6 3 . Ilk o‘spirin va kasb tan lash
Endigina o‘sib kelayotgan ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘quvchilar kasbga
qanday yondashadilar? Bu muammo ko‘pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va
turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘g‘il-qizlar
hayotda mustaqil qadam tashlash to‘g‘risida aniq, asosli fikr bildirishga
qiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutishni
bilmay dovdirab qoladilar yoki tavakkaliga ish ko‘radilar. 0 ‘zlarining
imkoniyatlarini hisobga olib harakat qilishga ojiz bo‘ladilar. Natijada noxush
kechinmalar,
umidsizliklar,
ijtimoiy
sustlik
holatlari
vujudga
keladi.
O'quvchilaming ba’zilari kasb tanlashda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan
namunalarga taqlid qiladilar. Bunda o‘z atroflaridagi yaqin kishilami nazarda
tutadilar, ulaming yo‘lidan borishni moMjallaydilar. Kuzatishlarimizning birida
G‘. ismli ilk o‘spirin (akademik litsey o‘quvchisi) o‘z kelajagi haqida quyidagi
fikrlami bildirdi: “Ehtimol qishloq xo‘jalik texnikumiga o‘qishga kirarman. U
menga tanish. Unda akamlar o‘qiganlar. Balki jamoa xo‘jaligida qolib ishlarman.
0 ‘qituvchi bo‘lish orzum ham boi;. Chunki pedagogika institutida tog‘amlar
ta’lim olmoqdalar...*’ 0 ‘quvchining bu mulohazasini tahlil qilishning hojati yo‘q,
chunki unda biror maqsadga yo‘nalg^n g‘oya mavjud emas.
''180
0 ‘quvchilar koilejda fanlaming asoslaridan bilim oladilar, har qaysi ilk
o‘spirin fizika yoki matematika bilan tanishadilar. Biroq ulaming hammasi
kelajakda flzik yoki matematik kasbini egallashni xohlayvermaydi. Unda yer
kurrasi o‘rganiladi, barcha planetalaming xususiyati bilan tanishiladi, uzoq
qit’alar dunyo xalqlari tarixi va san’ati bo'yicha bilimlar beriladi. Ammo barcha
0‘quvchilar sayyoh bo‘lishni istamaydi. Fan asoslari o ‘quvchilarga keng
ko‘lamda ma’lumot va axborotlar berishga moslashtirilgan bo‘lib, o ‘spirinlar
olingan bilimlaming kelajak, shaxsiy turmush, bilimdon shaxs boMish uchun
amaliy ahamiyatini anglab olishi kerak.
0 ‘quvchilarda biror o‘quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil
kasblarga qiziqish vujudga keladi. Tanlangan kasbni o‘zlashtirish bilan bogMiq
fanga qiziqish ham orttiradi. Natijada to‘garak, mashg‘ulotIariga va fakiiltativ
kurslarga ko‘chish imkoniyati vujudga keladi. Bunday imkoniyatdan unumli
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Akademik litsey va kollej o‘quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari,
qobiliyatlari, iste’dodlari asosida tanlagan kasblariga to‘g‘ri yo‘na!tirish
o‘spirinlar uchun katta hayotiy masaladir. Kasb tanlash jarayonida ilk
0‘spirinlarga o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik, o‘z kasbining ustalari,
murabbiylar alohida e’tibor berishlari kerak. Ko'p hollarda ular kattalaming
maslahat va tavsiyalarini hisobga olgan holda qat’iy bir qarorga kelishlari
mumkin, chunki ular o‘z xohishlarini har tomonlama asoslab bera oladilar.
V.A.Kmteskiyning ma’lumotlariga qaraganda, pedagogika instituti
talabalarining yarmi o'qituvchilik kasbini yoqtirib o‘qishga kirgan. Ulaming
qolgan qismi esa institutga tasodifan kirib qolgan. Biroq bu oliy o‘quv yurtiga o‘z
xohishi bilan kirgan talabalar orasida ham har xil mulohazalar mavjud. Pedagog
kasbini yoqtirib o‘qishga kirgan talabalaming chorak qismi faqat olgan bilimlarini
boshqalarga o‘rgatish maqsadini bildirgan bo‘Isalar, yana shuncha ilk o‘spirin!ar
institutda o‘qitilayotgan biror fanni sevganlari uchun o'qishga kirganini aytgan.
Talabalaming beshdan bir qismi bolalami chin ko‘ngildan yaxshi ko‘rgani uchun
o‘qituvchilik kasbini tanlagan.
Akademik litsey va kollejni bitirgunicha hamma o'quvchilar kasbini qat’iy
tanlaydi, deyish mumkin emas. Ulaming aksariyati o‘zi kelajakda kim boMishini
tasavvur ham qila olmaydi va kelajak rejasini ham tuzmaydi. Ilk o‘spirinlaming
ko‘pchiligi ta’lim muassasini tugatgandan so‘ng oliy o‘quv yurtida ham o‘qish
to‘g‘risida gapiradilar, bu haqda orzu qiladilar. Lekin unga kira olmagan, ya’ni
o*zining asosiy maqsadiga erisha olmagan yoshlar tushkunlikka tushadilar. Butun
orzu-umidlarim barbod bo‘ldi, deb o‘ylaydilar, ba’zi lari kelgusi yilda o‘qishga
kirishga umid bogiaydilar. Kasb-hunarga har xil munosabatlar hosil bo*lishining
asosiy sababi maktabda o‘qish davrida kasb tanlash bo‘yicha turli xil niyatlar
paydo bo‘Iishidir.
V.A.Kruteskiy ilk o‘spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilami
alohida ifodalaydi: a) biror o ‘quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi
(o‘ziga xos psixologik xususiyat va qobiliyatni hisobga olmagan holda); shaxsiy
181
qobiliyatini ro‘kach qilish; g) oilaviy an’analarga rioya etish (vorislik); d)
do‘st!ari va o‘rtoqlariga ergashish; ye) ish joyi yoki o‘quv yurtining uyiga
yaqinligi; yo) moddiy ta’minlanish; j) o*quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki
unga joylashish osonligi.
Shuningdek, boshqa turdagi motivlar, masalan, shaxsning biror kasbga,
fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb tolg‘risidagi ma’lumoti, o‘zining
sihat-salomatligi, asab sistemasining va temperamentining xususiyati va
hokazolar ham bollishi mumkin.
Ilk o‘spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasaw ur bo‘lmasligi sababli, ular
ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo‘lgan kasb
qanday shaxsiy fazilatlami talab qilishini tushunib yetmaydilar.
0 ‘z
qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash
uchun qanchalik tez va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari
mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko‘ngilsiz holatlaming oldini olish
va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik-
psixologik omillarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir: 1) kasblami
o‘rganish usullarini ishlab chiqish, ulami tasniflash va lo‘nda qilib ifodalash; 2)
o‘qituvchining kasblar bo‘yicha tashviqot ishlari olib borishi, o ‘quvchilarga
kasblar yuzasidan maslahatlar berishi ilk o ‘spirin va uning ota-onasi bilan birga
kasbga yo‘naltirish tadbirlarini ko‘rib chiqishi; 3) ulami kasbning asosiy turlari
bilan tanishtirish; 4) mehnat ta’limi darslarida o‘quvchilami kasbga tayyorlash va
qiziqish uyg‘otish; 5) psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga
tatbiq qilishga moslashtirilgan turlami ishlab chiqish; 6) joylarda zamon talabiga
mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish; 7) kasb tanlash targ‘iboti yuzasidan ilk
olspirinIami ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va psixologik jihatdan
tayyorlash.
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo'naltirishning usul
va usuliyatlari ishlab chiqilgan. Kasblami xususiyatlariga qarab tasniflash va
ulami ma’lum tartibga solib ifodalab berishga erishilgan. Bu borada
Ye.A.KJimovning sxemasi alohida ahamiyatga ega. U quyidagi kasb turlarini
tavsiya qiladi:
1. Polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, o‘rmonchi -
bionika mutaxassisligi “inson - tabiat”.
2. Chilangar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, muhandis - texnika
mutaxassisligi “inson - texnika”.
3. Ofitsiant, sotuvchi, hamshira, o‘qituvchi, tarbiyachi, tashkilotchi -
sotsionomika mutaxassisligi “inson - inson”.
4. Bo‘yoqchi, nusxa ko‘chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki
pardozlovchi, bastakor, yozuvchi, rassom - artonomika mutaxassisligi - “inson -
badiiy obraz”.
Oddiyroq ifodalansa, kasblami tabiatga xizmat qilishga, texnikaga xizmat
qilishga, insonga xizmat qilishga va badiiy obrazlar ustida ishlashga doir
kasblarga ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar tasnifida ulaming ko‘pchiligi
182
ifodalanmagan. Ana shu guruhlarga unlab yondosh kasb-hunarlami kiritish
mumkin.
Kasb tanlashga yoMlash va kasblami targ‘ib qilish usullaridan bin -
ko'rsatmali vositalar, ya’ni fotostendlardan, kitoblar ko‘rgazmasidan, yosh
rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va texnika
to‘garagi ishlaridan foydalanishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiya
uyushtii ish orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg‘otish mumkin.
Yuritilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, kasb-hunar to‘glrisida
axborotlar, maslahatlar berishning o‘zi ongli ravishda kasb tanlash uchun yetarli
emas. Shunga ko‘ra, ilk o‘spirin o‘quvchilaming bilish faoliyatini kuchaytirish,
ulami mustaqil bilim olishga o‘rgatish ularga o‘zlarini muayyan faoliyatda sinab
ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Lekin kasbga yo‘naltirishning boshqa yo‘l va
vositalarini ham qidirish va qo‘llash kerak.
Mehnat
psixologiyasining
mutaxassislari
kasbga
yunaltirishning
boshqacha
usullarini:
barcha
fanlami
o‘qitishning
politexnik jihatini
chuqurlashtirishni; tabiiy-matematik fanlarda atrofdagi ishlab chiqarishdan ob’ekt
sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlami o‘qitishda o‘lkashunoslik
materiallarini qo‘llab o ‘quvchilaming kasbga qiziqishni oshirish, mehnatga
ishtiyoq uyg‘otishni; darslarda kasblar haqida axborotlar berib borishni; mehnat
sohalari bilan o‘quvchilaming mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya
etmoqdalar.
Qishloq sharoitida kasb tanlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ham
mavjud. Chunonchi, yozda o‘quvchilami ishlab chiqarishga bemalol jalb etish
mumkin. Bunda jismoniy mehnatga ulami qiziqtirish, mehnat nashidasidan
bahramand etish, ularda mamnuniyat hissini tarkib toptirish, ularda rejali mehnat
qilish ko‘nikmasini vujudga keltirish, javobgarlik va mas’uliyat hissini tarkib top
tirish lozim. Ilk
0
‘spirinlami mehnatga tayyorlanishga rag‘batlantirishni malaka
darajasini berish bilan yakunlash ma’qul. Ishlab chiqarish mavsumida o‘quvchilar
brigadalarini tuzishda ulaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari va aqliy kamolotini
hisobga olish zarur. Brigadalarda ishlash mehnat va kasbga psixologik
tayyorgarlik bosqichi boMadi. 0 ‘quvchilar o‘zining qaysi kasb-hunarga
yaroqliligi yoki yaroqsizligini amaliy ishlarda sinab ko‘radilar va o‘zlariga
ishonch hosil qiladilar.
Kasb tanlashda ilk o‘spirin yigit-qizlarda qator maqsadlar vujudga kelishi
mumkin. Dastlabki maqsad - bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga
o‘z ulushini qo‘sha olamanmi, qanday inson bo‘lib yetishaman, hayot va faoliyat
ideallarim nimalar bo4ishi lozim, degan fikrlardan iborat bo‘ladi. Yaqin va
yaqqol maqsad - dastlabki faoliyat sohasi, mutaxassislikni qanday va qaerda
egal lash, o'qishni tugatgach, dastlabki mehnat faoliyat qaysi lavozimdan
boshlanishi, mehnat mahoratini oshirish istiqbollari haqidagi mulohazalardan
tashkil topadi. Psixologik nuqtai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki
shart-sharoitlari mavjud. Tashqi sharoitlarga maqsad yoMidagi har xil
qiyinchiliklar,
qarama-qarshiliklar,
ziddiyatlar
mazkur
muassasa
yoki
183
tashkilotning imkoniyatlari, muayyan sub’ektga - yosh kasb egasiga ko'rsatishi
mumkin boMgan qarshiligi va hokazolar kiradi. Maqsadga erishishning ichki
shart-sharoitlariga shaxsning imkoniyatlari, sihat-salomatligi, aqliy qobiliyati,
tirishqoqligi, irodaviy sifatlari (chidamliligi, sabr-toqati) tanlagan kasbi bo‘yicha
ishlashi uchun zarur fazilatlari va hokazolar kiradi.
Psixologiya fanida maqsadga erishish faoliyatining qo‘shimcha, yordamchi
turlari ham amalda uchrab turadi. Ular asosiy maqsad vositalari ish bermay
qolganda qo'llanadi. Ilk o‘spirinlar tajribasida shunday hollar ro‘y beradiki,
asosiy maqsadni amalga oshirishda, yengish qiyin to‘siqlarga duch kelinadi, ana
shundagina yordamchi vositalardan foydalaniladi. Bunday holatni tasavvur etish
uchun ulaming tajribasidan quyidagi ko‘chirmani keltiramiz: “Tanlov bo‘yicha
yaqin oradagi kasb-hunar kollejiga kira olmayman, shuning uchun xuddi shu
mutaxassislik bo‘yicha kollejga kirish uchun harakat qilaman...” Kasb tanlovchi
ilk o‘spirinning mulohazasidan ko‘rinib turibdiki, u bir emas, balki bir nechta
qo‘shimcha maqsaddan foydalanishga intilyapti. Shunga o ‘xshash maqsadga
erishishning qo‘shimcha, yordamchi yo‘l va vositalari uchrashi mumkin.
Qo‘yilgan maqsadni ro'yobga chiqarish uchun intilish kasb tanlash jarayonida
ulaming shaxsiyatida ju r’atlilikni vujudga keltiradi. Bu fazilat ilk o'spirin
shaxsining ajoyib yutug‘idir.
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining professiogramma
bilan tanishishida asosiy maqsad quyidagi tarkibiy qismlami, jihatlami o ‘z ichiga
qamrab oladi: a) asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati,
fikr-xayoli - xuddi shu qurollariga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘Iishi kerak; b)
asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga
oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish
mumkinligini bilish; ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalaming rolini to‘g ‘ri
tasavvur qila olish; operatsiyalaming yangi variantlarini qidirib topish uchun
harakat qilish; v) asosiy qurollar va vositalar, qo‘l as b obi arid an - chilangar,
ximrg, gMjyakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; g) mehnat
sharoitlari: kasb tanlovchini qurshagan tabiiy muhit va sharoitlar, kishilar va
hokazolar.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, ilk o‘spirinlami o ‘z qiziqishlari,
mayl, ehtiyoj, iqtidor, qobiliyat, ko*nikma va malakalarini hisobga olgan holda
kasb tanlashga yo‘naltirish jamiyatning rivoji uchun puxta zamin hozirlaydi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |