2-rasm.
agar baho muvozanat bahodan yuqori bo’lsa, sotuvchilar ko’p miqdorda tovar sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar sotib olmaydilar va natijada baho pasayadi. Agar baho muvozanat bahodan past bo’lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo’q va natijada baho pasayadi. Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo’lganda tugallanadi. Avval ko’rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me’yorli foydalilik va me’yorli xarajatlar bilan aniqlanadi.
Demak, D talab egri chizig’i teskari nishablikka ega, negaki baho oshib borishi bilan, odatda, tovarga bo’lgan talab kamayadi. Lekin qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun baho bo’yicha talab elastikasi tushunchasini kiritadi. Baho bo’yicha talab elastikasi (TE) baho muayyan darajada pasay-ganda, talab qanday miqdorda o’sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 bo’ladi, agar baho 1 % ga pasayganda sotish 1 % ga oshsa; TE=2,5 bo’ladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa va hokazo.
Agar talab egri chizig’ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo’lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o’zgirishi mazkur tovarni sotishga ta’sir ko’rsatmaydi. Agar shu uchastkada TE<1 bo’lsa, unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishdan qo’rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo’lsa, unda bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko’paytirishi mumkin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo’lganda foyda bahoning o’sishi hisobiga ko’payishi mumkin, talab elastikasi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin.
Talabning elastikligi iste’moldagi tovarlarning bir-birlarining o’rnini osongina bosa olishiga bog’liq. Shuning uchun ommaviy iste’mol tovarlariga bo’lgan talab kam elastik bo’ladi.
Ammo bu bilan talab va taklif qonuni tahlili tugashi mum-kin emas, negaki talab va taklifga vaqt tushunchasi ham o’z ta’si-rini ko’rsatadi va shu bois uni tahlil qilish taqozo etiladi. Tek-shirilayotgan davr qancha qisqa bo’lsa, talabning qiymatga bo’lgan ta’siri shuncha kuchli bo’ladi, bu davr qancha uzoq bo’lsa, ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatga bo’lgan ta’siri shuncha kuchayib boradi.
Shu sababli A.Marshall bir zumli, qisqa muddatli va uzoq muddatli muvozanat turlarini ajratib ko’rsatib beradi. Bir zumli muvozanatda taklif o’zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab qondirilishi mumkin emas (band bo’lmagan quvvat-lardan foydalanish yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak bo’ladi). Bu vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor bahoni oshirish hisobiga qo’shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, tirik baliq bozorida baliqqa bo’lgan talab oshdi deylik. Baho ko’tarildi, lekin o’sha kuni sotuvchilar taklifni ko’paytira olmaydilar (yangisini olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig’i to’g’ri chiziq (S) ko’rinishida bo’ladi. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, baho oshadi (P1dan P2ga, 3-rasm).
P
S
P2 E1
P1 E0
D2
D1
Q1=Q2 Q
3-rasm.
Qisqa muddatli muvozanat amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga o’sgan talabni qondirish uchun taklifni ko’paytirish imkonini beradi. Agar bozorda baliqqa bo’lgan talab bir necha kun davomida ancha yuqori bo’lsa, unda baliqchilar qo’shimcha ishchi kuchi, ortiqcha to’r va boshqa anjomlar hisobiga baliq tutishni ko’paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Q1 dan Q3 ga oshadi (4-rasm). Baho qanday bo’ladi? U pasayishga intiladi (P3
P
S
E2
P3
P1 E0 D2
D1
Q1 Q3 Q
4-rasm.
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha oladi, negaki uning uchun vaqt etarli bo’ladi. Bu davr ichida ishlab chiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubini o’zgartirish, yangi korxonalarni ochish, yangi texnologiya-larni qo’llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab (D2 egri chizig’i) va shunga muvofiq yuqori narx (P4) uzoq muddat saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqa-rishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchay-tirishga kirishadilar (yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi ishlab chiqaruvchilar kirib keladi. Taklif (Q3 dan Q4 ga) ko’payadi, baho esa (P3 dan P4 ga) pasayadi (4, 5-rasmlarga qarang).
P
E3 S
R4
R1
E0 D2
D1
Q1 Q4 Q
5-rasm.
Bu erda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki taklif o’zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar qiymati qisqa muddatli davrda, haqiqatan ham, eng avvalo xaridorlarning xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr mobaynida baho o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo’ladi (klassik maktab). Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to’g’ri amal qilishini ularning o’zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda o’z tadqiqotlarida qayd qilib o’tmaganlar.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |