Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya


Tadqiqqotning ilmiy – nazariy va amaliy ahamiyati



Download 366,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana05.06.2022
Hajmi366,75 Kb.
#638695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Tadqiqqotning ilmiy – nazariy va amaliy ahamiyati 
Mazkur tadqiqot
tarjimashunoslikda kam o`rganilgan soha tarjimada metonimiyani saqlanishiga 
bog`lik masalalarga bag`ishlanganligi, bundan keyin yaratiladigan tadqiqotlar
uchun nazariy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
 
Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari
N. Vladimirova, G`
Salomov, R.Fayzullayeva, Q.Musayevlarning ilmiy fikrlari, nazariy qarashlari
tadqiqotga metdologik asos bo`lib xizmat etdi.
Mavzuning maqsad vazifalaridan kelib chiqqan holda qiyosiy – tipologik, 
uslubiy (stilistik), tekstologik, semantik, va statistik tahlil qilish metodlariga
tayanildi. 
 
Tadqiqotning tuzilishi 
Tadqiqot kirish, asosiy ikki bob, xulosa, adabiyotlar 
ro’yxatida iborat bo’lib 44 saxifani tashkil qiladi. 

 
 
 
 
 


- 7 - 

I. METONIMIYANING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Metonimiya haqida umumiy tushuncha 
 
Metonimiya tarjimasi doimiy ravishda tadqiq qilishni talab qiluvchi
tajimashunoslikda muhim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. Metonimiyada 
ikki predmet tashqi ko’rinish yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir 
aloqasi bo’lsa ham, umuman bir-biridan farq qiluvchi predmetlar belgilari 
chog’ishtiriladi. Metonimiya ancha murakkab ma’no ko‘chish hodisasi hisoblanib, 
ayni zamonda ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar diqqatini o‘ziga jalb etib 
keladi. Bu ma’no ko‘chishga tilshunoslar ko‘p ma’noli so‘zlardagi semema va 
semalarning xarakterli xususiyatlarini ochish, ko‘chma ma’no hosil qiluvchi 
hodisalar tahlili nuqtai nazaridan yondoshsalar, adabiyotshunoslar esa polisemantik 
so‘zlardagi tasvirning turli vositalar (o‘xshatish, sifatlash, majoz istoriya)ni yuzaga 
keltiruvchi omillar deb biladilar. Har ikkala yo‘nalishda ham maqsad bitta, u ham 
bo‘lsa, so‘zning ko‘p ma’noligi va undagi uslubiy imkoniyatlarni o‘rganishdir.
So‘zning ko‘p ma’noliligini o‘rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun
muhim rol o‘ynaydi. Chunki, bir so‘zning o‘zida turli xil ma’noning bo‘lishi uchun 
og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashda uslubiy bo‘yog‘iga, ma’nosiga e’tibor berishni 
talab qiladi. Shu boisdan ma’no ko‘chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa 
leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so‘z o‘yinlarini yuzaga 
keltiradi. Bunday paytlarda so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosi to‘qnashtiriladi, 
natijada kutilmagan yangi ma’no hosil bo‘ladi. So‘zlarning ana shu nozik ma’no 
ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo‘llanadi.
Uslubiyat – nutqning eng yaqin va muvofiq vositasini tavsiya etadi, me’yor 
qilib belgilaydi. Nutqning turli uslubiy qatlamlarida qo’llanmalardan vositalarini 
belgilab beradi. Shunga ko’ra uslubiyat so’z san’ati ifoda vositalari haqidagi 
alohida bir fandir. Hozirgi kunda uslubiyat sohasida tadqiq etilgan tadqiqotlar 
bizning e’tiborimizni tortdi. Ayniqsa, metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi 
tasviriy vositalar va o’xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi o’ziga xos 
xususiyatlarini ochib berish ham mas’uliyatli va ham qiziqarlidir. Ana shu fan 
haqidagi tushunchalarimizning boyib borishida tilshunos olimlarimiz va 


- 8 - 

yozuvchilarimizning xizmati benihoyatdir. Ularning katta mehnati tufayli o’zbek 
tilining ko’pgina sohalarida qat’iy me’yorlar belgilaydi, til birikmalarining aloqa 
jarayonidagi lisoniy namunalari tavsiya etiladi. 
Til taraqqiyotidagi ko’pgina masalalar ilmiy nazariy asosda qo’yildi. 
Masalan: dastlab o’zbek tilida tasviriy vositalar, ko’chimlar bo’yicha hal 
qilinadigan masalalariga kam e’tibor berilar edi. Keyinchalik bu sohalarda 
so’zlarning biriga ko’chirish yoki so’zlarni shu maqsadda, umuman ko’chma 
ma’noda (asossiz ma’noga emas), ishlatilishiga troplar (ko’chimlar) deyiladi. 
Ko’chimlar ko’proq og’zaki nutq uchun xarakterli hodisadir. Ulardan 
zo’rma-zo’raki foydalanib bo’lmaydi, nutqni buzishi mumkin. Ularga yozuvchi 
yoki notiq zarurat tug’ilgandagina murojaat qilishi lozim. Aks holda ular badiiy 
asar qimmatni oshirish o’rniga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ko’chim (trop)lar 
quydagi asosiy turlarga bo’linadi: Metonimiya, metafora, sinekdoxa, epitet 
(sifatlash), o’xshatish, jonlantirish, simvol, allegoriya, giperbola, litota, perifraza, 
antifraza, ironiyalaridir. (17;13) 
Badiiy tasvir vositalaridan biz kuzatishlarimizni metonimiyaga qaratdik.

Metonimiya – grekcha metonumiya so’zidan olingan bo’lib boshqacha nom 
berish degan ma’noni bildiradi. Metaforaga o’xshash tropning asosiy turlaridan biri 
bo’lgan metonimiya ham so’zlarning, ko’chma ma’nosiga asoslanadi. 
 
Metofarada bir-birlariga o’xshash predmet va ularning belgilari ko’chirilsa, 
metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko’rinish yoki ichki xususiyatlari bilan bir-
biriga qandaydir aloqasi bo’lsa ham ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi 
predmetlar belgilari chog’ishtiriladi. Masalan: Ra’no Anvarga xat yozib yuboradi 
va gapning qolganini Fuzuliydan o’qirsiz, deydi (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”). 
Bunda muallifning nomi uning asari o’rniga ko’chgan uni nomi bilan qo’llanadi. 
(17;19) 
Yoki darsdan so’ng A.Qodiriyni olish uchun do’stimni uyiga bordim gapida 
ham asar avtor nomi bilan qo’llanilgan. 
Umuman metonimiyada biror narsa ichidagi predmetni ma’nosi, o’sha 
narsaga o’tkaziladi. Masalan: Bir piyola ichdim. Bir tovoq tushurdim, “piyola”, 


- 9 - 

“choy” ma’nosida tovoq esa “osh” ma’nosida keltirilgan. Yoki muallif nomi asar 
o’rnida qo’llanilishi mumkin: Navoiyni o’qidim, Oybekni o’qidim: yana harakat 
natijasi shu harakatni bajaruvchi qurol nomi bilan almashtiriladi. Masalan: mazkur 
gaplarning hammasi ustoz S.Ayniy qalamiga tegishli. Yoki yana: 

Download 366,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish