E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar



Download 0,86 Mb.
bet39/50
Sana05.05.2023
Hajmi0,86 Mb.
#935125
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR

1. Mutlaq ustunlik nazariyasi


Adam Smit turli mamlakatlarda tovarlarni ishlab chiqarishda mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil etadi degan tezisni asoslab berdi. Unga ko’ra, ba’zi mamlakatlar boshqa mamlakatlarga nisbatan tovarlarni kam xarajat sarflab, samarali ishlab chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur tovarlarni ishlab chiqarishda mutloq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik yuqori mehnat unumdorligida va tovarlarni ishlab chiqarishga ketadigan kam xarajatlarda namoyon bo’ladi.
Savdoni sun’iy ravishda cheklab quyishga A. Smit qarshi chiqdi va qaysi mamlakatning mahsuloti arzon bo’lsa o’sha mamlakat bilan savdo qilishning avzalligi to’g’risida aytib o’tadi. Masalan, A.Smit qayd qilib o’tganidek: “Agar Frantsiyaning vinosi Portugaliya vinosidan yaxshi va arzon bo’lsa yoki uning gazlamasi Germaniya gazlamasidan yaxshi bo’lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o’ziga kerakli chet el vinosi va gazlamasini Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Frantsiyadan sotib olish foydali”. Shuningdek, Shotlandiyada uzum etishtirish shart emas, chunki u erda vino Portugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat. Vino qaerda arzon bo’lsa o’sha erdan sotib olish maqsadga muvofiq.
A.Smitning asosiy g’oyasi – mutlaq xarajatlar g’oyasidir. Unga ko’ra, mutlaq xarajatlari kam bo’lgan mamlakatlardan tovarlarni import qilish, ishlab chiqarish xarajatlari past tovarlarni esa (ularni xarid qilayotganlarga nisbatan) eksport qilish kerak.
A.Smitning tasdiqlashicha, har xil sun’iy ta’sir ko’rsatish va qarshiliklarga qaramasdan ikki mamlakat o’rtasida savdo aloqalarning olib borilishi tabiiy, normal hol hisoblanadi, u doimo foydali, garchi har ikkilasi uchun foyda hamisha bir hil bo’lmasa ham. “Har bir aqlli oila boshlig’ining qoyidasi shundan iboratki, chetdan sotib olishdan ko’ra, uyda tayyorlash qimmatga tushidagan narsalarni uyda tayyorlamaslikka harakat qilish. Tikuvchi o’ziga etik tikishga harakat qilmaydi, balki uni etikdo’zdan sotib oladi. Etikdo’z o’ziga kiyim tikishga urinmaydi, balki tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi”.
A.Smit bo’yicha, bu qoida bir butun mamlakat uchun qo’llanilishi kerak. Agar qandaydir bir xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan, uni o’zimizda ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon narxda ta’minlashi mumkin bo’lsa, biz birmuncha ustunlikka ega bo’lgan sohalarda ishlatilayotgan sanoat mehnati mahsulotining ma’lum qismi uchun ushbu tovarni undan sotib olish ancha foydali. Aynan shuning uchun, mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini tanlashda, A.Smit bozorning roliga katta e’tibor bergan bo’lishiga qaramay, u ushbu masalani ko’rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti, ba’zi bir tabiiy resurslarga ega bo’lish va b.) va qo’lga kiritilgan (odatda, texnologik ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan) ustunliklarini hisobga olishni zarur deb hisoblanadi. Eksport qiluvchi mamlakat qachonki mutlaq ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lgandagina tashqi savdodan yuqori foyda ko’rishi mumkin.
Lekin, A.Smitning bu nazariyasida barcha tovarlarni ishlab chiqarishda bir yoki bir necha mamlakatlar mutlaq ustunlikka ega bo’lsa, bunday vaziyatda qanday bo’ladi degan savol ko’rib chiqilma-gan. Mazkur nazariya, agar mamlakatlar tovarlarni ishlab chiqarish-da hech qanday mutlaq ustunlikka ega bo’lmasa, ular xalqaro savdoda qatnashishi mumkinmi degan savolga ham javob bermaydi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish