Randa
Randa — duradgorlik ishlarini bajarishda yogʻoch sirtini tekislash va silliqlash (randalash) uchun
moʻljallangan asbob. Dastaki, elektr va mexanik turlari bor. Dastaki R. metall yoki yogʻoch asos,
keskich (tigʻ) va ponadan iborat. Asosning pastki qismi kaft deb ataladi. Yassi yuzalarni
ishlaydigan R. kafti yassi, egri sirtli va shakldor yuzalarni ishlaydigan R. kafti oʻsha yuzalar
shaklida boʻladi. R. asosidagi poʻlat keskich oʻrnatish uchun teshik ochilgan; bu teshik pastga
tomon asta-sekin torayib borib, uya hosil qiladi. Randalash paytida payraha shu uyadan
tashqariga chiqib ketadi. Asosning oʻlchami, profili, keskichining oʻrnatilish burchagiga koʻra, R.
quyidagi xillarga boʻlinadi; sherx yebel (keskichning tigʻi yarim aylana shaklida) — dagʻal
randalash uchun; bir v a ikki keskichli (payraxa singdirgichli) va medvedka (qoʻsh qulokli) R. —
tozalab randalash uchun; japs va yarim japs (daroz) R. — tozalab randalash, katta sirtlarni
randalash va qismlarni birbiriga toʻgʻri keltirish uchun; shliftik R. — yupqa payraha olish uchun;
sinubel — detal sirtlarida mayda yoʻllar (yelimlash maqsadida) ochish uchun; konish R.
(zenzubel) — detal chekkalarida chorak (tirnoq) ochish uchun; falsgobel R. — detalda chorak
(tirnoq) ochish uchun; gruntubel R. — koʻndalanggiga trapetsiya shaklidagi oʻyiq ochishda
qoʻllaniladi; nov randa — detallarda turli naqshli profillar ochishda ishlatiladi; b u kri R. — egri
(botik, va qabariq) sirtlarni randalashda foydalaniladi. Elektr R. — elektr motor yordamida aylanib
turadigan ikki yoki toʻrt pichokdan iborat. Elektr R. bilan yogʻochni 0,75—2,0 mm qalinlikda
payraha hosil qilib randalash mumkin. Mexanik R. (randalash dastgohi) tekis va shakldor, metall
va yogʻoch sirtlarga ishlov berish uchun moʻljallangan qurilma. U support, polzun va qisqichdan
iborat. Asosiy harakati (randalash) ilgarilamaqaytma, surish harakati davriyilgarilama. Koʻndalang
randalash va boʻylama randalash dastgoxlari bor. Koʻndalang randalash dastgoxlarida asosiy
harakatni support va polzun bilan birga keskich bajaradi, boʻylama randalash dastgohlarida esa
ishlov beriladigan taxta harakatlanib turadi. R.lar kurilishda, yogʻochga ishlov berish
korxonalarida, uyroʻzgʻorda va boshqa joylarda ishlatiladi.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 16 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Gurvich A.O., Duradgorlik ishlari, T., 1966; Kreyndlin L.N., Stolyarnie raboti, M., 1986;
Bozorboyev N., Uyjoy quruvchilar uchun 1001 maslahat, T., 1990.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Randa
&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Randa&oldid=2388589
"
dan olindi
Manbalar