuritiladi.
119
Taniqli psixolog L.V.Zankov kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar
tafakkurini o ‘stirish maqsadida o ‘zin in g ta’limiy tizimini ishlab chiqadi. Bu ta’lim
tizimi ushbu o lqitish tamoyillariga asoslanadi:
1) ta ’lim jarayonini yuqori darajadagi murakkab vaziyat asosida
uvushtirish,
2) ta’lim jarayonida o ‘quvchilarga berilishi nazarda lutilgan bilim lam ing
nazariy salm ogini maksimal darajada ko'paytirish:
3) mustaqillik, o ‘z-o‘zini nazorat qilish faoliyatini rejalashtirish singari
faoliyaini boshqarish usullarini o ‘quvchilarda tarkib toptirish.
Bunday ta’lim tizimida o ‘quvchilar chuqur va m azm undor bilim olish bilan
cheklanib qolish, balki ularniig aqliy faolligi ortib, mavhum (abstrakt) tafakkuri
rivojlangan, aqlan o ‘sgan, o'qishga nisbatan ijobiy m unosabati vujudga kelgan va
hokazo.
0 ‘quvchi maktabga kelgan kunidan e’tiboran ta ’lim jarayonida unda ilmiy
tushunchalar va tasaw u rlar miqdori soat sayin orta boradi, u asta-sekin
o ‘zlashtirayotgan tushuncha va tasaw urlam ing asl m a’nosi, m ohiyatiga tushuna
boshlaydi. Umuman, o ‘quvchida fikr yuritish doirasi, ko'lam i va m azmuni
kengaya boradi. T a’lim jarayonida o ‘quvchilar bilimlar tizim ini, o ‘quv
ko‘nikmalari va malakalarini egallash orqali o ‘zlarining bilim koMamini
kengaytiradilar, shuning bilan birga ilmiy tushunchalam ing tub m a’nosi ular
ongiga singa boradi. Bu ishlaming hammasini izchillik bilan, ketm a-ket, bir tekis
amalga oshirish uchun o ‘quvchilar m a’lum darajada bilimlar va ko‘nikm alam i
egallagan, qolaversa tafakkur shakllari va mantiqiy fikr yuritish qoidalarini
o lzlashtirib olgan bo‘lishlari kerak. Ammo maktab ostonasiga endigina qadam
qo‘ygan bolaning bu narsalardan talabga javob beradigan darajada xabari
bo‘lmaydi. Ular bu narsalam ing barchasiga o ‘qish jarayonida bevosita o ‘qituvchi
rahbarligi ostida erisha boshlaydilar. Jumladan, o‘qituvchi izohli o ‘qish darslarida
0 ‘quvchilarga uy hayvonlari yoki yovvoyi hayvonlar, jonivorlar, yirtqichlar va
zararkunandalar, hasharotlar, foydali qushlar, yil fasllari, o ‘quv qurollari, uy
jihozlari, mebellar, sport anjomlari haqida so‘zlab berar ekan, ulam ing muhim
xususiyatlari, alomatlari, belgilari, xossalari va o‘zaro bog‘lanishlarini tahlil qilib
beradi. Bundan tashqari, ulam ing o*xshashlik, um um iylik belgilarini va
tafovutlarini o ‘quvchilarga aniqlab ko'rsatadi. Bu surunkali olib boriladigan
ta ’limiy jarayon natijasida tafakkur niahsuli sifatida o ‘quvchilarda uy hayvonlari,
yovvoyi hayvonlar, o ‘quv qurollari mebel va boshqa tushunchalar tarkib
toptiriladi. Ular bulardan tashqari, yil fasllari, hasharotlar, o ‘sim lik, bargli
daraxtlar kabi qator tushunchalarni
0
‘zlashtiradilar, ulam ing m ohiyatiga toMaroq
tushunib yetadilar. 0*quvchilarga borgan sari yangidan-yangi masalalar,
topshiriqlar va vazifalar yuklatilib, ulaming barchasini mantiqan hal qilish, ftkr
yuritish vositalari yordamida oqilona yechish talab qilinadi. Bolalar ona tili
darslarida grammatik kategoriyalarga amal qilib, ot so ‘z turkum ining turlashi,
ulami guruhlarga ajratishi, klassifikatsiya qilishi lozim. Yuqoridagi fikrlar sifat,
son, fe’l singari grammatik kategoriyalarga taalluqlidir. 0 ‘quvchilar m atem atika
120
darslarida bo‘linuvchi, bo'luvchi, boMinma, ko‘payuvchi, ko‘paytiruvchi, ayirma,
yig ‘indi, tenglik, tenglama, katta va kichiklik belgilari to ‘g ‘risida tushunchalar
bilan tanishadilar. Ularning bu tushunchalam i bir-biridan farq qilishlari esa
navbatdagi kam olotga daxldor vazifa hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilarda ilmiy tushunchalam i to ‘g ‘ri tarkib
toptirish uchun o‘qituvchi bola tafakkurining rivojlanishi xususiyatlarini, uning
qonuniyatlarini puxta anglab olgan bo‘Iishi kerak. Fikr yuritish operatsiy alarming
psixologik asoslari va mexanizmlarini bilmasdan turib, u bulam i o'quvchilar
ongiga singdira olishi mumkin emas.
Tushunchalam i shakllantirishning asosiy manbalaridan biri ulami
um um lashtirishdir. U mumlashtirish operatsiyasining m uhim sharti narsa va
hodisalar o ‘rtasidagi umumiylik, o'xshashlik, o ‘ziga xos xususiyat, bogManish va
o ‘zaro m unosabatlam ing muhim belgilarini topishdir. Borliqdagi narsa va
hodisalam ing m uhim belgilari bo‘yicha umumlashtirishdan oldin, o 'sh a voqelikni
ko‘zga yaqqol tashlanib turgan tashqi belgilari bo‘yicha umumlashtirishni bilishi
kerak. Buni hissiy bilish orqali yaqqol umumlashtirish deyiladi. Bu davrga kelib
narsa va hodisalam ing tashqi belgisi, asosan umumlashtirish o ‘quvchi bilimi
qobig‘iga sig ‘may qoladi. Endigi navbat o'qitish jarayonida ulam ing bilim
saviyalariga mos keladigan umumlashtirishni yuqoriroq darajaga ko‘chirishni
taqozo etadi.
•
O 'quvchilam ing umum lashtirish faoliyati o‘qitishning turli bosqichlaridau
sodda bo‘lib, faqat o ‘xshashlik belgisi asosiga qurilgan bo‘ladi. Keyinroq narsa
va hodisalam ing tashqi sifati hamda xususiyatiga taalluqli belgilami, guruhlami
ajratishga, klassifikatsiya qilishga suyanadi. Boshlang‘ich maktabning oxirida,
o ‘quvchilar narsa va hodisalam ing xossalari, qonuniyatlari, ulaming ichki
m urakkab bog‘lanishlari va munosabatlarining muhim belgisiga asoslanib
um um lashtirishga ko‘chadilar.
Birinchi va ikkinchi sin f o ‘quvchilari buyumlaming o ‘ziga beixtiyor
tortuvchi tashqi belgilariga tayanib fikr yuritishni am alga oshiradilar: o‘quvchi
quyosh, m omoqaldiroq, sigir, avtomobil, qush va boshqa narsalar to4g ‘risida fikr
yuritishi davom ida "quyosh yoritadi, isitadi...", "momoqaldiroq guldiraydi,
chaqm oq chaqnaydi", "qush sayraydi", deb mulohaza yuritadi. U lam ing har turli
"sigir sut beradi", /'avtom obil yuk tashiydi", "qushlar uchishadi" to ‘g‘risidagi
m uhokam alarida d astaw a i buyum lam ing xilma-xil harakatlari va ularga nisbatan
berilgan harakatlar vujudga keladi.
Birinchi va ikkinchi sin f o ‘quvchilari jism va predmetlarning m uhim ichki
belgilarini bevosita aniqlash kezida qiyinchiliklarga duch keladilar. Chunki, ular
muhim boMmagan (nomuhim), umumiy xususiy, yagona singari term in xam da
tushunchalam i anglab yetmaydilar. Bilish jarayoni ko‘pincha tashqi belgilarga,
yaqqol alom atlarga qaratilgan bo ‘ladi. Ana shuning uchun kichik maktab
0
‘quvchilari oldida murakkab vaziyat yuzaga kelib turadi. Unday holatdan chiqish
uchun ulam ing aqliy imkoniyatlari, turmush tajribalari yetishm aydi.
121
Gruzin psixologi R.G .Natadze tadqiqotlarining ko'rsatishiga qaraganda,
kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar kit va delfinni baliq deb hisoblaganlar,
keyinchalik esa kitning havo bilan nafas oiishi; sut em izuvchi hayvon ekanligi
atroflicha tushuntirilgandan so ‘ng ham o ‘z shaxsiy fikrini to ‘la-to‘kis
o ‘zgartirmaganlar, y a ’ni sinaluvchilam ing ko‘pchiligi eksperim entator fikriga
ishonqiramay qaraganlaricha qolganlar. Bu yaqqol omil yana bir m arotaba
mazkur yosh davrdagi bolalarda umumlashtirish jarayoni ko‘zga yaqqol tashlanib
turuvchi tashqi belgilam ing kuchli iskanjasi ostida sodir bo ‘lishini tasdiqlab
turibdi. M atem atika yuzasidan topshiriqlam i bajarish kezida ham ularda ana
shunday unsurlar yoki noto‘g ‘ri umumlashtirish holati uchrashini kuzatish
mumkin.
Shvesariyalik psixolog Jan Piajening k o ‘p yillik tajribalarining dalolat
berishiga qaraganda, ushbu yoshdagi o ‘quvchiIar narsalam ing o‘zgarishsiz
qoladigan ba’zi belgilarining doimiyligini darrov anglab ololm aydilar. Jum ladan,
agar hamirdan bir xil ikkita zuvala qilinib, so‘ngra ulam ing biridan kulcha
yasalsa, 7-8 yoshli o ‘quvchilar ham im ing miqdori bir xilda bo‘lmay qoladi, deb
hisoblaydilsu:, hajm;
0
‘zgargani uchun zuvalaning og‘irligi o'zgaradi, deb xulosa
chiqaradilar. J.Piajening m ulohazasiga binoan, bu holat bola tafakkurining
birdan-bir eng asosiy o ‘ziga xos xususiyatidir.
Xuddi shu tadqiqotchining boshqa tajribalarida ko*rsatishicha, o ‘quvchilar
turli belgilar ustida ishlaganlarida o‘zgarmas (doimiy) tushunchasini bir vaqtning
o‘zida egallab olmas ekanlar. Bolalar narsalar sonining o‘zgarm as tushunchasini
9-10 yoshda, hajmning o ‘uzgaim asligini esa faqat 11-12 yoshda tushunib
yetadilar. Lekin XX asr oxiri XXI asr psixologlarining ilm iy tekshirishlariga
ko‘ra, J.Piaje olgan natijalar hozirgi davr talabiga javob bera olmaydi.
0 ‘quvchilar
uchinchi
sinfga
o‘tganlaridan
keyin
o‘zlarining
umumlashtirish, klassifikatsiyalash faoliyatlarida moddiy dunyodagi voqelik
o'rtasidagi eng muhim m unosabat, uzviy zaruriyat va bog‘lanishlarini aks
ettirishga qodir bo‘lgan ichki, m urakkab belgilarga tayanib ish tutadilar.
Jumladan, ular so‘z, havo, metall va boshqa jism lam ing issiqdan kengayishi va
sovuqdan torayishi xususiyatining muhim ahamiyatlari va jihatlariga asoslanib
umumlashtira oladilar. Bundan tashqari, o‘sim liklam ing hayot kechirishi,
rivojlanishi va ko‘payishi, shuningdek, voyaga yetishi kabi um um iy belgilarga
suyangan holda "jonli tabiat" tushunchastfi£um um lash|iradilar.r .
Do'stlaringiz bilan baham: |