Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda



Download 40,24 Kb.
bet6/13
Sana09.08.2021
Hajmi40,24 Kb.
#143011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
falsafa 10 mavzu

Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat

o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi

yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik

shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar

natijasida davlat Chjou qabilasining qoliga olgan. Bu hokimiyat

eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy

mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning

paydo bolishini o‘ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar

rivojiga o‘z ta’sirini olkazgan.

32

Bunday ruhdagi falsafiy g‘oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi



Konfutsiy (551—479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari

», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida

umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o‘ziga

xos tarzda namoyon bolishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks

etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy

g‘oyalar majmuyi, millatning mafkurasi sifatida odamlarning

ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. U hozirgi

Xitoyda ham o‘zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.

Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy

hayotida yuz beradigan ijobiy o‘zgarishlar uni harakatlantiruvchi,

taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati,

his-tuyg‘ulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan bogliq ravishda,

Vatan va xalq tarixi, ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din,

milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni ya ngi davrning mohiyat-

mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy

g‘urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o‘rin tutadi.

25

Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator



yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi.

1. Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog‘liq.

Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga

bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson

manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg‘onish ijtimoiy taraqqiyot

taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi

dasturiy vazifalarning hayotiyligi to‘g‘risidagi g'oyalarni odamlar

dunyoqarashida qaror toptirish zarur.

2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e’tibori bilan fuqarolik

jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy

mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash,

mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o‘sib

borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka

xizmat qiluvchi g‘oyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi xalq

irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‘ulari, orzu-intilishlariga mosligi

bilan belgilanadi.

3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari,

istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi.

Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni,

davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy

hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqimizda to‘g‘ri tasavvur

va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko‘rsatadi.

4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim

vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy

tus olishi uchun 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan

maqsad va g‘oyalarni amalga oshirish yo‘lida xizmat qilishdir. Bu

maqsad va g‘oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni

ma’naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga

ega.


5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi,

ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga yetish,

jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga

qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlarning

ahamiyati beqiyos. Shu bois o‘z xalqi tarixini, o‘z mil-

26

liy madaniyatini, urf-odat va an’analarini yaxshi biladigan, milliy



g‘ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidii.

6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e’tiboriga

ko‘ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidim

chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat mit|

yosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart

sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma’noda, u ham, jamiyatdagi

boshqa o‘zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va

hayot farovonligini ta’minlaydigan islohotdir.

Mamlakatimizda bu borada juda keng kolamli ishlar boslv

lab yuborildi. Bugun ijtimoiy fanlar rivojini zamon talablari da

rajasiga yetkazish borasida davlat va jamoat tashkilotlari, olim

va ziyolilar oldida g‘oyatda mas’uliyatli vazifalar turibdi. Birgina

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning o‘zi bir

necha yillarga moljallangan keng kolamli faoliyat yo‘nalishlarini

nazarda tutadi. Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy

sohalardagi taraqqiyot vazifalari o‘zaro uyg‘unlashib bormoqda,

ta’sir doirasi ancha kengaymoqda. Ayniqsa, mafkura borasidagi

nazariy faoliyat, targlbot va tashviqotni har tomonlama kuchay

tirishga alohida ahamiyat berish zaruratga aylanib bormoqda.

Galdagi vazifalar esa, ana shu imkoniyatlarni amaliy ishga aylan

tirishda har birimiz o‘z mas’ulligimizni qay darajada sezishimiz

va qanday faoliyat yuritishimizga bogliq

Inson va jamiyat hayotida axloq talab qiluvchi, tartibga soluvchi,

boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi kuch bo‘lganligi uchun ham

buyuk mutafakkirlar, shoirlar, olimlar, davlat va jamoat arboblarining

diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Axloqning mohiyatini, tabiatini

tadqiq qilish tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondashuv

usullari (metodlari) orqali ish ko‘rishni taqozo etadi. Axloq ilmini

o‘rganishga bag‘ishlangan xorijiy va o‘zbek tilidagi adabiyotlarda

«axloq», «etika», «moral» degan tushunchalar ko‘plab ishlatiladi.

«Etika» so‘zi qadimgi yunonistonlik mutafakkirlar tomonidan

fanga kiritilgan. 0 ‘z vaqtida Gomer «ethos» (etos) so'zidan

«birgalikda yashaydigan joy, uy, g‘or, uya, in, makon» ma’nosida

foydalangan bo‘lsa, eramizdan avvalgi IV asrda yashagan yunon

faylasufi Arastu «etos» so‘zidan ikkita: «Etika» (axloq) va «Etikaviylik

» (axloqiylik) degan tushunchalarni keltirib chiqaradi. U

«axloqiylik»ni inson qalbining takomillashgan sifatlari — xotirjamlik,

og‘irlik, vazminlik, bosiqlik, mardlik, botirlik, jasurlik,

qahramonlik, o‘rtachalik, mo‘tadillik va hokazolarni ifodalovchi

tushuncha deb bilgan. Shu asosda u etikani-yaxshi fazilatlarga

(xislatlar) ega bo‘lgan kishilarni yoki kishilarning yaxshi sifatla-

rini, ya’ni xayrli, saxovat va himmatli, ezgu ishlarini o‘rgatuvchi

ilm sohasi deb tushungan.

Darhaqiqat, Arastu etikaga; insonlar o'rtasidagi munosabat

doirasi va oqil ijtimoiy hayvon (individ)ning axloqini o‘rganuvchi

fan deb, ta’rif bergan. Bu haqda «Nikomax etikasi», «Evdem etikasi

», «Katta etika» kitoblarini yozib «etika» faniga asos solgan1.

Demak, G‘arbiy Yevropada bundan 2500 yil oldin axloq masalasi

ilm sohasi sifatida o‘rganila boshlangan.

Axloqshunoslik ilmi tarixida axloq va uning mazmun-mohiyatiga

doir juda ko‘plab ta’riflar berilgan. Jumladan, «Falsafa:

qomusiy lug‘at»ida: «Axloq (arab. Xulqning ko‘pligi; lot. Moralis

— xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri. Kishilarning tarixan

tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy

hayotdagi o‘zaro, Shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarni

tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar

yig‘indisi»2, — deb ta’riflangan.

Ba’zi mualliflar «axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega ekanligini,

ya’ni umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini

anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-

harakatining eng qamrovli qismini bildirib, jamiyat, zamon,

ba’zan insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan umumbashariy

ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy

kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa ekanligini

ta’kidlaydi3.

Har bir insondan umri davomida jamiyatda qabul qilingan

urf-odat, an’ana va qonun-qoidalarga amal qilishi talab etiladi.

Ana shu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan

obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat — xulq atvor,

odob, xatti-harakat, prinsip va normalarning majmuasi axloq-

ning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning

tnanbai jamiyat ehtiyoji va manfaatlaridan iborat.

Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi

axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq» so‘zi arabchadan

olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari

majmuyini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining

ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy

tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan

tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng

qamrovli qismini bildiradi.

Demak, axloq deb, avvalo inson bilan inson, so‘ngra inson

bilan jamiyat o‘rtasidagi obyektiv va subyektiv aloqadorliklar tufayli

kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvoflqlashtirib

turish asosida har bir shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh,

millat, elatning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan,

yaxshi ezgu niyatlar sari yo‘naltiradigan, qadriyat maqomini

olgan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, tamoyil va

normalarning majmuyiga aytiladi.

Jamiyatning axloqiy hayotini o‘zida aks ettiruvchi axloqni

ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida tarkibiy tuzilishi bo‘yicha

uchta:

— birinchidan, kishilarning kundalik hayotida sodir etadigan



axloqiy xatti-harakatlaridan iborat bo‘lgan amaldagi axloq, ya’ni

axloqiy amaliyot;

— ikkinchidan, muayyan qadriyatlar asosida fikr yuritish, baholash,

qadr-qimmatini belgilashni o‘z ichiga oluvchi axloqiy

ong;

— uchinchidan, o‘zini o‘zi axloqiy anglash — mavjud vaziyatni



axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi bilan gaplashish,

o'zicha baholash, o‘zini nazorat qilish, o‘zini o‘zi takomillashtirish,

boshqa odamlar bilan birga ich-ichidan aziyat chekish; aniq

vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilish, yaxshi va yomondan

birini tanlashga irodaviy jihatdan tayyor turish kabi darajalarga

ajratish mumkin.

Ana shu uchta darajadan o‘tgan ijobiy xatti-harakatlar, xususan,

yaxshilik, mehr-muruvvat, fidoyilik, saxovat, o‘zaro hurmat,

beg'arazlik, shijoat, sadoqat va hokazolar asta-sekinlik bilan axloqiy

qadriyatlarga aylanib boradi.




Download 40,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish