. i
200
fikrini ozmi, ko‘pmi o‘zgartirganligi diqqat markazidan chetlashgan. Natijada
asaming mohiyatini o‘quvchi tushunib yetdimi yoki tushnna olmadimi — bu
haqda o‘qituvchi hech qanday ma’lumot olishga muyassar bo‘lmagan. Bu o*rinda
tarbiyachi pedagogik odobga rioya qilmaganligi tufayli qo‘pol xatoga yo‘l
qo‘ygan. Bizningcha, u individual suhbat uyushtirish natijasida ilk o‘spiringa
adabiy janrlar to*g‘risida, epitet va metaforalar haqida chuqur va har tomonlama
ma’lumot berib o'tganda ish qilingan boMar edi.
Pedagog o‘quvchining aytgan so‘zlari va fikrlarini dalillar asosida asta-
sekin inkor darajasiga olib borib (ammo qat’iy rad qilishdan saqlanish kerak),
asaming asl mazmunini tushuntirishi va hayotda uning qanday ahamiyat kasb
etishini yoritishga harakat qilmog‘i zarur. 0 ‘qituvchi unga shunday ta’sir etishi
kerakki, uning bu asar to‘g‘risidagi fikri o*zgarishiga olib kelsin. Biroq,
o‘qituvchi o‘quvchining asar muallifiga va uning asariga munosabati o‘zgargan
yoki o‘zgarmaganligini aniqlashni mutlaqo yodidan chiqarmasligi shart. Mazkur
jarayon bir-ikki suhbat yoki bahs natijasida amalga oshadigan faoliyat emas.
Chunki ilk o‘spirinning o‘zi mustaqil ravishda asami tushunib yetishi unga
nisbatan o‘zining munosabatini o‘zgartirish qiyin. Bu ko'pgina omillarga bog‘liq
murakkab hoi bo‘lib, shaxs shakllanishiga ko‘pyoqlama yondashishni taqozo
etadi lar.
Ayrim o‘quvchilarda asardagi allegoriyalami, epitet va metaforalami
noto‘g‘ri tasaw ur etish hollari uchraydi. Ular shoir va yozuvchilami hayotda aslo
bunday voqelikning sodir bo‘lmasligida ayblab, bu narsa to‘qima deb da’vo qilib,
qattiq “koyishgacha” borib yetadilar. Lekin bu badiiy asar tarkibiy qismlari
qahramonlaming ichki dunyosini bo‘rttirib ko‘rsatish vositasi ekanligini hali to‘la
anglab yetmaydilar. Shu sababdan “falon narsa bunday bo‘lmaydi, aql bovar
qilmaydi” deya ishonchsizlik kayfiyatini izhor etadilar.
Ilk o‘spirinlar badiiy peyzaj to‘g‘risida ham shoir va adiblar bilan
munozaraga kirishadilar. Chunki o‘xshatish va taqqoslash kabi badiiy bo‘yoqlar
negadir ularga yoqmas emish. Asardagi juda nafis did, kuchli hissiyot bilan
berilgan voqelikni idrok qilish, tasaw ur etish, xayolga keltirish, fikran mulohaza
yuritish holatlarini ularda taajjub hislarini vujudga keltiradi. Shuning uchun ushbu
yoshdagi o‘quvchilarda adib bilan “kelishmovchilik” namoyon bo‘ladi. Aks
ettirilgan voqealar juda rangsiz yoritilganday tuyuladi. Ular “o‘z pozitsiyasi”ning
barbod bo‘lishiga anchagacha qarshilik ko‘rsatishadi.
Shuning uchun
o ‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchi laming tafakkurini tanqidiy sifat jihatdan
almashtirib, ulami voqelikka odilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashga
o‘rgatishdan iboratdir.
Ilk o‘spirin yoshidagi o ‘quvchilar asar qahramonlariga ham turlicha baho
beradilar. Bu narsa ulaming individual xususiyatlaridan, shaxsiy qarashlaridan
kelib chiqadi. Shu sababli qaysidir obraz o‘spiringa butunlay yoqmaydi, uning
ba’zi bir xususiyatlarinigina qo‘llab-quwatlaydi, xolos. Bu xususiy holni
dalillash maqsadida misolga murojaat qilamiz. “Gulnoming insoniy xislatlarining
hammasini juda yoqtiraman, ammo irodasizlik qilib Mirzakarimboyga turmushga
201
chiqishini esa sira kechira olmayman. Agar chindam Yo4lchini sevganida edi, u
bu ishni qilmagan bo4lardi. Ota-onaga hunnat va muhabbat, albatta, bo‘lishi
kerak, lekin sof sevgi hamma narsadan ulug‘ va mo‘tabar boMishi lozim.
Muhabbat katta «М» harfi bilan yozilmog‘i shart. Unga hech kimning, hatto
malikaning ham bevafolik qilishga haqqi yo‘q, chunki u olamda muqaddasdir...
Shu maqaddas tuyg‘uni oyoq osti qilish — Gulnorda uchraydi.. ”, — deydi
0
‘spirin qiz Robiya. Bunga o4xshash misollami yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib
borgan tajribalardan ko‘plab keltirish mumkin.
Shaxsiy tajribalarimiz va o‘rta maxsus ta ’lim tajribasidan shu narsalar
ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchilar muayyan obrazni, yaxlit asarni yoki avtor faoliyatini
baholash jarayonida hamma vaqt ham o‘z shaxsiy fikrini, qarashini va shaxsiy
munosabatini xuddi shundayligicha qo‘llay bermas ekanlar. Biz bunday omillarga
ulaming insho va bayonlarini tekshirayotgan mahalda duch keldik. Yozma ishlar
va jonli mushohadani taqqoslagan paytimizda, yozma ifoda bilan shaxsiy
mulohazalar o(rtasida katta tafovut bo'lganligining guvohi bo‘ldik. O'ylaymizki,
0
‘qituvchilar ham kundalik amaliy faoliyatida bunga o ‘xshash hodisalami
uchratgan bo‘lsalar ajab emas. Eksperimentimizda ishtirok etgan ilk o‘spirin
o'quvchilar bilan “Nega o4z shaxsiy fikringizni inshoda ifoda etmadingiz?”,
“Muallif yoki asarga nisbatan asli munosabatingiz shunday edimi?”, “Erkin
mavzuda yozilgan ishda nega o‘z mulohazangizni to‘liq ifodalamadingiz?”,
“Agar siz asar qahramoni o‘mida bo‘lganingizda nima qilar edingiz?”, “Mushkul
vaziyatni qanday hal etish kerak?”, “Mutlaq haqiqatni bilishga qanday intilasiz,
uiar nega sizni tinchlantirmaydi?”, “Nima uchun siz har bir narsani (voqelik yoki
qonuniyatni) o4z aqlingiz tarozisi bilan yana bir marta tortgingiz keladi?” kabi
savoUjavob viktorinasini o4tkazdik. Bundan tashqari, o‘quvchilaming yozma
ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdik. Biz uchun eng zarur bo‘lgan savolga
ko‘pgina ilk o‘spirinlar bir-biriga juda yaqin, analogik javoblar berdilar.
Jumladan, o‘z shaxsiy fikrlarini ifoda etmaganliklarini ular quyidagicha
isbotlaydilar:
agar men o‘z fikrim va munosabatimni o‘z bilganimcha
yozganimda edi, u holda sizning qo‘ymoqchi bo‘lgan bahoyingiz, hozirgi
qo‘yilgan bahodan bir-ikki ball past bo‘lar edi, men shunday bo4lishidan
qo‘rqdim. Chunki mening shaxsiy fikrimga qarshi ekanligingizni bilaman-ku!”
deb javob qaytardilar.
Keltirgan misoldan shu narsa ma’lum boMdiki, mazkur mulohazalar
mualliflari bo‘lmish ba’zi o‘quvchilarda tafakkuming tanqidiyligi yetarli darajada
taraqqiy etmaganligidan dalolat berib turibdi. Yuqoridagi parchadan shunday
xulosaga kelish mumkinki, bu yoshdagi o‘spirinlarda o4z fikrida qat’iy turishning
irodaviy sifati, shakllanib bo‘lgan mustahkam “pozitsiya”si hanuzgacha mavjud
emasdir. Bundan shu narsa ochiq-oydin ko4rinib turibdiki, katta yoshdagi
o4quvchi ' aqlining tanqidiyligida liberalchilikka yo‘l qo‘yish kuchlidir.
O'quvchilardagi ikkilanish holatlari, bizningcha, ikki xil sabab bilan izohlanishi
mumkin: bu sabablardan biri voqelik mohiyatini t o ^ r i tushunib yetmaslik bo4Isa,
202
ikkinchisi “o‘z pozitsiyasida” bo‘sh kelmaslik yoki narsa va hodisalami anglab
turib “o ‘jarlik” qilishdan iboratdir.
Demak, adabiyot darsligi va uning majmuasini o‘qitish, qo‘shimcha badiiy
manbalardan unumli foydalanish o ‘quvchilarda aqlning tanqidiyligini kamol
toptirishda juda muhim rol o‘ynar ekan. Adabiyotning turmush qonuniyatini,
hayot mazmunini, kishilar o‘rtasidagi munosabatlami tushuntirishdan tashqari, ilk
o'spirinlarda estetik tuyg‘uni vujudga keltirishda ham ahamiyati kattadir.
Hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri o ‘quvchilarda
tafakkuming tanqidiyligini dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda keng
jamoatchilikka suyangan holda o‘stirishdan iboratdir. 0 ‘qituvchi butun diqqat-
e ’tiborini o'quvchilaming narsa va hodisalar to‘g‘risidagi o‘z fikrini o‘zgartirgan
yoki o‘zgartirmaganligi biror narsani tushunib olishga muyassar bo‘lgan yoki
bo‘lmaganligi, agar tushunib olgan bo‘l-sa, faqat darslikka asoslanibgina berishni
anglaganligi, o‘z fikrini faqat “o‘zida” (“dilda”) qoldirish shart ekanligini his
etganligi yoki his etmaganligi kabi holatlarga qaratishi lozim. U o‘quvchilarda
ikkiyuzlamachilikning shakllanishiga yoM qo‘ymasligi kerak. Chunki o‘quvchilar
ko‘pincha voqelik haqida bir narsani gapirib, haqiqatda esa ikkinchi bir narsa
to‘g‘risida fikr yuritadilar. Bunda ulaming yuqoridagi insho to‘g‘risidagi
mulohazalarini eslatib o ‘tishning o‘zi kifoya qiladi. Agar o‘qituvchi shu
narsalarga beparvo qarasa, u holda uning tutgan yo‘H mutlaqo to‘g 4ri bo‘Hb
chiqmaydi. Pedagog o‘quvchilarda shaxsiy fikr va mustaqil qarashning vujudga
kelishidan sira xavotirga kelmasligi, qo‘rqmasligi shart. U o'quvchilarda shaxsiy
fikming mutlaqo bo‘lmasligidan, mustaqil mulohazalardan uzoqligidan, tayyor
jumlalami to‘tiqush-day takrorlab, yod qilib yurishidan cho‘chisin.
Aqlning tanqidiyligini shakllantirishda pedagog o‘quvchilaming yosh va
individual xususiyatlariga, aqliy taraqqiyotiga, mavjud bilim fondiga, mulohaza
yuritish
doirasining
kengligiga,
mazmundorligiga,
chuqurligiga,
tashabbuskorligiga, adabiyot va boshqa fanlarga qiziqishiga, nutq madaniyatiga,
so‘z boyligiga, shaxsiy nuqtai nazariga, bilishga qiziqishiga, o‘quv faoliyati
usullarini qanchalik egallaganlik darajasiga, bilimlami o‘zlashtirib olishga
ko‘maklashuvchi ko‘nikma va malakalaming mayjudligiga hamda ulami
asoslash, isbotlash, ishonch hosil qilish kabi ijodiy tafakkur sifatlariga diqqat-
e’tibor qilishi lozim.
Tafakkur tanqidiyligining rivojlanishi ilk o‘spirin o‘quvchiIami moddiy
dunyoni mustaqil o'rganishga, barcha o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga,
dars jarayonida tashabbuskorlik va faollikni oshirishga yetaklaydi. Bundan
tashqari, voqelikni isbotlash, asoslash ko‘nikmalarining paydo bo‘lishiga imkon
yaratadi, ob’ekt to‘g‘risida hukm va xulosani tasdiqlash yoki inkor qilish
qobiliyatini taraqqiy ettiradi.
Shunday qilib, taMim jarayonida turli fanlaming o‘qitilishi tufayli, keng
kollamdagi bilim sistemasining o‘zlashtirilishi orqali o‘quvchilarda tafakkur
jarayonining aktivligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi kabi sifatlari
rivojlanadi va uning ijodiy, nazariy shakllari yanada o‘sadi. Bu yoshdagi
203
o‘quvchilarda narsa va hodisalami abstraksiyalash va umumlashtirish yuqori
bosqichga ko‘tariladi. Ular tevarak-atrofdagi voqelik to‘g‘risida haqiqiy hukmlar,
omillarga asoslangan xulosalar chiqarish bilan boshqa yoshdagi o*quvchilardan
keskin farq qiladi. 0 ‘qitish jarayonida ularda nazariy, ijodiy, mahsuldor, vizual,
so‘z-mantiq tafakkur tarkib topadi Shu sababli, voqelikning ichki bog‘Ianishlari,
munosabatlari, jamiyat taraqqiyot qonunlarini bilish va anglab olish uquvi yuqori
taraqqiyot pog‘onasiga ko‘tariladi. Mustaqil fikr yuritish metodikasi va texnikasi
vujudga keladi, bilim olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Bulaming barchasi ilk
o‘spirinlarda tafakkuming o‘sishi uchun ham ob’ektiv, ham sub’ektiv shart-
sharoitlar yaratadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |