E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


bet3/64
Sana22.07.2022
Hajmi
#838337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

(L S . Vigotskiyniki),
degan qoidaga anial qiladi. Bizningcha, XXI asrda bu talqinni 
okzgacha tarzda ifodalash maqsadga muvofiq: taraqqiyot ta'limni o ‘z ortidan 
yetaklaydi 
(E. G 'ozievniki).
Yuqoridagi 
mulohazalardan 
kelib chiqqan 
holda 
va 
insonnnng 
ontogenezida psixik rivojlanishini mukammal* boMmasa-da, ochib berish 
imkoniyatiga ega bo"lgan umumiy, nazariy qoidalar. ya’ni prinsiplar mavjud. Ana 
shu prinsiplar asosida turli yosh va jinsdagi odamlarda olib boriladigan iimiy 
tadqiqot ishlarida metodologik va metodik xatolarga kamroq yobl qo‘yiladi. 
Shunday ishlarda inson tug‘i!ganidan urnrining oxirigacha qanday o‘zgarib 
borishi to‘g‘risida ma'lumot to lplash mumkin.
Umuman, psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli 
tasnifi mavjud. Shular to‘g lrisida umumiy psixologiya kursida keng ma'lumotlar 
berilgan. Ontogenez va differensial psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa 
sohalari singari o‘ziga xos ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Quyida sobiq ittifoq 
psixologi B.G.Ananevni tavsiya qilgan klassifikatsiyasiga asoslangan holda 
mazkur metodlaming xususiyatlarini yoritishga harakat qilingan.
B.G.Ananev psixikani o ‘rganish metodlarini to‘rt gumhga ajratib, ularni 
tashkiliy, empirik (amaliy), natijalanii qayta ishlash yoki statistik natijalarni 
sharhlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o ‘zining maqsad va vazifasi 
bo‘yicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bo‘linadi. Quyida mazkur 
metodlaming umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya’ni tashkiliy guruhi o‘z ichiga 
qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni 
oladi. Qiyoslash inetodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki 
kichik guruhlarni hamda ulaming har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash), tibbiyot 
psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilaming psixik xususiyatlarini qiyoslash), 
sport psixologiyasi (sportchilaming holati, uquvliligi va ishchanligini o'zaro 
taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
Ontogenez psixologiyasida esa 
qiyoslash metodi turli 
yoshdagi 
odamlaming bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy 
qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslaming tafovutlari va o‘ziga 
xosligi 
kabilami 
o‘rganishda 
qo'llanadi. 
Psixologlardan 
L.S.Vigotskiy, 
P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va 
ulaming shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, 
kichik maktab yoshi, 
0
‘smirlik, o‘spirinlik yosh davrlarini o'zaro solishtirish) shu
11


metoddan foydalanib amalga oshirilgan. Keyingi yillarda xalq ta'limi tizimi va 
ishlab chiqarishda «inson omili» muammosining ko'tarilishi, vaqt taqchilligi, 
ishchanlik imkoniyati, psixologik moslik masalalarining alohida ahamiyat kasb 
etishi mazkur mctodni kcng qo‘llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, 
tajribada olingan ma'lumotlaming ishonchliligini oshirishda ham qiyoslash 
metodi qo'llanadi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o‘zgarishlami ajratib olib qarash, 
tadqiqotning bosqichlarini alohida-alohida tahlil qilish, masalan, tajribaning 
birinchi bosqichi turli yoshdagi va jinsdagi odamlarga qanday ta’sir etganini 
aniqlash va hokazolar bu metodga diqqat-e'tibor ortib borayotganidan dalolatdir.
Ontogenez psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud 
(uzluksiz) metodi ham qoMlanadi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir 
nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o‘n yillab tekshirilishidir. Longityud 
metodidan psixologlardan nemis V.Shtem, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari 
N.A.Menchinskaya. A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina va boshqalar kolp 
yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki 
aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatilgan. Shuning uchun 
qator tadqiqotlaming “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb 
nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish unda 
paydo bo'layotgan yangi fazilatlaming rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi 
illatlami (xatti-harakat) va ulaming oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik 
munosabatlari, ichki bogManish qonuniyati, mexanizmi to‘g lrisida mukammal, 
ishonchli, barqaror ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.
Longityud metodi yordamida sub’ektiv omillaming o'ziga xosligini, 
ob’ektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o‘rganiladi. 
Chunonchi, egizaklarning ovxshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi, his-tuyg‘usining 
o‘zgarishi, kishilar okrtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy 
nerv faoliyati tizimi va hokazolar) bo‘yicha ma'lumotlar olish longityud metodi 
bilan amalga oshadi. 


Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlaming 
ilmiyligini yanada oshirish uchun (sub’ektiv omillarning ta’sirini kamaytirish 
maqsadida) yaxlit dastur asosida boshqa fanlar (tibbiyot, fizika, fiziologiya, 
biologiya, sotsiologiya, kibernetika, statistika, falsafa, mantiq va hokazolar) bilan 
birgalikda tadqiqot ishlari olib 
borishni taqozo etmoqda. Amaliy yo‘sindagi 
ilmiy-tadqiqot ana shu ko‘p qirrali (kompleks) yondashishni talab qiladi. 
Psixologiya sohalarida (psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, 
muhandislik yoki aviatsiya psixologiyasida tadqiqot ob’ektiga tizimli yondashish 
tamovili amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida o ‘rganilayotgan 
ob’ektdagi o ‘zgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil 
yondashiladi. Masalai, boladaoddiy bilimlami o‘zlashtirish xususiyati psixologik 
jihatdan tekshirilayotgan boisa, kompleks yondashish ta ’sirida ana shu 
o*zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari
12


yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o‘rganish uning 
psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ilmiy 
ahamiyatga molik bo1 lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda kattayordam 
beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat 
boMib, bu guruhga kuzatish (o'zini o‘zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, labo- 
ratoriya), test, anketa, so'rov, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va 
uning mahsulini talilil qilish. tarjimai hoi (shaxsiy guvohnoma, hujjat, turmush 
faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz 
(aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda 
lugilganidan umrining oxirigacha sodir bo'ladigan psixologik o‘zgarish!ami 
chuqurroq va ob’ektivroq tadqiq etish uchun empirik metodlardan navbati bilan 
foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalami qayta ishlashga 
mo‘ljallangan bo4lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga 
boMinadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ko'pincha quyidagi statistik 
metodlardan foydalaniladi.
To‘plangan miqdorlami ishlab chiqishda mana bu formulalami qoMlash 
mumkin:
1) 
M = \> / n fonnulasi o‘rtacha arifmetik 
qiymatni topish uchun 
ishlatiladi. 
M
—yig‘indi, i> — variatsion miqdor, n — sinaluvchilar yoki 
ob'ektlaming sanog'ini bildiradi.
2) 
a = v с / n - I formulasi son qatoridagi o‘rta kvadrat ogSshni 
hisoblashda yoki standart og'ishni aniqlashda ishlatiladi. a — kvadratik og‘ish, с
— dispersiya, n — miqdor.
3) 
S= I (u — M): — son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash 
formulasi. U ba’zan “S’* — dispersiya deb ham ataladi.
4) 
Psixologik tajribalarda 
olingan 
miqdoming, qo‘llangan 
metodikaning ishonchlilik darajasini aniqlash uchim Styudent mezonidan 
foydalanish mumkin: t = ( X - X ) /o
Bunda t — ishonchlilik belgisi, X — son qatoridagi yuqori ball, X —
o‘rtacha arifmetik miqdor, a — kvadratik og‘ish alomati.
Psixologik tajribalarda Myordokning ko‘chish foizlarini aniqlovchi 
formula: ( 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish