2. ‘Give it to Stephen Uni Stepanga ber
(buyruq)
3. ‘Don’t take the ‘stone Toshni olma (iltimos)
4. ‘Give it to Stephen Uni Stepanga ber
(iltimos)
5. ‘Can they ‘play ,chess? Ular shaxmat o’ynay
oladilarmi?
Ha
Talabalarning mustaqil ishlashlari uchun
4-mashqqa ko’rsatma
O’zbek tilidagi inkor (1-gap), buyruq (2-gap) va iltimosni ifodalovchi gaplar pasayuvchi ohang, ingliz tilida esa, inkor va buyruqda pasayuvchi, iltimos esa ko’tariluvchi ohangda beriladi. (3-4 gaplar). Iltimosni muloyim tovush bilan ko’tariluvchi ohangda o’qing. Buyruq va inkorni anglatuvchi jumlalarni qatiiylik, dadillik bilan, so’zsiz bajarilishi kerakligini anglatib talaffuz qiling. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, 1, 2 va 3, 4-gaplarning grammatik tuzilishi bir xilda buyruq maylida berilgan, lekin asosiy maqsadi har xil. Asosiy mazmun — iltimos yoki buyruqni ohang ko’rsatadi.
4-mashqdagi tovushlar ustida ishlayotganingizda [r, t, k] lardan oldin [s] tovushi turgan bo’lsa, [h] nafas tovushi ishlatilmaydi: — [sr-, st,- sk-] Mashqlar ustida ishlaganda magnitofondan foydalaning, diktordek talaffuz etishga xarakat qiling, tovush chiqarib o’qiyotganingizda qo’lingiz bilan stolga urib, vaznni saqlang.
5-mashq
III tur bo’g’in (unlilarning cho’ziq o’qilishi).
[a:] [e:] [ә:]
,far ,for ,her
uzoq uchun uning (ayol)
,farm ,storm ,girl
Ferma bo’ron qiz
,park ,short ,burn
Bog’ kalta yondirmoq
Talabalarning mustaqil ishlashlari uchun
5-mashqqa ko’rsatma
Ingliz [a:] tovushi o’zbekcha (q, x, g’) dan avval keladigan [a] tovushiga o’xshashdir. Shuning uchun til orqaroqqa tortiladi, til-ning orqa qismi yuqoriga ko’tariladi, jag’ o’rtacha pastga tushiriladi. Bu tovush o’zi doim urg’u olgani uchun uni past ovozda talaffuz eting. Og’zingizni katta ochmang, chunki undatil oldinga xarakat qilib qoladi. Tovushni o’zini bir necha bor talaffuz qiling, so’ng so’zlarni o’qing.
Inglizcha [f]tovushi bilan boshlanadigan so’zlarda pastki labingizni yuqori tishlaringizga yaqinlashtiring, o’zbekcha [f] lab-lab tovushidir. Shunga ehtiyot bo’lib, oynakka qarab nafasni shiddat bilan yuqori tish va pastki lab orasidan chiqaring.
Inglizcha [e:] tovushida tilingizni orqaga tortib, tovushni til orqasida ayting. Bu tovush o’zbekcha [o] ga o’xshash, lekin inglizchasini cho’zib, lablaringizni qimirlatmasdan past ovoz bilan talaffuz eting. So’zlarni o’qiyotganingizda oxirgi jarangsiz undoshlarni kuch bilan ayting.
Inglizcha [e:] tovushini talaffuz qilayotganingizdatovushning boshlanishi [ou] diftongiga o’xshash yoki o’zbekcha [o’] ga o’xshaydi. Lablaringizni cho’zmang, qimirlatmang. Girl [gә:l] so’zini aytganda o’zbekcha [o’] tovushidan avval inglizcha [e] tovushini qo’shib ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |