Dunyoviy va diniy madaniyat



Download 46,28 Kb.
bet6/9
Sana11.01.2017
Hajmi46,28 Kb.
#40
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xristiaplikdagi oqimlar.

1. Pravoslav oqimi. (sharqiy shahobchasi) Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyaning kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo‘nalish u yerdagi hukmron din edi.

Muqaddas kitob bo‘lmish Injil va muqaddas o‘gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta'limotining asosi deb tan olingan.

Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (ashokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Ashioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.

Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta'limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo‘ladi.

Cho‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O‘g‘ilni va Muqaddas ruxni chaqirish bilan ruhiy tug‘iliishi kasb etadi.

Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko‘rinshiida o‘z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.

Nadomatnit sirliligi shundaki, dindor o‘z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.

Ruhoniyliknipg sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko‘garish uchun yepiskopning qo‘lini o‘sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo‘yishi) orqali amalga oshiriladi.

Badanni yeley bilan ishqalash siri - Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marxamatidan umid qilinadi.
2. Katolik oqimi. Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma'nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uniig birinchi yepiskopi apostol Petr bo‘lgan.

Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular -uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko‘rinshiga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Provoslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘insh odatlari mavjuddir.

Katolik diniy ta'limotiing asosini Mukaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq Pravoslav cherkovidan farkli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.

Katolik cherkovi tashkiloti qat'iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshligi. U diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar xokimiyatidan yuqori turadi.

Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muhtojlarga ulashish, ya'ni gunoxlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga pul yoki tufha evaziga avf - kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki cherkov oldidaga xizmatlari uchun gunoxlarini kechirish -indul'gensiya haqidagi ta'limot mana shundan kelib chiqqan.

Pravoslavlarda nikohsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa nikohsizlik (selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.


3. Protestantizm dini. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insoning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.

Protestantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in'om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e'tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.

Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqalanib qoldi.

Ulganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.

Lyuter tomonidan tuzilgan reformatsiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib bergan. Ular Vshtenbergning Nasriy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan.

Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt tezisda, Lyuter ta'kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi.

Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hyech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a'rof ustidan hukmronligi rad etiladi.

Protestant cherkovining kalvinistik yo‘nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Fransiya, Angaiyada keng obro‘ga va ta'sirga ega edilar.


Bibliya, yahudiylik va xristianlik dinlari ta'limotiga ko‘ra, Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.

Uning tarkibiga kirgan yahudiy diniga talluqli kitoblar «Qadimiy ahd» deb, xristian talimotiga tegishli kitoblar «Yangi ahd» deb nomlanadi. Yahudiy va Xristian bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muhaddas kitobi Kadimiy Isroil va Kadimiy Yaxudiylarning diniy talimot va urf-odatlari asosida eramizdan avalgi XIII asrda yozilgan bo‘lsa, Xristianlarshshg kitobi esa eramiziing boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.

Bibliya so‘zining grekchadan tarjimasi - kitob, o‘ram ma'nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestat nashrlarida esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha Kadimiy axdda 24 ta kitob bo‘lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o‘rtasidaga tafovutni keyinchalik ba'zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo‘linib ketganligi bilan izoxlash mumkin, Masalan, «Musoning besh kitobi» avval bir butun bo‘lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, «kichik paykambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan. Yahudiylar Qadimiy Axdni 3 qismga bo‘ladilar:

- birinchisiga «Musoning besh kitobi» - «Tora» («Tavrot»);

- ikkinchisiga «Payg‘ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim);

uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim).

Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo‘linadi. Uning hozirgi qabul qilingan bo‘linishi Nenterberiya yepiskopi Stefan Langgon (vafoti 1228 y.) tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo‘lib chiqdi va bu narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillardagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar avval Santes Panino (v. 1541 y.) keyinchalik 1555 yilarda Robert Etenlar tomonidan raqamlandi.

Tavrot. Musoga tegipshi bo‘lgan, besh kitob «Tavrot» deb ataladi va u quyidash kitoblarga bo‘linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levig»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun».

Injil. Injil - xushxabar ma'nosini anglatadi. Yangi ahd tarkibiga kirgan Injil 4ga bo‘linadi. 1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili.


Download 46,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish